Mahkamlash-jipslashtirish rezbalari germetiklik talab etiladigan birikmalarda qo’llanadi. Odatda barcha mahkamlash rezbali detallar bir kirimli tarzda bo’lishi tavsiya etiladi,
Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik ishqalanish bilan tavsiflanuvchi trapesiyaviy (ba’zan esa to’g’riburchakli) profilga egadir.
Rezba silindr yoki konusning ichki yoki sirtqi sirtida tayyorlanishi mumkin. Birinchisi ichki, ikkinchisi sirtqi rezba deyiladi.
O‘zbekistonda metrik rezbalardan ko‘proq foydalaniladi. Metrik rezbalarda profil burchagi 60 grad., dyuymli rezbalarda esa 55 grad.ga teng .
Rezbani tayyorlash usullari.
1. Metchik yoki plashkalar yordamida rezba kesish. Bu usul kichik ishlab chiqarish uchun xos. Rezba individual ishlab chiqarish va ta’mirlash ishlarida qo’llaniladi.
3. Maxsus rezba kesuvchi dastgohlarda rezba kesish. Rezba aniqligiga yuqori talab qo’yilgan katta diametrli vintlarni kesish uchun qo’llaniladi (harakat va yuk tashish vintlari, vallardagi rezbalar).
4. Maxsus rezba nakatlovchi avtomat dastgohlarda nakatkalash orqali rezba kesish. Ushbu yuqori unumdorli va arzon usul bilan ko’pchilik standart mahkamlovchi detallar rezbalari tayyorlanadi (boltlar, vintlar). Nakatkalash rezbali detalni puxtalaydi.
r-rezba qadami (o’q yo’nalishida ikkita qo’shni o’ramlarning bir xil tomonlari orasidagi masofa);
r1-rezba yo’li (o’q yo’nalishida bitta o’ramning bir xil tomonlari orasidagi masofa; bir kirimli rezbalarda r=r1 ko’p kirimli rezbalarda r1 =n∙r; bu erda: n-kirimlar soni);