18-Ma’ruza Metall elektr o‘tkazuvchanligining klassik nazariyasi. Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar. Kontakt hodisalari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə4/8
tarix30.03.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#91395
1   2   3   4   5   6   7   8
31b3b31a1c2f8a370206f111127c0dbd (2)

Pelte hodisasi: Bu hodisa Zeebek hodisasiga teskari hodisadir.
Ikki xil metallar kavsharlangan joylarida temperaturalari bir xil bo‘lgan zanjirdan tok o‘tkazilsa, bunday zanjirda Joul – Lens qonuniga asosan ajraladigan issiqlik miqdoridan tashqari, kontaktlarning birida qo‘shimcha issiqlik miqdori ajraladi. Bu issiqlik miqdori kontaktning ikkinchi uchida yutiladigan issiqlik miqdoriga teng bo‘ladi va ajralgan issiqlik miqdoriga teng bo‘ladi.
Ajralgan issiqlik miqdori quyidagicha ifodalanadi:
(18.20)
q – kavsharlangan uchdan o‘tgan zaryad miqdori. PAV-Pelte koeffitsienti(tok A dan V ga qarab oqadi).
Tok yo‘nalishi o‘zgartirilganda Q o‘z ishorasini uzaytiradi, ya’ni issiqlik ajralish o‘rniga o‘shancha issiqlik yutiladi. Demak,
PAV=-PAV (18.21)
Pelte koeffitsienti bilan termo elektr yurituvchi kuch koeffitsienti orasida quyidagi bog‘lanish mavjud:
PAVABT (18.22)
Pelte hodisasidan sovitish mashinalarida foydalaniladi.
T omson hodisasi. Bir jinsli o‘tkazgich bo‘ylab temperaturalar farqi mavjud bo‘lsa, bunday o‘tkazgich orqali elektr toki o‘tish jarayonida, Joul issiqligidan tashqari, tokning yo‘nalishiga bog‘liq ravishda issiqlik miqdori qo‘shimcha issiqlik miqdori ajraladi yoki yutiladi.
Agar t vaqtda V hajmda ajralgan issiqlik miqdori Q bo‘lsa,
(18.23)
bu erda j-tok zichligi. temperatura gradienti. σ - Tomson koeffitsienti.
Ba’zi metallarda bilan I yo‘nalishi bir xil bo‘lganda (Zn, Bi) issiqlik ajraladi. Ba’zilarida esa teskari(Fe, Pt, Sb).
Pelte hodisasini kuzatish tajribasi. Agar issiqlik ajralsa, kolbadagi tomchi suriladi.
Pelte hodisasi quyidagicha tushuntiriladi. Tok tashuvchilar (elektronlar) kavsharlanish chegarasining turli tomonidan turlicha o‘rtacha energiyaga egadir. Agar zaryad tashuvchilar kavsharlangan uchdan o‘tib, kichik energiyali sohaga tushib qolsa, ular ortiqcha energiyalarni kristall panjaraga beradi, natijada kavsharlangan uchi qiziydi. Boshqa uchida esa tok tashuvchilar katta energiyali sohaga o‘tadi: etishmaydigan energiyani panjaradan oladi, natijada bu kavsharlangan uchining sovishiga erishiladi.
Tomson hodisasi Pelte hodisasiga o‘xshash tushuntiriladi. Tok temperatura ortib borishi yo‘nalishida o‘tayotgan bo‘lsin. Agar tok tashuvchilar elektronlar bo‘lsa, ular o‘z harakatlari davomida nisbatan yuqori temperaturali o‘rinlaridan (yuqori o‘rtacha energiyali elektronlar) nisbatan past temperaturali o‘rinlariga o‘ta boshlaydi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin