2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bilish nazariyasi (2)

Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda tashqi dunyoning 
ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‘lgan bilim shakllanadi.
Bilish jarayoni tarix falsafasida muayyan vaqt mobaynida (masalan, XVIII asr falsafiy 
materializmida) insonning sezgi a'zolariga tabiatning mexanik ta'siri sifatida qaralgan. Inson 
passiv mavjudot va tabiat uni o‘z maqomiga yo‘rg‘alatadi, deb hisoblangan. «Biz 
qo‘g‘irchoqlarmiz va taqdir bizni iplarimizdan tortib o‘ynatadi», deb yozgan edi V.Gyugo. Biroq 
amalda bilish doim ancha faol xususiyatga ega bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu odamlarning 
ehtiyojlari va manfaatlari, ularning umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi hamkorligi va boshqa 
omillar bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, bilish ijtimoiy tabiat, jihat va xususiyatlarga ega. 
Bunga, jumladan, nemis klassik falsafasida sub'ektning faolligi konsepsiyasida (I.Fixte va 
boshqalar) alohida e'tibor qaratilgan.
BILISH SHAKLLARI 
 
Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a'zolari orqali olingan bilim – hissiy 
bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a'zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim 
hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his 
qilingan oddiy obrazi, in'ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi
Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, ta'mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan 
tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda 
yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta'sir va hokazolar tashqi 
ta'sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo 
bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e'tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U 
sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in'ikosi narsaning o‘ziga 
mos tushgan holda haqiqiy bo‘lishi mumkin
1
deb ta'kidlaydi. Forobiyning bilishda va umuman 
hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hyech 
narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o‘xshash.
Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni o‘zlashtirishga 
qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in'ikosini o‘zida gavdalantiradi. Dunyoviy 
hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini bilishga 
1
Qarang: Farabi. Kitab al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 23-b.


harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta'sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va 
boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab o‘rtasida bog‘lovchi 
bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o‘z navbatida, aqlga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. 
Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog‘lanadi, jon inson tanasidan o‘rin oladi, shunday qilib, 
nodunyoviy hayot jihatlari insonga o‘tadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning aqli 
boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo‘lganidek, aqlning ham o‘z tegishli tartibi 
mavjuddir
2
. Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi – matematikaga mos tushadi. Ikkala 
metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida 
foydalaniladi.
Sezgilar dunyoning sifat jihatidan rang-barangligining ob'ektiv xususiyatini aks ettiradi va 
uning ta'sirida yuzaga keladi. Sezgilar hodisalarning miqdor ko‘rsatkichlari haqida ham ancha boy 
axborot beradi. Sezgilar bir xil ohangdagi ovozlar o‘rtasidagi farqni ularning kuchiga qarab, rang 
tuslarini, temperaturadagi o‘zgarishlarni, narsalar va jarayonlardagi boshqa farqlarni ancha aniq 
aks ettiradi. Sezish qobiliyatining yo‘qolishi muqarrar tarzda ongning yo‘qolishiga olib keladi.
Sezishning ko‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq, muvozanat va 
tezlashishni his etish, hid, ta'm bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har bir 
shakli o‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan, 
elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta'sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks 
ettiradi.
Idrok. Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va 
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi 
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab yetishni o‘z ichiga oladi. 
Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok 
etish inson tashqi dunyoga amaliy ta'sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a'zolari faol 
ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini 
farqlashga qodir emas.
Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo‘ljal olishga bo‘lgan 
ehtiyoji bizning sezgi a'zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda idrok 
etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga aylangan va 
biz narsalarlarning chegaralarini ko‘rmagan bo‘lur edik. Ko‘rish a'zosi organizm hayotida muhim 
rol o‘ynaydigan borliqdagi yorug‘lik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks ettirish 
yo‘nalishida rivojlangan. Shu sababli ko‘z tabiatda mavjud yorug‘lik ta'sirida yorug‘likni qabul 
qilish, quloq - ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va h.k. Sezgi a'zolarining o‘ziga 
xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni to‘g‘ri bilishga nafaqat monelik 
qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob'ektiv xossalari aniqroq va to‘liqroq aks etishini 
ta'minlaydi.
Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari manbai sanalsa-da, hissiy bilish ular 
bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning sezgi a'zolariga ma'lum zamon 
mobaynida ta'sir ko‘rsatadi. So‘ngra bu ta'sir barham topadi. Biroq predmetning obrazi izsiz 
yo‘qolmaydi. U xotirada gavdalanadi va saqlanib qoladi. Binobarin, biron-bir narsa haqida u 
yo‘qolganidan keyin ham fikr yuritish mumkin, chunki u haqda muayyan tasavvur qoladi. Yumiq 
ko‘zlar bilan ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz.
Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo‘l naqadar og‘ir ekanligini ko‘ramiz: u amalda 
jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor kuchini ishga solishni 
nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Albatta, 
yo‘q: xotirasiz jon – baliqsiz to‘r degan gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin 
emas. 
2
Farabi. Kitab al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 24-b.


Sezish va idrok etish jarayonlari o‘zidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu izlarning 
mohiyati insonga ayni lahzada ta'sir ko‘rsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish 
qobiliyatidan va iborat.
Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta'minlaydi. 
“Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi... Yozuv 
ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi”
3
. Agar obrazlar miyada unga predmet ta'sir 
ko‘rsatgan paytda paydo bo‘lib, bu ta'sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib bo‘lganida, inson 
narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni 
tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi – 
hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta'sirlarning idrok etilishi va 
ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin