1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif


Darajasida ta’minladi, madaniy o’choqlar yaratdi, bolalarining o’qishi, ta’lim olishi uchun maktablar qurib berdi



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə13/15
tarix02.06.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#123723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif

Darajasida ta’minladi, madaniy o’choqlar yaratdi, bolalarining o’qishi, ta’lim olishi uchun maktablar qurib berdi.

Darajasida ta’minladi, madaniy o’choqlar yaratdi, bolalarining o’qishi, ta’lim olishi uchun maktablar qurib berdi.

O’tgan asming 40-yillari o’rtalarida Volganing quyi oqimi va Kaspiy dengizi qirg’oqlarida yashovchi qalmoqlar, Shimoliy Kav- kazda yashovchi qorachoylar, chechenlar, ingushlar va bolqarlar, 19- 44-yilda esa grim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari ham o’z vatanlaridan Sibir va O’rta Osiyoga surgun qilindilar.

Jumladan O’zbekistonga 175 mingdan ortiqroq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolqarlar, o’n minglab mesxeti turklari, greklar ko’chirib keltirildi. O’zbek xalqi ularni beg’araz kutib olib, yashash uchun uy-joy, oziq-ovqatlar bilan yordam berdi. Mahalliy hokimiyat ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xoʻjalik yuritish uchun kredit mablag’lari ajratdi. Ko’chirib keltirilganlar ancha mashaqqatlar bilan yangi joylarga asta-sekin moslashib bordilar.

O’zbekistondan Ikkinchi Jahon urushiga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo’ldi, 132670 kishi bedarak yo’qoldi, 60452 ki- shi nogiron boʻlib qaytdi. Shubhasiz, bu raqamlar urushdan keyingi bir necha yillar davomida ham respublikamizning demografiyasi va mehnat resurslariga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatib turdi.

50-yillar o’rtalariga kelib respublika aholisining umumiy soni 7 million 170 ming kishini tashkil etib, ularning 2 million 319 mingi shaharlarda, 4 million 851 mingi esa qishloq joylarida istiqomat qilgan. Umumiy aholiga nisbatan shahar aholisi 32,3 foizni, qishloq aholisi esa 67,7 foizni tashkil etgan.

O’tgan asming 70-yillari o’rtalariga kelib respublika aholisi- ning umumiy soni 13 million 778 ming kishini tashkil etib, ularning 5 million 300 mingi shaharlarda, 8 million 430 mingi esa qishloq joylarida istiqomat qilgan. Respublika aholisining 38,5 foizi shahar-Larda yashagan. Bu davrda O’zbekistonning barcha yerida oʻzbeklar (63 foizga yaqin), ruslar (13,6 foiz asosan shaharlarda) yashagan. Tojiklar (3,8 foiz) va qozoqlar (3,8 foiz), shuningdek, anchagina tatarlar (5,5 foiz) ham va boshqa xalqlar ham yashagan.


Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin