2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bilish nazariyasi (2)

Bilimning asosiy turlari. Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta'rif berish qiyin, balki 
hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan 
biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta'rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning 
juda ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e'tiborga 
olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz 
haqida gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb 
hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz 
emasligiga ham ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir 
dalillar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi holatga mos 
keladigan va ma'lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e'tiqodni bilim deb hisoblaymiz.
Teran ma'no bilan sug‘orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada ham 
saqlanib qolgan. Ayni zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba'zi bir holatlarni 
aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S sub'ekt qandaydir P predmetni biladi» degan standart 
gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o‘z ichiga oladi: 
Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u holda S P ni biladi». Biz 
Chimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham 
Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo‘lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb 
aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi.
Ishonchlilik (e'tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning 
mavjudligiga e'tiqodi komil bo‘ladi). Masalan, agar biz O‘zbekistonda dengiz bor desak, biz uning 
amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda bilim shunday ishonch yoki shunday e'tiqod hisoblanadi 
va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, 
tashqarida yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rasiz. Siz: «Yomg‘ir yog‘yapti, lekin men bunga 
ishonmayman», deysiz. Bu iboraning anoto‘g‘riligi bilimimiz bizning e'tiqodimiz ekanligini 
ko‘rsatadi.


Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‘zining P ga bo‘lgan ishonchini asoslab bera 
olsa». Bu shart bilimni to‘g‘ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish hollaridan farqlash 
imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar bolakaydan: «Quyosh tizimsida nechta sayyora bor?», 
deb so‘radingiz va «To‘qqizta», degan javobni eshitdingiz. Siz bola sayyoralar sonini tasodifan 
to‘g‘ri aytdi deb hisoblaysiz. Agar u o‘z javobini hyech bo‘lmasa buni onasidan eshitganini aytib, 
asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim mavjud emas, degan to‘xtamga 
kelasiz.
Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta'rifni berish 
mumkin: bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir.
Bu ta'rif ancha sodda bo‘lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkin. 
Bu so‘zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz Nyuton mexanikasi haqiqatga yetarli 
darajada muvofiq emas va uning o‘rnini Eynshteynning aniqroq nazariyasi egalladi, deb 
hisoblaymiz. Biroq buning natijasida Nyuton nazariyasi o‘zining bilim xususiyatini yo‘qotgani 
yo‘q-ku? Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‘pchilikning ishonchi komil bo‘lgan davrda u 
bilim edimi? Shunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan minglab nazariyalar 
sha'niga aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va yetarli asoslar mavjudmi? Bu 
savol ham ancha mavhum. Gipoteza, faraz odatda bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar 
o‘zlari ilgari surayotgan gipoteza yoki farazlarning to‘g‘riligiga ba'zan ishonchi komil bo‘lmaydi.
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday, 
biroq bilim-bir ta'rif chegaralariga sig‘dirish juda qiyin bo‘lgan rang-barang hodisa ekanligi 
muhimroq. Agar «bilmoq» so‘zi tilimizda qanday qo‘llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari juda 
rang-barang ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz. Men bu 
mashinani qanday qilib tuzatish mumkinligini bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men 
Po‘latni o‘n yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi bilaman. Men uchburchak 
burchaklarining yig‘indisi ikki to‘g‘ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit sut emizuvchilar 
oilasiga mansub ekanligini bilaman.
Bu bir qarashda o‘xshash gaplarda «bilaman» so‘zi har xil ma'nolarda keladi. Dastlabki 
ikki gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi. Gnoseologiyada u «bilim-ko‘nikma» deb 
ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «bilim-tanishuvlik» demakdir. U inson yoki qandaydir 
ob'ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‘nggi gaplarda bilim «nimanidir bilish»ni ifodalaydi
chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar, nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning 
mavjudligini tavsiflaydi. Bilim bu yerda ma'lum axborot ko‘rinishida keladi deb aytish mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, «bilim-ko‘nikma» va «bilim-tanishuvlik» bilimning standart 
talqiniga uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik 
tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‘latni yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq 
biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli» bilishimiz mumkinmi? Biroq, bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, 
yuqorida zikr etilgan bilim turlari o‘rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning Toshkent 
haqidagi bilimingiz siz shaharning kattaligi, aholisining soni, u O‘zbekiston poytaxti ekanligi va 
hokazolar haqida ma'lum axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq bu bilim – avvalo 
shahar bilan tanishlik, unda yaxshi mo‘ljal ola bilish demak.
Gnoseologiyada asosiy e'tibor muayyan narsalar haqidagi bilimni tahlil qilishga qaratiladi. 
Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz, ishonchli va ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim 
sifatida aniq baholash mumkin. Bilimni asoslash usullari, uning ishonchliligi, haqiqiyligini 
aniqlash mezonlarini izlash qadimdan bilimni falsafiy tahlil qilishning asosiy omili bo‘lib keladi.
Biroq, hatto bilimning shu turini falsafiy tushunishda ham muammolar bisyor. O‘ttiz yilcha 
muqaddam epistemologlar shunday misollarni o‘ylab topdilarki, ularda ishonch, e'tiqod bilimning 
yuqorida zikr etilgan uchala xususiyatiga ega, biroq, shunga qaramay, ular bilim hisoblanmaydi. 
Mana, shunga o‘xshash oddiy misollardan biri. Masalan, o‘qituvchi falsafadan yozilgan 
referatlarni tekshirayotib, talabalardan biri – Valiev o‘z ishini kompyuterda terganini ko‘rdi. 
O‘qituvchi darsda bu guruhda o‘qiydigan talabalarning qaysi birida uyida kompyuter borligini 
so‘rashga qaror qiladi. Valiev o‘zida chindan ham yaxshi kompyuter borligini va bu kompyuterda 
u ishlashni o‘rganganligini aytdi. Qolgan talablarning birortasi ham o‘zida bunday buyum borligini 


aytmadi. Shunga asoslanib o‘qituvchi guruhda bir talabada kompyuter bor ekan, degan xulosaga 
keldi. O‘qituvchining bunga ishonchi komil va u o‘zining bu e'tiqodiga yetarli darajada asoslangan 
va ishonchli bilim sifatida yondashadi. Biroq, endi faraz qilaylikki, Valievda kompyuter aslida 
yo‘q va u yolg‘on gapirib, yoqtiradigan bir talaba qizning e'tiborini o‘ziga qaratmoqchi bo‘lgan. 
Ammo boshqa talaba – Alievning uyida kompyuter bor, biroq u muayyan sabablarga ko‘ra buni 
oshkor etmaslikni lozim topgan. Natijada o‘qituvchi o‘zi dars beradigan guruhda kamida bir 
talabada kompyuter bor deb hisoblar ekan, u asoslangan va o‘z nuqtai nazaridan haqiqatga mos 
keladigan ishonch, e'tiqodga ega bo‘ladi. Biroq bu e'tiqodni bilim deb hisoblash mumkin emas, 
chunki uning haqiqiyligi zamirida faqat tasodifiy haqiqatga muvofiqlik yotadi. 
Albatta, bunday misollarni bor-yo‘g‘i tafakkur o‘yini deb hisoblash mumkin. Biroq, 
haqqoniy tasavvurlar soxta fikrlardan kelib chiqqan yoki ularga asoslangan hollar hatto fanda ham 
uchraydi.
Ammo bunday qarshi misollarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bilimga yanada qattiqroq talablar 
qo‘yish, masalan, bilim roliga da'vogar e'tiqodlar faqat ishonchliva xatosizdeb qarash mumkin 
bo‘lgan fikrlar va ma'lumotlarga tayanishini talab qilish mumkin.
Bilishinson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish 
muammolari va vazifalarini qo‘yish va yechish yo‘li bilan, izchil anglab yetadi. Axborot miyaning 
mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2 
2 4) kasb etadiki, bu unga ishlov 
berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin