1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


,Anvar Obidjon va Abusaid Ko'chimovning hayoti va ijodi



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə22/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

14,Anvar Obidjon va Abusaid Ko'chimovning hayoti va ijodi
Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq yoshlarimizni sog’lom, barkamol qilib kamol toptirish masalasiga jiddiy e‘tibor qaratildi. Bu masala davlatimiz siyosatining o`zagiga aylandi, jahon andozasi darajasida dasturlar ishlab chiqildi. Ular hayotga tatbiq etilmoqda.
Badiiy adabiyot, jumladan, uning alohida tarkibiy qismi bo`lgan bolalar adabiyoti, ushbu g’oyat murakkab vazifani ado etishdaga eng muhim vositalardan biridir. Bu ishga badiiy so`z qudrati bilan hissa qo`shib kelayotgan iste‘dodli yozuvchilar ko`p. Ulardan biri O`zbekiston xalq shoiri, ko`p qirrali adib, shoir va dramaturg Anvar Obidjondir.
Anvar Obidjon 1947 yilda Fargona viloyatining Oltiariq tumanidagi so`lim qishloqlarning biri — Polosonda tug’ilgan, begubor bolaligi shu joyda o`tgan. Qalbida hayotga, insonlarga, ona tabiatga bo`lgan mehr-muhabbat tuyg’ulari aynan o`sha maskanda uyg’ongan, ilk she‘riy satrlari ham shu qishloqda yaratilgan.
Anvar Obidjon 1966 yilda Samarqand Moliya bilim yurtini tugatdi, so`ng harbiy xizmatga chaqirildi. Xizmatdan qaytgach, 1969 yildan boshlab o`z qishlog’idagi jamoa xo`jaligida, paxtachilik brigadalarining xisobchisi bo`lib ishladi. O`z baxtini matbuotdan qidirgan Anvar Obidjon keyinchalik tuman gazetasiga adabiy xodim bo`lib ishga o`tadi, 1974 yidda Toshkent davlat Uni-versiteti (hozirgi Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga sirtdan o`qishga kiradi. O`qishni bitirgach, Fargona viloyati radiosida, "Mushtum" jurnali, "Kamalak" va "CHo`lpon" nashriyotlarida uzoq yil faoliyat ko`rsatdi. Hozir O`zbekiston televideniesida jurnalistik va adiblik faoliyatini davom ettirmoqtsa.
Anvar Obidjonning ilk she‘riy mashqlaridan biri -"SHkafcham" 6-sinfda o`qib yurgan kezlarida maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar jurnali "G’uncha"da chop etilgan. Shundan so`ng yosh shoirning bolalar uchun turli mavzularda bitgan ko`pgina asarlari respublikamiz gazeta va jurnallarida tez-tez ko`rina boshladi.
1974 yilda Anvar Obidjonning bolalar uchun yozgan she‘rlaridan iborat "Ona Yer" kitobi chop etildi. Agar to`plamga kiritilgan she‘rlarga adabiyotning yuksak badiiylik talablari asosida yondoshilsa, uni o`zbek bolalar she‘riyatiga qo`shilgan muxim hissa, deya baholash qiyin. Chunki to`plamdaga she‘rlarning ko`pchiligida yosh o`quvchilar ma‘naviyatini boyitadigan yangi fikrlar deyarli uchramaydi. Bolalar she‘riyatida qayta-qayta takrorlanib, shablonga aylangan tayyorga ayyor bo`lish, nafsi buzuqlik, yalqovlik, injiqlik, o`yinchoqlarni avaylamaslik kabi qusurlarni yomonlash kabi "g’oyalardan" nariga o`tmagan va ular ta‘sirli badiiy usullarda o`z ifodasini topmagan. Ammo kigobdagi ba‘zi she‘rlarda, ayniqsa qoralangan. xoinlik "Sotqin baroq haqida"gi ertaqnamo goyani ixcham shaklda ifoda etish, tabiatdagi jonsiz narsalar, turli hayvon, parranda va boshqa jonivorlarni odamlarday so`zlatish, qiyofalarini real chizish, bolalarbop kulgili vaziyatlar yaratish orqali kichkintoylar ma‘naviy olamini boyitishga intilish, yangicha bir izlanish borligi sezilib turardi. Shoir keyinchalik xuddi shu yo`ldan bordi...
Oradan olti yil o`tgach, 1980 yidtsa Anvar Obidjon o`zining ikkinchi she‘riy to`plami — "Bahromning hikoyalari"ni o`quvchilar hukmiga havola etdi. Bu kitob shoirga katta shuhrat keltirdi. To`plamga kiritilgan asarlar o`zbek bolalar adabiyotiga kichkintoylar uchun nimalarni yozish va nima uchun yozish kerakligini, eng muhimi, qanday yozish lozimligini chuqur his eta olgan boshqacha ovozdaga shoir kirib kelganligidan darak berib turardi.
1980—2005 yillar oralig’ida shoir barakali ijod etdi. U o`z qalami kuchini faqat she‘riyatda emas, adabiyotning nasr, teatr va kino dramaturgayasi turlarida ham sinab ko`rdi. Ko`plab hikoyalar, qissalar, sahna asarlari yaratdi. Bu yillarda uning "Ey, yorug’ dunyo" (1983), "Olovjon va uning do`stlari" (1983), "Ketmagil" (1985), "Bezgakshamol" (1985), "Masxaraboz bola" (1986), "Akang qaragay Gulmat" (1987), "Juda qiziq voqea" (1987), "Oltin yurakli Avtobola" (1988), "Dahshatli Meshpolvon" (1989), "Yerliklar" (1990), "Alamazon va Gulmat hangomasi" (1992), "Ajoyibxona" (1993), "Meshpolvonning janglari" (1994), "Alisher ila Husayn yoki uch dono va o`g’ri" (1996), "Alamazon va Gulmat" (1998), "Oltiariq hangomalari" (1999), "Bulbulning cho`pchaklari" (2001) , "Odobli bo`lish osonmi" (2001), "Bezgakshamol-2" (2003), "O`q o`tmas bolakay" (2005) va boshqa kitoblari nashr etiddi. Uning ayrim asarlari rus tiliga o`garilib, "Alamazon i yego pexota" (1984), "Grozniy Meshpalvan" (1991) nomlarida bosilib chiqdi.
Anvar Obidjonning kitoblaridan ayrimlariga respublikamiz gazeta va jurnallarida ijobiy taqrizlar chop etildi, o`zbek bolalar adabiyotiga bag’ishlangan maqolalarda uning ba‘zi she‘rlari va qissalariga yuqori baholar berildi.
Shoir ijodida Ona tabiat va bolalar mavzusi. Anvar Obidjon asarlarining mavzu va mazmuni rang-barang, badiiy obraz yaratish usullari xilma-xil. Bolalar tabiatini nozik his etishi juda aniq seziladi. U o`z asarlarini qanday shaklda, qaysi janrda yozishidan qati nazar, bolalarning "qulgiga o`ch xalq" ekanligini hech qachon unutmaydi.
Anvar Obidjon she‘riyatidagi eng ko`lamli mavzu Ona Tabiat va Bolalar. Shoir bu mavzuga ijodining boshlangich pallasidanoq qo`l urdi. Bu muhim va ahamiyatli masalani yuksak badiiy tarzda yoritish uchun jiddiy izlandi, vositalar, usullar, ohan-glar topishga intidtsi. Uning 80-yillarda ketma-ket e‘lon qilin-gan "Dalalardan bolalarga", "Ajoyibxona", "Kulchalar", "Sizeshitmagan qo`shiklar", Botirvoyning kundaligi", Bulbulningcho`pchaklari", "Mening kollektsiyam", "Ignalarim chiroyli","G’alati maktublar" singari she‘riy turkumlari bu izlanishlar-ning samarasi bo`ldi. Mazkur turqumlar o`zbek bolalar adabiyotida yangilik, alohida hodisa sifatida tan olindi, yuqori baholandi. Ma‘lumki, o`zbek bolalar adabiyotining ilk davrlaridayoq tabiat mavzusi yetakchilik qilgan. Agar bolalar uchun tabiat mavzuida maxsus yozilgan she‘rlar yig’ilsa, ular ko`p jildlik kitoblarni tashkil etgan bo`lardi. Ushbu yo`nalishda o`quvchiga ma‘qul keladigan, avvalgilariga nisbatan yaxshiroq asarlar yaratish, bu borada kashfiyot qilish nihoyatda murakkab bir yumush edi. Anvar Obidjon o`z turkumlarida ana shu boqiy mavzuni bolalar ongiga, dunyoqarashiga, ruhiyatiga mos tarzda badiiy talqin etishda o`zigaxoslik topa oldi. Uning she‘rlarida tabiat turfa rang va ohanglarda namoyon bo`ladi. Shoirning ona tabiat haqidagi she‘rlarida hayotga, insonga muhabbat, uning boqiyligiga ishonch tuykusi ko`zga tashlanadi, yosh kitobxon qalbini hayajonga soladi. Ularda biz bilan yonma-yon yashayotgai har bir jonzot, har bir o`simlik tabiat in‘om etgan tiriklikdan zavklanadi, bu dunyoda yashashning o`zi quvonch ekanligini tarannum etadi. Shoir ularda tashxis (jonlantirish) va intoq (odamlarday so`zlatish) san‘atlaridan mohirlik bilan foydalanib, turli jonzotlarni, hatto jonsiz narsalarni ham bolalarday hatti-harakatlantiradi, so`zlatadi. Yaratilgan obrazlarning ko`pchiligi goh monolog, goh suhbat, goh qo`shiq, goh tarjimai hol, goh maktublar usullarida qalblarga bor haqiqatday bo`lib quyiladi. Ular benihoyat soddaligi va samimiyligi, beozor kulgiga yo`g’rilganligi bilan o`quvchini o`ziga rom etadi. Masalan, 41 ta she‘rdan tashkil topgan "Dalalardan -bolalarga" turkumidagi "Loviya" she‘riga e‘tibor beraylik:
Aniq ko`rinib turibdiki, she‘r nihoyatda ixcham. Misralar bir va ikki so`zdan tashkil topgan. Undagi voqea qaxramonning o`z nutqi usulida ifoda etilgan. Uning portretiga xos shtrixlar ham bor. Ritmi ta‘sirli. Shoir she‘rda haqiqatdan chekinmagan holda hayoliy-romantik obraz yaratgan. She‘r kichkintoylarni bir tupdagi yuzlab uyalarda yashaydigan "qalamqosh" "qorako`z" o`simlikka o`zgacha nigoh bilan qarashga undaydi. Yoki "Bug’doy" nomli she‘rni olsak, unda bu o`simlik haqidagi hammaga ma‘lum gaplar bilan cheklanib qolinmagan. She‘rda romantik ruh bor. Bu ruh Bug’doyning o`ziga xos olami borligini ta‘sirli ko`rsatishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, Bug’doy ham har bir tirik mavjudod singari urug’dan unadi, o`sadi, hosilga kiradi. O`ziga xos qayot yo`lini bosib o`tadi. Demak uning ham o`ziga yarasha olami bor. Shoir bu olamni bolalar qalbini hayajonga soluvchi Burdoyning o`z so`zlari (monologi) orqali ko`rsatishga erishgan.

Kumush o`roqqa


SHe‘rdagi samimiyat, nafis tasvir o`quvchi ko`z o`ngida sirli, sokin tunning go`zalligidan zavqyaanayotgan, osmondagi oyni "kumush o`roqqa" o`xshashini kashf etgan Bugdoy siymosi gavdalanishiga sabab bo`ladi. Bunday she‘rlar bolalar qalbida ezgulikni, mehr urug’larini undirishi shubhasizdir.


Mazkur turkumda yurtimizdagi deyarli hamma meva va savbzavotlarning o`ziga xos dunyosi borligi mahorat bilan qo`rsatilgan. Ular o`zlari haqida g’urur bilan, to`lib-toshib gapiradilar. Bu g’ururlanish aslo maqganchoqlik emas.

Ilk mashqlarini maktabda – O’quvchilik partasida xabar va maqolalar yozishdan boshlagan Abdusaid Ko’chimovni maktabdoshlari “muxbir bola” deb atar edilar. Chunki uning lavha va xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U aʼlo o’qish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga, adabiyotni jondildan sevar, “O’zbek xalq ertaklari”, “Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Tohir va Zuhra”, “Uchar gilam”, “Gulliverning sayohatlari”, “Temur va uning komandasi”, “Shum bola” singari kitoblarni qo’ldan qo’ymay o’qirdi. Adabiyotga bo’lgan muhabbat uni, o’rta maktabni 1967-yili tamomlaganidan keyin, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga yetaklab keldi. U 1968–1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) o’zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi.


Institutda o’zbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini o’tadi. Bu yozuvchilardan haqqoniy qiyofa yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy usullar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yo’llarini o’rgandi. So’zning sehrli kuchini his qildi. Ehtimol, ushbu hodisalar bo’lajak shoir va adibning tuyg’ulariga yanayam kuchliroq g’ulg’ula solgandir.
Abdusaid Ko’chimovning mehnat faoliyati 1972-yilda “O’qituvchi” nashriyotida musahhihlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi “Tong yulduzi”ga adabiy xodim bo’lib ishga o’tdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada bo’lim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Ko’chimov qalamini charxlab, adabiy ishga yo’llabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi, bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan do’stlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu, yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimayi holida hayotni o’rganish, anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri bo’lib qoldi, deyish mumkin. Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda bo’ldi. O’zining bo’lajak qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. Shu tariqa uning asarlarida odobli, aʼlochi, mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, o’jar va sho’x bolalarning xilma-xil qiyofalari paydo bo’ldi. Ana shunday asarlardan biri “Mening O’zbekistonim” dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri – sayohat janrida yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir bo’layotgan voqea va hodisalar Bobo bilan Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qiziqarli hikoya qilinadi. Bu doston 1979-yilda alohida kitob – albom shaklida nashr etildi.
Tinimsiz izlanishlar, hayotdan va ustozlar ijodidan o’qib o’rganishlar Abdusaidga ijodda o’z ovozi, o’z yo’lini topib olishga imkon yaratdi. Shoirning uchinchi kitobi – “Toshburgut” (1981 yil) Abdusaid Ko’chimovning maʼlum kamolotga yetganiga dalolatnoma bo’ldi, deyish mumkin.
“Toshburgut” to’plami bilan tanishar ekansiz, shoirning har doim bugungi kichik kitobxonning nafis didiga mos sheʼrlar yozishga intilayotganiga guvoh bo’lasiz. Shu bois uning kichkintoylar bilan muloqoti samimiy dildan kechadi.
“Maqtanchoqlar”, “Mish-mishvoy”, “Inoqlar”, “Yolg’onchi-sayohatchi”, “Jazo”, “Suflor” sheʼrlarida yuksak yumor bilan birga bolalarda uchraydigan sodda mug’ambirlik, maqtanchoqlik, o’yinqaroqlik ajoyib mahorat bilan tasvirlanadi. “Suflor” asari ana shu jihatdan eʼtiborli.



Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin