Formatlar
Formatlar. Xalq xo‘jaligida bajariladigan barcha chizmalar, ish qog‘ozlari va konstruktorlik hujjatlar aniq o‘lchamga ega bo‘lgan standartlashtirilgan qog‘ozlar (formatlar)ga bajariladi. Bu formatlar GOST 2.301-68 (ST SEV 1181-78). Davlat standartiga muvofiq belgilangan. Asosiy format A0 bo‘lib, uning o‘lchamlari 1189841 mm, yuzasi esa 1 m2 ga teng. Shu o‘lchamdagi formatni ensiz tomoniga parallel qilib ikki buklash natijasida navbatdagi A1, A2, A3, A4 formatlar hosil qilinadi (1.11-rasm). Asosiy format o‘lchamlari 1-jadvalda keltirilgan.
1.11-rasm
1-jadval. Asosiy formatlarning o’lchamlari
1.12-rasm
Formatga chizma chizishdan oldin qog‘oz girdidan, chap tomondan 20 mm, qolgan tomonlaridan esa 5 mm qoldirib, asosiy tutash chiziqda hoshiya (ramka) chiziladi (1.12-rasm). Chizmalarni chizishda asosan qog‘ozning o‘lchash katta tomoni, gorizontal joylashtiriladi. A4 format bo‘lsa, vertikal (tik) joylashtirirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |