2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bilish nazariyasi (2)

Mantiqiy tafakkurtafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq bir 
haqiqatdan boshqa, yanada teranroq haqiqatga intilishdir. Tafakkur qoidalari, qonunlari fan 
3
Qarang.S.M.Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. -T.: Minhoj, 2003.- B.74


sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va qonunlar tafakkurga ichdan xosdir. 
Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob'ektiv munosabatlarini amaliyot asosida umumlashtirishdir. 
Demak, inson tafakkurining barkamollik darajasi uning mazmuni ob'ektiv borliq mazmuniga qay 
darajada muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar mantig‘i va ma'naviy 
madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantig‘iga bo‘ysunadi. Tafakkur jarayoni amalda nafaqat 
ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixida shakllanadi. Asosiy qoidalar to‘g‘ri bo‘lgan 
holda fikrning mantiqiyligi uning tafakkurda, tushunchalar harakatida aks etishida namoyon 
bo‘ladi. Inson teran fikr yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning biron-bir tamoyilini 
buzmaydi.
Hozirgi zamon fani va texnikasi qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan muammolarning 
murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy apparatini, ayniqsa kibernetika 
texnikasining rivojlangan talablari bilan muvofiq holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim ehtiyoj 
mantiqda yangi yo‘nalishlar – ko‘p ma'noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy fanlarning paydo 
bo‘lishini belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va matematik mantiq 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ob'ektiv borliq jarayonlarining aloqasi, ularning rivojlanishi o‘ziga xos «narsalar 
mantig‘i», ob'ektiv mantiqni tashkil etadi. Bu mantiq bizning tafakkurimizda tushunchalar aloqasi 
ko‘rinishida aks etadi – bu sub'ekt tafakkuri mantig‘i. Fikrlarimizning mantiqiyligi shu bilan 
belgilanadiki, biz narsalarni ular amalda qanday bog‘langan bo‘lsa, shunday bog‘laymiz. Hamonki 
borliq dialektika qonunlariga bo‘ysunar ekan, inson tafakkurining mantig‘i ham shu qonunlarga 
bo‘ysunishi lozim.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin