1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə8/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar psixologlarning gaplariga qaraganda 3600 tacha so’zdan foydalanar ekanlar.Bolalar 7-9 yoshlarida hayvonlar, qushlar, hashoratlar, o’simliklar to’g’risidagi ertaklarga juda qiziqadilar.Yozuvchilar insonlar bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni ularni gapirtirish orqali amalga oshiradilar.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilar va ota-onalar yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, bu yoshdagi bolalar esa boshlang’ich sinf o’qituvchilari va mustaqil o’zlari o’qib o’rganadilar.Bu yoshdagi bolalar ko’proq tevarak atrofdagi turli voqea hodisalarga qiziqadilar.Endi ular mustaqil ravishda sehrli ertak, fantastik ertak, sarguzasht,hikoya va dostonlarni sevib o’qiydilar. “Zumrad va Qimmat” ertagi, Olloyorning “Fazogir chumoli”, Anvar Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon”, Q.Muhammadiyning “Erkinjon oyga chiqibdi” kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo’ljallab yozilgan.
O’rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar o’zlari mustaqil ravishda kitob o’qib, o’qigan kitoblari qahramonlarining hatti-harakatlarini baholashga o’rganadilar va ular harakatlarini takrrlaga hozirlanadilar.Bu yoshdagi bolalarga o’tmish va kelajak haqidagi asarlarni o’qish tavsiya etiladi.SHiroq, Tumaris, kabi afsonalar bilan bir qatorda Oybek, G’.G’ulom, Zafar Diyor, Q.Muhammadiy, Anvar Obidjon, T.Adashboev va boshqa ijodkorlarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi sara asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ahmad Yugnakiy, Al-Buxoriy, Farobiy, Beruniy, Yassaviy, Navoiy, Bobur kabilarning pand-nasihat ruhidagi yozilgan asarlari bolalar dunyoqarashini shakllantirishda ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. Bu yoshdagi bolalar kutubxonalardan mustaqil ravishda o’zlariga ma‘qul ertak, doston kitoblarni olib o’qiy boshlaydilar. Masalan : “Uch og’a-ini botirlar”, “Egri bilan To’g’ri”, “Donishmand qiz” kabilar.
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o ‘zlari tinglagan asarlari yordamida tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar. Hozirgi zamon adabiyoti bilan birga
o ‘zbek bolalar adabiyoti va adabiy tanqid janri ham o‘sdi, rivojlandi.



Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin