1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


,KORNEY CHUKOVSKIYNING BOLALARGA ATAB YOZILGAN ASARLARIDA ILGARI SURILGAN G'OYALAR



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə27/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

20,KORNEY CHUKOVSKIYNING BOLALARGA ATAB YOZILGAN ASARLARIDA ILGARI SURILGAN G'OYALAR
Korney Chukovskiy (haqiqiy ismi sharifi Nikolay Vasilyevich Korneychukov (1882-1969) rus yozuvchisi, bolalar shoiri, adabiyotshunos, tarjimon, filologiya fanlari doktori.
Bolalarga bag‘ishlab yozilgan «Vanya va timsoh», «Tozalab yuv», «Suvarakboy», «Pashsha — serxarxasha», «Barmaley», «Doktor Aybolit» kabi asarlari butun dunyoga mashhur. Uning N.A.Nekrasov, A.P.Chexov, V.Korolenko, L.Andreyev, V.Bryusov, A.Blok, A.Kuprin, I.Repin va boshqa ulug‘ ijodkorlar haqida yaratgan adabiy ocherklari, badialari juda ko‘p tillarga tarjima qilingan.
U saxovatli boylar singari mehmondo‘st edi. Ziyofat berishni joni dilidan yaxshi ko‘rardi. Qishloqqa borib joylashishi bilanoq bir dunyo mehmonlarni huzuriga chorlardi. Kimlargadir bu telbalikdek tuyulishi mumkin: axir u ko‘p yillik qashshoqlik changalidan endigina qutulgan, oilasini — onasi, ukasi, singlisi, otasini boqish tashvishida ne ko‘ylarga tushmagandi deysiz, ertangi kun uchun hozir ham sariq chaqa g‘amlab qo‘ymaganiga qaramay, uyini boshdan-oyoq mehmonlarga to‘ldiradi, ularni to‘ydiradi, ko‘nglini oladi va yana tekin davolaydi!
Bir gal xilvat ukrain qishlog‘idan dalahovli olgan edi, hali uni borib ko‘rmasdan, sharoitini bilmasdan turib, Moskvadan Peterburgdan, Nijniydan har xil odamlarni u yerga taklif qila boshlagandi.
Moskva atrofidagi dalahovliga joylashishi bilanoq uyi mehmonxonaga aylanib ketardi. “Barcha xonalarda bir necha kishidan bo‘lib divanda uxlardik, − deb eslaydi ukasi Mixail, − hatto pichan ichida yotardik. Iste’dodining muxlislari bo‘lgan yozuvchilar, qizlar, qishloq oqsoqollari, mahalliy tabiblar, qandaydir uzoq qarindoshlar”, taklif etilgan yoki o‘zicha kelgan kishilar uning uyida haftalab uymalashib yotishardi.
Ammo unga bu ham kamlik qilardi.
“Ivanenkoni kutyapmiz. Suvorin keladi, Baransevichni ham taklif etaman”, − deb to‘qson ikkinchi yilda Natalya Lintvarevaga Melixovodan xabar beradi.
Ayni zamonda uni ham kelishga da’vat etadi. Keyingi xatlariga qaraganda, bu uch kishidan boshqa yana Lazarev-Gruzinskiyni, Yejovni, Leykinni ham taklif qiladi, Levitan esa ayni shu kunlarda uning uyida mehmon edi!
Sakkiz kishi, ammo bu ham hammasi emas: uning uyida “munajjim” Olga Kundasova, sozanda Marian Semashko, Lika Mizinova, Musina-Pushkina (uni ba’zan Drishka, ba’zan Chirildoq deb ham atashardi), torjkalik qandaydyr Lesova bilan Klara Mamuna, oilasining do‘stlari, tag‘in qanchadan-qancha kunda-shundalar va juda ko‘plab kimligi noma’lum tasodifiy qo‘noqlar har doim uymalashib yurishardi.
Bunday sanog‘i yo‘q odamlar, albatta, uni toliqtirib qo‘yishardi ham. “Pasxa arafasidagi jumadan boshlab bugungacha uydan mehmon uzilmaydi… loaqal biron satr yozolmadim”. Ammo bu holat uning tiyiqsiz mehmondo‘stligiga xalal berolmaydi. Ana shu arzi hol bitilgan xatning o‘zida u Kundasovani huzuriga taklif qiladi, keyingi kuni Vladimir Tixonovni, undan keyin Leykinni , keyin Yasinskiyni chorlaydi, keyingi kunlarda unikida Suvorin, Shchepkin-Kupernik, taganroglik Selivanov-Krauzelar mehmon bo‘lganini maktublar orqali bilib olamiz.
Bu da’vatnomalarda xushchaqchaqlik, hazil-huzil, sho‘xchan kayfiyat hukmron, u maktublarning mag‘iz-mag‘iziga o‘z atrofida ufurib turgan shodlik, quvnoqlik, yoshlik ruhini singdirib yuboradi.
“Xo‘sh-sh, janob, − deb yozgan edi u “Shimol” muharririga. − Siz suratimni ham bosib chiqarib, nomim mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shdingiz, minnatdorchilik uchun Sizga o‘z issiqxonamda yetishtirilgan rediskalardan besh bog‘lamini sovg‘a qilaman. Tezlik bilan huzurimga (Peterburgdan! Olti yuz chaqirim yo‘l bosib! − K.Ch.) kelishingiz va bu rediskalarni yeyishingiz zarur”.
Me’mor Shextelni qanday chaqirganini ko‘ring: “Agar kelmasangiz, cholvoringizning bog‘ichi ko‘chada, odamlar o‘rtasida yechilib ketsin deb tavallo qilaman…”
Vodevillar yozuvchi Bilibinga ham shunday ohangda maktub yo‘llagan:
“Zudlik bilan uylanishingiz va xotiningizni olib huzurimga, ikki haftaga dalahovliga kelishingiz zarur… Tiniqib dam olishingiz va g‘aroyib tentakka aylanishingizga kafolat beraman…”
Chexov ana shunday samimiy, ulkan hayotsevar, quvnoq kishi edi. Vujudida odamlarga ulkan muhabbat qao‘nab-toshib yotardi.
Do‘stlari va tanishlarini huzuriga chorlar ekan, xuddi kurort reklamalariga taqlid qilgandek, ularni kutayotgan huzur-halovat haqida ko‘tarinki ohangda to‘lib-toshib yozar edi:
“Nihoyatda tengi yo‘q joy, quvnoqlik, farovonlik hukmron, odamlar ko‘p…”, “Qrimga qaraganda yuz baravar issiq va go‘zal…”, “Rohatijon izvosh, chidamli otlar, afsonaviy yo‘llar, har jihatdan ajoyib odamlar”, “Tengi yo‘q qumloq”.
U do‘stlarini huzuriga astoydil taklif qilar ekan, kelmay qolsa-chi, degan fikrni o‘ylab ham o‘tirmasdi. “Men Sizni arqonga bog‘lab sudrab olib kelaman”, − deb yozgan edi u nasrnavis Shcheglovga. Darhaqiqat, aksari da’vatnomalari rostakamiga arqonga aylanib ketar, ularning bag‘riga cheksiz-chegarasiz xohish-istaklar singdirilgan bo‘lardi.
“Muvaffaqiyatlardan boshingiz aylanib, kelmayotganingiz uchun Sizni ko‘rishga toqatim yo‘q”, − deb yozgan edi tanishlaridan biriga.
Boshqasiga:
“Kelmay qolsangiz, shunday dilsiyohlik bo‘ladiki, Sizni jazolash uchun barcha do‘zax azoblari kamlik qiladi”. Uchinchi maktubda Lika Mizinovadan shunday so‘raydi: “Biznikiga kelmasangiz Siz uchun qanday og‘ir jazolar o‘ylab topishimizni bilasizmi?” Va ustingizdan qaynoq temir eritmasini quyib yuboramiz, deb po‘pisa qiladi.
Sumsklik tanishlaridan birining singlisiga yozadi:
“Agar u kelmay qolsa, tegirmonga solib maydalayman”. Bunday favqulodda shiddatli taklifnoma va iltimoslarni u chuqur o‘ylab o‘tirmasdan yozib yuboraverardi. Go‘yo ular bo‘lmasa kuni o‘tmaydigandek, turli-tuman odamlarni − u to‘pori, janjalkash Gilyarovskiy yoki mayda ran, ko‘ngli bo‘sh Yejov bo‘ladimi, − surishtirib o‘tirmasdan, taklif qilaverar edi…


Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin