Merkuriy - (Utorud) Quyosh sistemasidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan soʻng uning yaqinida koʻrinadi. Merkuriyning diametri 4865 km. Merkuriyning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 million km) ga teng. Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri 88 sutka. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng boʻlib, kuzatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi koʻrinadi. Yuzasida qora, oqish dogʻlar va kuchsiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot (N), va argon (Ag) boʻlishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yoʻldoshi mavjud emas.
Venera - (Zuhro yulduzi ham deb ataladi) Quyoshdan uzoqligi boʻyicha ikkinchi va Yerga eng yaqin sayyora. Venera Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida ayol ismi bilan ataladigan yagona sayyora bolib, u qadimgi Rim xudosi Muhabbat ma’budasi sharafiga shunday atalgan. Venera insoniyatga qadimdan ma’lum. Uning fizik jihatdan yerga oxshashligi tufayli, Yerning singlisi deb ham ataladi. Sayyoraning atmosferasi mavjudligini, uning Quyosh diski boylab otish jarayonini kuzatgan M.Lomonosov 1761-yilda aniqlagan. Sayyora sirtidagi harorat +500 °C gacha qiziydi. Sayyora sirtining yoritilganligi, Yerdagi bulutli, quyoshsiz kunni eslatadi. Sayyoraning bulutlar balandligida 100 m/sekund tezlikdagi doimiy shamollar esib turadi. Venera sirti Oy va Merkuriynikidan koʻra ancha tekis. Unda 1500 km gacha choʻzilgan botiqliklar, togʻ tizimlari, vulqonlar mavjud. Venera tabiiy yoldoshlarga ega emas. Venera orbitasida 35 km/sek tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 224 sutka 14 soat 49 min. (0,62 yil) da toʻla bir marta aylanib chiqadi.
Mars - (Mirrix yulduzi) Quyoshdan uzoqligi boʻyicha toʻrtinchi sayyora. Qadimgi Rimliklarning urush ma’budi Aresning nomi bilan atalgan. Mars ham Merkuriy va Venera singari insoniyatga qadimdan ma’lum. Yulduzli osmonda u qizil rangdagi jimirlamaydigan nuqta koʻrinishida namoyon boʻladi. Uning yorqinligi vaqti-vaqti bilan birinchi kattalikdagi yulduzlarning yorqinligidan ham ortiq boʻlib yarqiraydi. Mars diametriga koʻra u Yer va Venerada deyarli ikki marta kichik. Sayyora gaz qobigʻi - atmosfera bilan oʻralgan. Shunga qaramay Mars atmosferasida bulutlar mavjud. Ochiq kunda Mars osmoni pushti rangda boʻladi. Marsning bir marta oʻz oʻqi atrofida aylanib chiqishi uchun 24 soat 39 daqiqa 35 soniya vaqt ketadi. Marsning Quyosh atrofida bir marta toʻliq aylanib chiqish davri esa 686,9 kun. Ya’ni Yer yilining 1,9 qismiga toʻgʻri keladi. Marsda ham Yerdagi singari fasllar almashinuvi roʻy beradi.