19-Mavzu: O'qituvchining darsga tayyorgarlik ko'rishi


Dars ishlanmasini tayyorlash



Yüklə 235 Kb.
səhifə3/9
tarix23.05.2022
ölçüsü235 Kb.
#59019
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19-Mavzu O\'qituvchining darsga tayyorgarlik ko\'rishi (1)

Dars ishlanmasini tayyorlash.


Har bir dars:

  • ma’lum bir maqsadni amalga oshirilishiga qaratilishi va puxta rejalashtirilgan bo’lishi;

  • mustahkam ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyaviy yo’nalishga ega bo’lishi;

  • amaliyot bilan bog’langan bo’lishi;

  • xilma-xil metod va usullardan, vositalardan keng va unumli hamda o’rinli foydalangan holda olib borilishi;

  • o’quvchilarni qunt bilan ishlashlarini ta’minlaydigan bo’lishi;

  • mashg’ulotlar butun sinf bilan yoppasiga olib borish va o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashni hisobga olgan holda amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lishi lozim.

Mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishi ta’lim jarayonining to’g’ri rejalashtirishni tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir.
O’quv jarayonini rejalashtirishda:

  • dars mavzusini, maqsad va vazifalarni, turini, tarbiyaviy imkoniyatlarni aniqlashi;

  • dars uchun kerakli ko’rgazmali qurollar, didaktik materiallar va zarur jihozlarni tayyorlashi;

  • darsning vazifasi asosida uning har bir qismi uchun zarur bo’lgan materiallar, faktlar, misollar, mashqlar kabilarni tanlashi;

  • ta’limning metod va usullarini tanlash;

  • o’quvchilar uchun mustaqil va uyda bajaradigan vazifalarini belgilashi;

  • ko’nikma va malakalarini baholashning aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgai vaqt ichida ularni to’g’ri amalga oshirish va bir- biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratishi lozim.

Bularning barchasi dars ishlanmasida yoki darsning texnologik xaritasida o’z ifodasini topadi. Dars ishlanmasi (darsning texnologik xaritasi) o’qituvchi uchun tuzilish majburiy bo’lgan hujjatdir. Uni tuzishdan ko’zlangai asosiy maqsad - o’qituvchining va o’quvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini yoritib borish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.
Xulosa shuki, dars ma’lum bir maqsadga qaratilgan, DTS talablari asosida o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malaka berish natijasini aniq belgilab olgan holda o’qituvchining mahorati, o’quvchilarning tayyorgarligi darajasi asosida rejalashtiriladi.

Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin