16. Xalq xunarmandchilik turlari, uning tarixi. 17. Me’morchilik san’ati tarixi



Yüklə 291,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix02.06.2023
ölçüsü291,84 Kb.
#123737
1   2   3   4   5   6
Xalq hunarmandchili1

Zargarlik, kandakorlik san ’ati
Zargarlik san’ati tarixi, zargarlik buyumlari, zargarlikda ishlatiladigan 
materiallar va asboblar, zargarlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi, zargarlik 
maktablari va ustalari. 0 ‘zbek milliy kandakorlik san’ati tarixi, uning rivojlanish 
bosqichlari, hozirgi ahvoli va imkoniyatlari. 0 ‘zbek milliy kandakorlik maktablari 
va ustalari. Kandakorlik mahsulotlari turlari va uni tayyorlashda ishlatiladigan 
hom-ashyo, jihoz va moslamalar. Mis buyumlarining turlari, badiiy bezak turlari.


G ilam , savat to'qish san ’ati
Gilam to ‘qish san’ati tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, hozirgi ahvoli va 
imkoniyatlari. 0 ‘zbek milliy gilamchilik maktablari va ustalari. Gilam 
mahsulotlari turlari va uni tayyorlashda ishlatiladigan hom-ashyo, jihoz va 
moslamalar. Savatchilik xunari tarixi. Savat to‘qishda ishlatiladigan hom-ashyo, 
jihoz va moslamalar. Savat to‘qish uslublari.
Amaliy m ashg'ulotlarini tashkil etish boyicha ko‘rsatma va 
tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Qo‘lda va mashinada kashta tikish. Qo‘lda kashta tikishda kashtado‘zning ish 
o‘miii tashkil etish. Kerakli jihoz va moslamalar. Kashtado‘zlikda 
qo‘llaniladigan choklarni tikish usullari. Kashta tikish uchun tanlangan 
nusxani asos (gazlama) ga ko‘chirish usullari (ko‘chirgich qog‘ozdan 
foydalanish, tasvir konturi bo‘ylab qaviq tortish, qaviq konturi bo‘ylab 
teshiklar hosil qili shva u orqali kukun izi tushirish, yorug‘lik nusxa 
ko‘chirish). Milliy kashtado‘zlik maxsulotlaridan namunalar tikish. Ayollar 
va bolalalar kiyimlarini kashta bilan bezash.
2. Tikuv buyumlarini zardo'zlik usuli bilan bezash. Zardo'zlik maxsulotlari 
turlari. 
Zardo‘zlikda qo‘llaniladigan jihoz va moslamalar. Zardo‘zlikda 
ishlatiladigan chok turlari. Choynak g‘ilofi shaklini tanlash, uni moslamaga 
joylashtirish, bezak nusxasini tanlash va bezatish.
3. Do‘ppi tikish texnologiyasi. D o‘ppi tikishda ishlatiladigan materiallar va 
bezak elementlar. Do‘ppi uchun asos, material shakli tanlash va o ‘lchov olish. 
Do‘ppini bichib tyyorlash, tikish va bezatish.
4. 
Quroqchilik texnikasi. Quroq tikish usullari. Gazlama qoldiqlarini quroq 
tikishga tayyorlash. quroq kompozitsiyasini tuzish. Taxlama va yassi quroq 
tikish.
5. Naqqoshlik san’ati. Naqqoshlik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari. Oddiy 
naqsh elementlari: oygul, barg, lolalarni chizish.
6. Oddiy naqsh namunalari: zanjira, bofta, guli raftori, bargli raftori, aylana 
islimi, boftali islimi, mehrobli islimilarni chizish.
7. Naqsh kompozitsiyalari: yo‘l ichiga naqsh chizish, uchburchak ichiga naqsh 
chizish, aylana ichiga naqsh chizish.
8. Naqsh kompozitsiyalarining nomlanishi va ulami o ‘yish: uchburchak ichida 
naqsh kompozitsiyasini tuzish va chizish, to'rtburchak va aylana ichida naqsh 
kompozitsiyasini tuzish va chizish, yog‘och buyumlarga chizilgan naqshlami 
ko‘chirish. Axta (ulchi) tayyorlash.
9. Nusxa ko'chirish: kurschalar, panjaralar, qutichalarga naqshlardan nusxa 
ko‘chirish, oddiy va murakkab naqshlaming o‘yilishi, quticha, ramka, 
xontaxta oyog‘i, uchburchak, to'rtburchak va aylana ichida naqshlami o‘yish, 
o'yilgan naqshlami pardozlash.
10. Yog‘och o‘ymakorligi san’ati, yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan 
asboblarni ishga sozlash va saqlash qoidalari. Yog‘och o ‘ymakorligida
6


ishlatiladigan materiallar. Yog‘ochga naqshlar o‘yishda ishlatiladigan 
materiallar va asboblar.
11. Ganchkorlik san’ati. Ganch o ‘ymakorligida ishlatiladigan materiallar, asbob- 
uskunalar. Buyumga naqsh namunalarini chizish va yasash.
12. Kulolchilik san’ati. Kulolchilik maxsulotlari, ishlatiladigan asbob-uskunalari 
turlari. Buyumlami yasash texnologiyasi.
Amaliy m ashg‘ulotlami tashkil 
etish bo‘yicha kafedra professor 
o‘qituvchilar tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda fanning 
asosiy m a’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim ko‘nikmalami va masalalami 
yechish orqali yanada boyitadi. Shuningdek darslik va o ‘quv qo‘llanmalar asosida 
talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, o ‘quv materiallaridan foydalanish, 
ilmiy maqola va tezislami chop ettirish, talabalar bilimlarini oshirish masalalarini 
yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya 
etiladi.

Yüklə 291,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin