2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso­siy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#162449
1   2   3   4   5   6
2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso siy turlari. V-hozir.org

Trapesiyaviy rezba (7-rasm, v). Vint-gaykali uzatmalardagi asosiy rezba hisoblanadi. Bunday rezbaning profili teng yonli trapesiya bo’lib, α=30o. Tayyorlanishi nisbatan oson va ishqalanishga kam quvvat sarf bo’ladi. Yuklanish ostida ilgarilanma-qaytma harakatni uzatish uchun ishlatiladi.

  • Tirak rezba (7-rasm, g). Profili α=27o li teng yonli bo’lmagan trapesiyadan iborat. Foydali ish koeffisienti trapesiyaviy rezbalardan yuqori. Vint-gaykali uzatmalarda yuqori yuklanishlarni bir tomonlama o’qiy yo’nalishda qabul qilishda ishlatiladi.

  • To’g’riburchakli rezba (7-rasm, d). Profilli kvadrat, kichik mustahkamlikka ega. Yedirilishi natijasida o’q bo’yicha tirqishlar hosil bo’ladi. Standartlashtirilmagan. Кam yuklanishli vint-gaykali uzatmalarda cheklangan tarzda ishlatiladi.

  • Doiraviy rezba (7-rasm, e). Profili-qisqa to’g’ri chizikdar bilan tutashtirilgan yoylardan iborat, profil burchagi α=30o. Yuqori dinamikaviy mustahkamlikka ega. Ifloslangan muhitda og’ir ekspluatasiya sharoitlarda chekli qo’llanadi. Quyma, dumalatib ishlov berish va bosim ostida yupqa devorli detallarda tayyorlanishi mumkin.

  • 7-rasm. Rezbaning asosiy turlari: a) dyuymli; b) quvur rezbasi; v) trapesiyaviy;

  • g) doiraviy; d) tirak; e) to’g’riburchakli

  • Rezbali birikmalar boltli, vintli va shpilkali bo’lishi mumkin (8-rasm).

  • Boltli birikmalar (8-rasm, a) biriktirilayotgan detallarda rezbani hosil qilmasdan birikma olish imkonini beradi. Aksariyat hollarda etarlicha mustahkam bo’lmagan materiallardan tayyorlangan detallarni biriktirishda ishlatiladi.

  • Vintli birikmalar (8-rasm, b) detallarni mahkamlash uchun ishlatiladi. Bunda vint detaldagi rezbali teshikka buraladi, gayka ishlatilmaydi.

  • Shpilkali birikmalar (8-rasm, v) detallar birikmasini ekspluatasiya sharoitlariga ko’ra ajratib turish hollari shart bo’lgan vaqtlarda qo’llanadi. Bunda o’zakka ikki tarafdan rezbali o’yiq hosil qilinadi. Shpilkani detalga gaykalar vositasida yoki shpilkaburagich yordamida buraladi.

    • 8-rasm. Boltli (a), vintli (b) va shpilkali (v) rezbali birikmalar

    • Agarda rezbali birikmalarga o’zgaruvchan kuch yoki moment ta’sir etsa, ular o’z-o’zidan bo’shashi va ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun turli usullarni qo’llashga to’g’ri keladi. Кontrgayka va prujinalovchi shayba ishlatish, shplint yoki simdan foydalanish, payvandlash usulidan foydalanish shunday usullardandir.

    • 9- va 10-rasmlarda gaykani bo’shashib ketmasligini ta’minlovchi ba’zi usullar keltirilgan.

    • 9-rasm. Qo’shimcha ishqalanish yoki prujinalovchi shayba vositasida mahkamlash

    • 10-rasm. Holatlovchi detallarni qo’llash orqali gaykani mahkamlash: shplint (a), sim (b) va kaftchali shayba (v) ishlatish


    • Yüklə 17,63 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin