1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


,Sulton Jo'ra va Hakim Nazirning hayoti va ijodi



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə16/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

8,Sulton Jo'ra va Hakim Nazirning hayoti va ijodi
Sulton Joʻra 1910 yilning 15yanvarida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Qagʻaltom qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton dastlab boshlangʻich maktabda oʻqidi. U 1924 yilda Buxoroga kelib erlar pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirdi va uni 1930-yilda bitirdi.
Sulton Joʻra 1931–1938-yillarda Buxoro pedagogika institutining ishchi fakultetida oʻqiydi. 1938–1941 yillarda Andijondagi oʻqituvchilar instituti va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
1942 yilda Sulton Joʻra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan mavdonavor jang olib bordi. 1943 yilning 14noyabrida Belorussiya tuprogʻida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok boʻldi.
Sulton Joʻraning dastlabki sheʼrlari 1933 yilda Buxoro yosh shoirlarining “Sheʼrlar” toʻplamida nashr etildi. Uning 1939 yilda “Fidokor”, 1941-yilda “Moskva” sheʼriy toʻplamlari, 1942-yilda “Iroda” nomli pesasi nashr etildi. Isteʼdodli shoirning vafotidan soʻng 1951 yilda rus va oʻzbek tillarida “Tanlangan asarlar”, tinch qurilish yillari davrida “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruno”, “Parvoz”, “Qaldirgʻoch”, “Tanlangan asarlar” kitoblari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun yovuzliklari ochib tashlandi, ularda yovga qarshi laʼnat va nafrat tuygʻulari davr kishilarining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan hamohang yangradi. “Toʻpchi Muhammad”, “Pulemyotchi ovozi”, “Chavandoz”, “Uch ogʻayni botirlar”, “Nayzamiz” (1941), “Qahramon Qoʻchqor” (1942), “Jahon seni olqishlar”, “Berlin aptekasida” (1943) sheʼrlari shular jumlasidandir.
Sulton Joʻra kattalar uchun joʻshqin lirik sheʼrlar, yirik dostonlar yaratish bilan birga, bolalarga atab ham ajoyib asarlar yozdi.
Shoir-pedagog Sulton Joʻra bolalar uchun yozgan asarlarida baxtli bolalik, Vatanga muhabbat va dushmanga nafrat, mehnat ahllariga eʼtiqod tuygʻularini ifodaladi. Ayni chogʻda, u yaxshi va aʼlo baholarga oʻqish uchun kurashish, rostgoʻy va intizomli boʻlish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi taʼlim-tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday gʻoyalar shoirning “Yozgi yomgʻirdan soʻng” (1936), “Qizlar”, “Aʼlo” va “Yaxshi”ning maqtovi”, “Zangori gilam” (1939), “Lola”, “Oy nechta?”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Choʻntak”, “Sirkda” (1940), “Qarzdor”, “Qaldirgʻoch”, “Yolgʻonchi”, “Dengiz tagida” (1941), “Sogʻinib” (1942), “Sogʻinchli salom”, “Salom xat” (1943) kabi asarlarida oʻz ifodasini topdi.
U oʻz asarlarida bolalar va maktab hayotini, ularning oʻqishi, koʻcha va oilada oʻzini tutishini haqqoniy aks ettirdi. Shoir yosh kitobxonning diqqatini oʻziga tortuvchi asarlar ijodkori sifatida tanildi.
Bolalar ilmiy-ommaviy mavzularda yozilgan sanʼat asarlarini ham sevib oʻqiydilar. Sulton Joʻraning bunday mavzudagi asarlaridan biri “Oy nechta?”dir. Bunda shoir kichkintoylarning orzuumidlarini ona va bolalarning suhbati orqali ifoda etadi:
Ona dedi:
 Yotinglar endi,
Faqat bitta osmonning oyi!
Katta boʻlgach, aylanaylarim,
Oyning oʻzin minib koʻrarsiz.
 Oʻshanda-chi, oyijon, bizga,
Katta toti[1] olib berarsiz.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsidoʻz oilasida tavallud topdi. Boshlangʻich maʼlumotni onasi Malika otin maktabida oldi. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan poyafzal fabrikasida boshlab, ayni choqda kechki ishchi-yoshlar maktabida oʻqidi.
1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki boʻlimida, 1954–1956 yillarda esa Moskva Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.
Adib mehnat faoliyatini 1933 yili oʻquvchilar gazetasida (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim sifatida boshladi.
Shundan keyin uzluksiz respublika yoshlar gazetasida, ridioeshittirishlar qoʻmitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat qildi.
Hakim Nazirning adabiy faoliyati oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlanib, dastlabki mashqlari ‒ hikoyalari 1933 yildan eʼtiboran turli jurnallarda bosildi. “Qishloqdagi jiyanlarim” nomli ilk kitobi 1948 yilda nashr etildi, ilmiy-adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Shundan keyingi oltmish yillik sermazmun ijodi mobaynida kattalar va bolalar uchun 50 dan ortiq kitob chop ettirdi. Bu kitoblardan joy olgan asarlarida odob-axloq, odamiylik, doʻstlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang ruhiy olamlari gavdalantiriladi.
Adibning “Besh baho” (1955), “Choʻl havosi” (1958), “Yaxshi nom” (1962), “Meni taniysizmi?” (1963), “Bolajonlarim” (1964), “Ali bilan Sher” (1971), “Bir ogʻiz soʻz” (1982) kabi koʻplab asarlari shu jihatdan xarakterlidir.
Hakim Nazirning “Koʻkorol chiroqlari” (1954), “Yonar daryo” (1966), “Kenjatoy” (1976), “Tohir Zuhra qissasi” (1985) hamda “Dadamni topib beringlar” (1991) nomli qissalarida yoshlarning boy, begʻubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga boʻlgan munosabatlari ifoda etilgan. Yozuvchining “Lochin qanotlari” (1973) romani oʻzbek bolalar va oʻsmirlar adabiyotida kam yoritilgan urush mavzusiga bagʻishlangan.
Hakim Nazir dramaturg sifatida “Chiranma gʻoz, hunaring oz” pyesasi bilan oʻzbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshdi. Asar koʻp yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida muvaffaqiyatli namoyish etildi.
Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoya, ocherk va qissalar ham yetakchi oʻrinni egallaydi. “Musobaqadoshlar” (1950), “Odamning qadri” (1958), “Oʻtlar tutashganda” (1960), “Onaizor” (1961), “Aziz odam” (1964), “Shoshilinch telegrammalar” (1987) kabi hikoya va ocherklardan iborat toʻplamlari, “Suv gadosi oqpadar dengizni boshlab keldi” (1962) va “Koʻkterak shabadasi” (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.
Hakim Nazir tavalludining 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik (1969–1970), 60 yilligi oldidan besh jildlik “Tanlangan asarlar”i (1977–1981) chop etildi. Yozuvchining 80 yilligiga bagʻishlangan, memuar janriga mansub ikki yangi kitobi bosildi ‒ biri “Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlari” xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa “Yodimdasiz, azizlarim” (1995) esdaliklaridir.
Hakim Nazirning oʻnlab kitoblari rus, qozoq, qirgʻiz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, fransuz, ispan, bulgʻor, chex, moʻgʻil tillariga oʻgirilgan, alohida kitoblar holatida nashr etilgan.
Adib asarlarining umumiy tiraji ‒ sanogʻi bir yarim milliondan oshadi.
Hakim Nazir besh jildlik “Tanlangan asarlar”i, bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi katta xizmatlari, ijodining maʼnaviy-madaniy hayotimizdagi nufuzi uchun Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻldi (1981). Unga “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berildi (1994). Shuningdek, adib Xans Kristian Andersen nomidagi xalqaro diplom bilan ham mukofotlangan (1984).

Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin