1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Miraziz Azam hayoti va ijodi



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə19/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

11 Miraziz Azam hayoti va ijodi
Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da yetuk tarjimon,o’tkir jurnalist hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so’ngra «Yosh gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo’lib ishlagan. Ko’p yillar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo’lib ishlagan.
Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi bilan chop bo’lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg’a qilingan. Uning birinchi she’riy to’plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo’lgan. Shundan so’ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969,doston), «Senga nima bo’ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho’ntak yong’oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to’plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg’ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi.
Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg’ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to’plamlaridagi ko’pchilik she’rlar o’zining hayotiy va jozibaliligi bilan o’quvchi qalbini zabt etadi.Shoir ana shu she’riy to’plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o’zining «Haqiqatning ko’zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o’quvchisiga havola etdi.
Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo’pchilik mutaxassis va oddiy o’quvchi ixlosini orttirdi.
Bugun 77 yoshga to’lgan Miraziz akaning keyingi ijodi ham sermahsul, serfayz bo’lishiga ishonsa bo’ladi.
Miraziz Aʼzam 1936 yilning 29 martida Toshkentda Balandkoʻprik mahallasida ziyoli oilada tugʻildi.
Miraziz Aʼzam oʻquvchilik yillaridan sheʼrlar mashq qila boshladi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil olarkan, Xenrix Xeyne, Pushkin, Yesenin singari jahon adabiyoti mumtoz vakillari ijodidan tarjimalar qildi, qurbi-salohiyatini charxladi. Sheʼrlari hozirgi “Turkiston” gazetasi va “Gulxan” jurnalida yoritila boshladi. Miraziz Aʼzam Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida, “Gulxan” jurnalida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida (1996 yilga qadar) xizmat qildi.
Miraziz Aʼzam “Aqlli bolalar” (1969), “Senga nima boʻldi” (1970), “Gʻalati tush” (1972), “Yer aylanadi” (1973), “Yerga dovruq solamiz” (1976), “Bir choʻntak yongʻoq” (1990), “Qirq bolaga qirq savol” (2000), “Eng yorugʻ yulduzlar” (2002), “Saylanma” (2005) kabi majmualar, shuningdek, “Ming bir soʻzni bilaman” nomli bolalar uchun izohli-rasmli lugʻat kitobini (2016) nashr ettirdi. Uchta sheʼriy toʻplami rus tilida, va yana, bolalarga bagʻishlangan sheriy kitoblari ukrain, turkman, moʻgʻil tillarida chop etildi. Bir qator sheriy turkumlari belorus, moldavan, ozarbayjon, latish, turk, qozoq, qirgʻiz va boshqa tillarda eʼlon qilindi.
Kattalar uchun uning “Sevaman” (1977), “Tuygʻular” (1980), “Sabot” (1983), “Haqiqatning koʻzlari” (1988), “Xotiralar”, “Yoʻlyozmalar” (2016) nomli kitoblari nashr etildi. Inson hurligi, haqiqat, erk va mustaqillik uchun kurash ushbu asarlarning asosiy gʻoyalarini tashkil qiladi. Shuningdek, shoir keyingi yillarda aruzdagi mashqlarini davom ettirib, “Kuzgi yaproqlar” (2010) nomli devonini nashr ettirdi. Uning ikki kitobdan iborat “Buyuklar muhabbati” (2012,2016) esselar toʻplami oʻz muxlislarini topdi.
Zahmatkash ijodkor tarjimon sifatida dunyo bolalar adabiyotining bir qancha nodir namunalari jamlangan “Jahon bolalar adabiyoti” oʻn jildligini ona tilimizga oʻgirdi. Sharqning buyuk alloma shoirlari Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan namunalar tarjima qildi.
Miraziz Aʼzam publitsistik asarlari bilan ham adabiy jarayonda faol qatnashib keladi.
Shoirning “Tuygʻular” va “Sabot” toʻplamlari asosida bastakor Nuriddin Gʻiyosov simfoniya hamda oratoriy yaratgan.
Miraziz Aʼzam 1993 yili ilmiy-tahliliy maqolalari uchun Mahmud Qoshgʻariy nomidagi mukofotga, 2007 yili Makedoniya poytaxti Skople shahrida oʻtgan turkiy sheʼriyat festivalida esa Mavlono Jaloliddin Rumiy mukofotiga loyiq koʻrildi.
Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin