2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso­siy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#162449
1   2   3   4   5   6
2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso siy turlari. V-hozir.org

Rezbalarning asosiy turlari. Rezbalarning vazifasiga ko’ra mahkamlovchi va vintli mexanizmlar uchun rezbalarga bo’linadi.

  • Mahkamlovchi rezbalar: uchburchak profilli metrik rezba – asosiy mahkamlovchi rezba (3-rasm); profili uchburchakli, rezbasining uchi va tubi doirasimon bo’lgan quvur rezba (5-rasm, a); doiraviy rezba (5-rasm, b); yog’och uchun vint rezbasi (5-rasm, v).

  • 5-rasm. Mahkamlovchi rezbalar

  • Vintli mexanizmlar rezbasi: to’g’ri burchakli (6-rasm, a); trapesiyali simmetrik (6-rasm, b); trapesiyali nosimmetrik (6-rasm, v).

  • 6-rasm. Vintli mexanizmlar rezbasi

  • Rezba profilini tanlash. Rezba profili ko’p omillar orqali aniqlanadi, ulardan muhimlari: mustahkamlik, texnologiklik va rezbadagi ishqalanish kuchi. Shunday ekan, mahkamlovchi rezba yuqori mustahkamlikka va mahkamlovchi detallarni o’z-o’zidan buralib ketishidan saqlash uchun nisbatan katta ishqalanish kuchga ega bo’lishi kerak.

  • Vintli mexanizmlar rezbasi f.i.k. oshirish va yeyilishni kamaytirish uchun kichik ishqalanish kuchili bo’lishi kerak.

  • Rezbalarning asosiy turlari

  • Metrik rezba (3-rasm) juda keng tarqalgan mahkamlash rezbalaridan biri sanaladi. Profili teng tomonli uchburchak rasmda, shuning uchun α=60o. Rezbaning uchlari o’tmaslashtirilgan holda tayyorlanadi, bu esa kuchlanishlar jamlanishini ancha kamaytiradi, rezbani shikastlanishidan saqlaydi. Radial tirqishning mavjudligi buvday rezbaning nogermetik bo’lishiga sababchidir. Metrik rezba yirik va mayda qadamli turlarga bo’linadi.

    • Dyuymli rezba (7-rasm, a). Teng yonli uchburchakli profilga ega va α=55o. Xorijdan keltirilgan detallarni xa’mirlashda qo’llaniladi.

    • Quvur rezbasi (7-rasm, b). Bunday rezba silindrsimon rezbadir va mayda dyuymli rezba hisoblanadi. Bunday rezbalarda rezbaning botiq va chiqiq qismlari doirasimon bo’lgani uchun radial tirqish mavjud emas. Germetik birikma hosil qiladi, quvurlarni ulash uchun ishlatiladi. Birikmaning yuqori jipsligini konussimon rasmda tayyorlangan quvur rezbalari ta’minlaydi.


    • Yüklə 17,63 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin