1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə15/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

SHUKUR SA’DULLA
(1912-1972)
Shukur Sa’dulla kichkintoylarga katta estetik shavq-zavq bag`ishlaydigan zabardast she’rlari, yosh kitobxonni yaxshilikka o`rgatuvchi ertak-dostonlari, a’lo o`qishga, davrimizga munosib kishilar bo`lib kamol topishga da’vat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, o`tmish hamda davrimiz bolalari hayotidan olib yozilgan pyesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi bo`lib qoldi.
Shukur Sa’dulla 1912-yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlang’ich ma’lumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924-yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko`rdi, so`ngra Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat universitetida o`qidi. Sh.Sa’dulla 1931-yildan to umrining oxirigacha turli nashriyotlarda muharrir, bo`lim boshlig’i, bosh muharrir o`rinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga o`zining barakali hissasini qo`shdi.
Sh.Sa’dullaning birinchi she’rlar to`plami 1932-yilda “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi.
“Hayqiriq”ning maydonga kelishi shoir ijodida juda katta voqea bo`ladi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, o`z ustida ko`proq ishlashga, izlanishga, eng muhimi hayotni o`rganishga va shu asosda ijod etishga chorladi.
Sh.Sa’dulla butun umri davomida bunga amal qildi. Qirq yildan ortiqroq hayotini ijodga bag`ishlagan san’atkorning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq” (1935-1936), “Yoriltosh” (1939), “Ikki sandiq” (1942), “Sen nima qilding?” (1942), “Shohista” (1944), “Shirin kun” (1946), “She’rlar” (1955), “She’r va ertaklar” (1957), “Pyesalar” (1959), “Dastyor qiz” (1960), “Sening al’boming” (1962), “Ozoda” (1969), “Komandirning boshidan kechirganlari” (1962), “Kachal polvon” (1963,1966,1967,1986), “Ism qo`yilmagan xat”, “Sening bayraming”, “Mening aziz bolalarim” va boshqa kitoblari bosilib chiqdi.
Dramaturg Shukur Sa’dullaning “Yoriltosh”, “Gulxan”, “Bizning boqchamiz”, “Dalada bayram”, “Vatan ishqi” (dramaturg 3. Fatxullin bilan hamkorlikda yozilgan), “Ikki bilakuzuk”, “Zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” pyesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi.
Quvnoq va jo`shqin asarlar kuychisi bo`lgan Shukur Sa’dulla o`zining juda ko`p she’r, qo`shiq, ertak, ertak-doston, pyesalarini kichik maktab yoshidagi bolalarga bag`ishlagan.
Shukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e’zozlanadi. Shoir so`lim bahorni ko`pgina she’rlarida qalamga olib, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushunish qobiliyatlarini o`stiradi.
Odatda, boychechak juda erta ochiladi. U qor erib-erimasidanoq ko`zga tashlanadi. Buni ko`rgan odamlar “Ha, bahor yaqinlashib qolibdi”, deydilar. Shoir “Boychechak” asarida xuddi shu fikrni lo`nda qilib chizib beradi:



Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin