Chiziq turlari
Chiziq turlari. Chizmaning sifatli chiqishi va to‘g‘ri bajarilishi, chizma chiziqlarining o‘z o‘rnida ishlatilishiga bog‘liq. Agar chiziqlar bir xil qilib bajarilsa, uni o‘qish juda qiyinlashadi. Shuning uchun GOST 2.303.-68 (ST.SEV1178-78)da chiziq turlari belgilangan. Chizma qog‘ozining katta-kichikligiga bog‘liq holda asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi S (0,5 mm dan 1,4 mm gacha) bo‘ladi. Qolgan chiziqlar esa asosiy tutash chiziq yo‘g‘onligiga nisbatan bajariladi. Chiziq turlari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval. Chiziq turlari.
№
|
Nomi
|
Chizilishi
|
Chiziq qalinligi
|
Qalam
|
Qo‘llaniladigan joyi
|
1
|
Asosiy tutash chiziq
|
|
S
(0,051,4) mm
|
M,
TM
|
1. Ko‘rinar kontur chiziqlar
2. Ramka chiziqlari;
3. Kesim kontur chizig‘i
4. Asosiy yozuvlar
|
2
|
Tutash ingichka chiziq
|
|
S/3S/2
|
2T
|
O‘lcham va chiqarish chiziqlari; shtrix chiziqlari, chetga chiqarish chiziqlari ustiga joylashtirilgan kesim chizig‘i; tokcha va yozuvlar ostiga chiziladigan chiziqlar
|
3
|
To‘lqin chiziq
|
|
S/3S/2
|
TM
|
O‘tish chiziqlari; o‘tish va qirqimlarni chegaralovchi chiziqlar
|
4
|
Shtix chiziq
|
|
S/3S/2
|
TM
|
Ko‘rinmas kontur va o‘tish chiziqlari
|
5
|
Shtrix-punktir chiziq
|
|
S/3S/2
|
T
|
O‘q va markaz chiziqlar, kesimdagi simmetriya o‘q chiziqlari
|
6
|
Uzuq chiziq
|
|
S1,5S
|
M, TM
|
Kesim chiziqlari
|
7
|
Ikki nuqtali shtrix-punktir chiziq
|
|
S/3S/2
|
T
|
Sinish chiziqlari yoyilmalar chizig‘i, harakatdagi buyumning oxirgi chegarasini ko‘rsatuvchi chiziq
|
Masshtablar
Masshtablar. Narsalarning chizmasini haqiqiy kattalikda chizish har doim ham imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, binolarning yoki mashina, samolyotlarni o‘z o‘lchami bo‘yicha chizishning hyech iloji yo‘q, uni albatta bir necha yuz marta kichraytirib, ayrim kichkina detallarni katalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Demak har doim ham detallarni o‘z haqiqiy kattaligida (1:1 masshtabda) chizib bo‘lmas ekan, shuning uchun masshtab qo‘llaniladi.
Masshtab deb, detalning haqiqiy o‘lchamiga nisbatan chizmasini katta, kichik yoki haqiqiy kattaligida chizishga aytiladi.
Masshtablar GOST 2.302-68 (STSEV1180-78)ga muvofiq quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Haqiqiy kattalikdagi masshtab
|
1:1
|
Kichiklashtirish masshtabi
|
1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:15; 1:20; 1:25; 1:40; 1:50; 1:75; 1:100; 1:200; 1:400; 1:500 va x.k
|
Kattalashtirish masshtabi
|
2:1; 2,5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 40:1; 50:1; 100:1
|
Standart tomondan belgilanmagan masshtablarni qo‘llash mutlaqo mumkin emas. Masshtab chizmada alohida ko‘rinishlar, ayrim chizmalar uchun M1:4; M1:4; M2:1 va h.k. deb yozish mumkin. Asosiy yozuv grafasida masshtab qo‘yilsa chizma qog‘ozidagi barcha chizmaga tegishli hisoblanadi. Shuni esda tutish kerakki, chizma qanday masshtabda chizilmasin, chizmada detalning haqiqiy o‘lchamlar qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |