1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari
12,Tursunboy Adashboyev hayoti va ijodi Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirg’iziston Respublikasining O’sh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog’ida tug’ildi. Qishloqdagi 57-o’rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi.
“Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi sheʼriy to’plami 1962 yilda chop etildi. Shundan so’ng shoirning “Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatog’ ‒ lolatog’” (1978), “Guldesta” (qirg’iz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xo’tikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch bo’taloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirg’iz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qo’sh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolg’ondan bir yolg’on”, “G’oz karnaychi bo’lmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining to’ldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qo’sh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli” (2016) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Rus, turkman, qirg’iz, tojik va qozoq tillaridagi adabiy almanaxlarda turkum sheʼrlari bosildi. Shuningdek, T. Adashboyevning “Jashtik sapar” (qirg’iz tilida, 1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Guldasta” (1968), “Bizdin belek” (qirg’iz tilida, 1967), “Ir mayrami” (qirg’iz tilida, 1967), “Zvonkoye detstvo” (rus tilida, 1981), “Chashmalarin ovozi” (turkman tilida, 1982), “Raduga nad arikom” (belorus tilida, 1986), “Navohoi guldara” (tojik tilida, 1988), “Solniʼshko na listyax” (1990), “G’aroyib qishloqning ajoyib odamlari” (2015) kabi turli yil va turfa tillarda chop etilgan kitoblarini ham sanab o’tish joiz.
Shoir “O’zbek bolalar adabiyoti antologiyasi” (Sheʼriyat, 1-jild, 1995) va mazkur kitobning rus tilidagi “Pro solnse jarkoye rasskaz, Pro nashu zemlyu i pro nas” (Poeziya, 2007) nashrlariga muharrirlik qildi.
Tursunboy Adashboyev tarjima sohasida ham samarali fqaoliyat yuritib, Temirqul Umetaliyevning “To’rg’ay navosi” (1969), Suyunboy Eraliyevning “Tog’lar farzandiman” (1972), Sovronboy Jusuyevning “Dovon” (1974), “Qanot bilan Zarina” (2004), Musa Jong’oziyevning “Quvonchbekning quvonchi” (1983), Qanibek Junushevning “Do’ppili to’rg’ay” (1988), Nurmo’ldaning “Zamona” (1998), Nodirbek Alimbekovning “Bir kam dunyo” (1998), “Gulning umri” (1994), Samuil Marshakning “Tentak ovchi” (2006), Korney Chukovskiyning “Do’xtir Voyjonim” (2006), “Moydadir ‒ yuvin do’mbog’im”, Jovani Rabonining “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari” (1977), V. Pyuzoning “Cho’qintirgan ota yoki Mafiya sardori” (roman, 2006), S. Arapovaning “Merri inglizchani o’rganadi” (1996), V. Kulikovning to’rt kitobdan iborat rasmli sheʼriy to’plamlari (2006) va boshqa asarlarni o’zbek tiliga o’girib, chop ettirdi.
Tursunboy Adashboyev sheʼrlarining qahramonlari quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida bo’lgan aqlli bolalardir.
Kichkintoylarga qisqa va lo’nda yozish, qissadan hissa chiqarish shoir ijodining muhim fazilatlaridan biridir.
Tursunboy Adashboyev o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun 2001 yilda “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi. U, shuningdek, o’zbek va qirg’iz xalqlari o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi” unvoni va “Manas” ordeni bilan ham mukofotlangan.
“O’zbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobi asosida tayyorlandi. Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev 1939 yilda qardosh Qirg’izistonning O’sh viloyatiga qarashli Olabug’a tumanidagi Safed Bulon qishlog’ida tug’ilgan. U Toshkent davlat dorilfununini hamda Jahon adabiyoti institutini bitirgan. Shoir “Olatog’-lolatog’” kitobida yozganidek, ikki elning farzandidir:
O’zbek, qirg’iz qoni singgan, Sizga aytsam to’g’riman. Shu boisdan ikki xalqning Erka shoir-o’g’liman. Tursunboy Adashboyev o’zbek va qirg’iz tillarida ijod qiladi.
“Kamolning olmasi” deb nomlangan birinchi kitobi 1967 yilda talabalik chog’idayoq nashr etilgan. Keyinchalik Toshkentdagi “Yosh gvardiya”, Bishkek shahridagi “Mektep” nashriyotlarida “Biz sayohatchilar” (1969), “Ala-Toluk bolomun” (1971), “Arslonbob sharsharasi” (1973), “Surnay” (1975), “Nur daryo” (1977), “Guldasta” (1979), “Olatog’-lolatog’” (1982), “Oqbura to’lqinlari” (1985), “Sovg’a” (1987) to’plamlari bosilib chiqdi.
Kichkintoylarga qisqa va lo’nda sheʼrlar yozish, qissadan hissa chiqarish Tursunboy Adashboyev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning “Sumalak” sarlavhali sheʼri shu jihatdan eʼtiborli:
Boychechaklar nish urib, To turguncha o’rnidan. Bahor qishni tarnovga, Osib qo’ydi burnidan. Yoki bolalarning cheksiz xayoloti bilan bog’liq bo’lgan “Tugma” deb nomlangan mashqi ziyrak kuzatuvchanlikning mahsulidir:
Ro’zvon xola qo’shniga Chiqqanida elakka. Kamzulining tugmasi, Tushib qoldi yo’lakka. Chumolilar to’planib, Majlis qurar shoshilib: – Bir, ikki, uch ko’tardik, Tegirmonning toshini… Tursunboy Adashboyevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yo’g’rilgan asarlari boshqa xalqlar tillariga ham o’girilgan. Masalan, “necHH Xobopohok”, “MenLHHH; a”, “no^apoK”, “Olti oyoqli xo’tikcha”, “Olatog’ ohanglari” singari bir talay kitoblari rus, latish, qozoq va o’zbek bolalar sheʼriyati antologiyalaridan munosib o’rin olgan. 1989–90 yillarda uning “Arslonbob afsonasi”, “Sichqonning orzusi”, “Uch bo’taloq va sirli qovoq” to’plamlari nashr etildi.
Ijodkor qator uchrashuvlarda, gazeta va mahallalardagi suhbatlarda berilgan savollarga qaytargan javoblarida sheʼr yozishning sir-sinoatlarini o’ziga xos yo’nalishda ochib berganligini kuzatamiz:
– Nima uchun bolalarga sheʼr yozasiz?
– Ezib yomg’ir yog’ganidan keyin, yetilgan yerni, zavqshavq bilan haydagan qo’shchining mehnatini sira kuzatganmisiz? Kichkintoylarga sheʼrlar mashq qilar ekanman, ana shu dehqonga o’xshab ter to’kishga harakat qilaman. Demak, har kim qo’lidan kelgan yumushni uddalashi kerak. Qisqasi, bolalarga sheʼr yozishdan o’zga ish qo’limdan kelmaydi.