17 Ma‘ruza
Konlarda gazkondensatni yig‘ish.
Reja:
17.1. Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy muammolar
17.2. Gаzkоndensаtni tаyyorlаsh texnologiyasi
17.3. Gaz tarkibidan og`ir uglevodorodlarni ajratish.
17.4. Gazni gidratlanishini oldini olish.
17.1.Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy
muammolar
Gaz konlarini ishlatishning joriy holati va samaradorligining kattaligi, konni va uni o‘rab
turgan bassenning geologik tuzilishining barcha xususiyatlarini
hisobga olib ishlatish
sistemasining qanchalik mukammal va amaliy holatga yaqinlashtirib loyihalashtirilganligi orqali
aniqlanadi. Geologik va gidrogeologik shartlar, shu bilan birgalikda tanlangan ishlatish
texnologiyasi asosida loyihalashtiriladi.
Konni ishlatishning murakkablik darajasini aniqlovchi shartlar
va omillarni va ularning
ta’siri asosida nazorat qilish ko‘rsatkichlari kompleksini shartli ravishda ikki guruhga ajratamiz:
geologik va gidrogeologik; texnologik.
Birinchi guruhga uyum o‘lchami va uning boshlang‘ich parametrlari (maxsuldor
qatlamnining yotish chuqurligi, qatlam bosimi va harorati, gaz va kondensat zaxirasi), maxsuldor
gorizontning geologik tuzilishi(ko‘pqatlamliligi, kollektorlik xossalarining har xilligi, siniqli
buzilishlari va boshqalar), uyum turi (qatlamli, salmoqli (massivnaya),
suv ustida joylashuvchi
(vodoplavayushaya), qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar. Bu guruhda
uyum suvtaziqli basseyn bilan aloqada bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu basseynning xossa lariga
tarqalish kengligi, o‘tkazuvchanligi, gidrostatik napori kiradi.
Ikkinchi gruhga uyumni ishlatish usuli (qatlam
bosimini ushlash, uyumning gazli qismini
yoki neft yotqizig‘ini i-shlatmasdan, so‘nish orqali ishlatish va boshqalar.); uyumdan
uglevodorodlarni olish surat
va alohida quduqlar debiti, ularning ishchi bosimiva joriy holati;
tuzulmada quduqlarning joylashtirilishi va maxsuldor gorizontni ochilish tizimi: gazning qatlam
ichida yoki qatlamdan-qatlamga silishi mumkinligi va boshqalar.
Ayrim faktorlar, qo‘shni konlarning o‘zaro ta’siri, ishlash rejimi va boshqa ko‘rsatkichlar
umumiy hisoblanib, ular konni
ishlatish vaqtida kuzatib, bu ko‘rsatkichlarni shartli ravishda
ikkinchi guruhga o‘tkazamiz.
2
Umumiy holatlarda tilga olingan faktorlar qancha ko‘p bo‘lsa nazorat sistemasi shuncha
qiyin bo‘ladi. Katta o‘lchamli va gazgato‘yingan bir xil bo‘lmagan
kollektorli, blokli tuzilishli
ko‘p qatlamli, shu bilan birgalikda qatlam suvlari bilan ta’sirlashgan konlarda maksimal nazorat
parametrlari qo‘llash talab etadi. Katta bo‘lmagan bir qatlamli gaz konini soddalashtirilgan
nazoratsistemasi va katta samara bilan ishlatish mumkin bo‘ladi.
Nazorat sistemasi texnologik sxemani tuzish va tajribaviy-ishlatish loyihasini
yoki sanoat
ishlatish loyihasini tuzish davrida aniqlanadi.
Gaz konini ishlatishning barcha davrlarida qatlam suv bosimi rejimida ishlayotganda ostki
va chekka suvlarning qatlamga suvning kirib kelishigaasosiy etibor qaratiladi. Qatlamdan gazni
olishning barcha davrlarida ham suvning faolligi bir xil bo‘lmaydi. Odatda dastlab faqat gaz
bosimi rejimi belgilari kuzatiladi. Qatlam bosimi tushishi evaziga suvning ancha faol ta’siri
kuzatiladi. Ishlatishning so‘ngi davrlarida suvlanganlik keng tarqalgan bo‘lib, bunda sizilishga
qarshilik ortib suvning faolligi kamayadi. G‘ovak va kovak kollektorlarda
suvlanish jarayoni
o‘zgarishlarga boyligi, suvlangan gaz qatlamlarining nazorat sistemasiga aniq yondashishni talab
qiladi. Gazkondensat konini ishlatish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
Gazkondensat konini ishlatishda asosiy muammo uglevodorod kondensatlarini qatlamdan
qazib olish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir tomondan bu savolni yechish uchun qatlamning maksimal
beraoluvchanligini oshirishda yechimlarini talab qiladi.