2. Kichik biznesning bozor



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə24/39
tarix15.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#130518
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
REJA:
1.Ishlab chiqarish quvvati to’g’risida tushuncha va uning turlari
2. Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish tartibi
3. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish ko’rsatkichlari

1.Ishlab chiqarish quvvati to’g’risida tushuncha va uning turlari

Har bir korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari ularning ishlab chiqarish quvvati orqali ifodalanadi.


Ishlab chiqarish quvvati - barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulot ish va hizmatlarning maksimal miqdoridir.
Ishlab chiqarish quvvatining bir nechta turlarini ajratish mumkin:

  • nazariy quvvat-ideal ish sharoitida erishish mumkin bo’lgan xo’jalik o’eratsiyalari hajmini ifodalaydi. Ushbu quvvat texnik jihatdan erishish mumkin bo’lgan quvvatdir.

  • amaliy quvvat korxonaning ish tartibini e’tiborga olgan holda (ishlab chiqarish vaqtida jihozlarni ta’mirlashda turli ish tartibi bilan boliq yo’qotishlarni hisobga olgan holda) samaradorlikni saqlash orqali erishiladigan eng yuqori ishlab chiqarish darajasini belgilaydi.

  • normal ishlab chiqarish quvvati korxona tovarlariga talabni bir necha yil davomida qondirish uchun yetarli bo’lgan xo’jalik faoliyatining o’rtacha darajasini ifodalaydi.

  • rejaviy quvvat yillik normal ishlab chiqarish quvvatiga mos keladi.

Korxona ishlab chiqarish quvvati sexlar quvvati, yetakchi uchastkalar, uchastkalar quvvati, yetakchi texnologik jihozlar guruhi quvvatlari bo’yicha aniqlanadi.
Asosiy sexlar quvvati asosiy mahsulot va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish bilan band bo’lgan jihozlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Yordamchi va xizmat ko’rsatish sexlari quvvati asosiy sexlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi belgilanadi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati hisobi tarmoqdagi ilor texnologiyalarga, jihoz ish vaqti va quvvatidan to’liq foydalanishini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Jihozlarning unumdorligi normalari ularning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda faqat texnologik jihatdan ko’zda tutilgan yo’qotishlar e’tiborga olinadi. Tashkiliy texnik sabablarga ko’ra yuzaga kelgan yo’qotishlar hisobga olinmaydi.
E’tiborga olish vaqtida asosan ishlab chiqarish quvvatining 3 turi ajratiladi: boshlanich, chiqish, o’rtacha yillik.
2.Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish tartibi

Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish uchun quyidagi ma’lumotlar zarur:



  1. Mahsulot nomenklaturasi va miqdori;

  2. Yil davomidagi o’zgarishlarni e’tiborga olgan holdagi jihozlar soni;

  3. Ishlab chiqarish maydoni borasidagi ma’lumot, chunki ba’zi ishlar hajmi ish o’rinlari joylashgan maydonga asosan hisoblanadi;

  4. Jihozlar unumdorligining ilor texnik asoslangan me’yorlari a) mahsulot birligini ishlab chiqarish normasi b) jihozning unumdorligi;

  5. Korxona ish tartibi. Ish tartibi uzlukli va uzluksiz bo’ladi. Jihozlarning to’xtab ishga tushirilishi uzoq vaqt talab qiladigan va resurslarning ortiqcha sarfiga olib keladigan korxonalarda uzluksiz ish tartibi qo’llaniladi. Masalan, metallurgiya, kimyoviy korxonalar.

  6. Jihoz ish vaqti fondi: kalendar, nominal (rejim) va samarali.

Kalendar fond-kalendar kunlar va sutkadagi soatlarga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Nominal fond-korxonada o’rnatilgan ish smenasi davomiyligi va smenalar soniga asosan belgilanadi.

bu yerda:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin