2-ma’ruza. Quyosh sistemasi reja



Yüklə 59,38 Kb.
səhifə5/8
tarix13.09.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#143245
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza Quyosh sistemasi

Neptun - Quyosh sistemasida Quyoshdan uzoqligi boʻyicha 8-sayyora. U koʻzga koʻrinmaydi, belgisi if yoki T. Neptunni Fransuz astronomi U. Leveryening matematik hisoblari asosida 1846-yil nemis astronomi I. Galle kashf etgan. Neptun Quyosh atrofini 164788 yilda, oʻz oʻqi atrofida esa 16 soatda bir marta toʻliq aylanib chiqadi. Oddiy koʻz bilan Neptunni kuzatib boʻlmaydi. Uni faqat teleskop orqali koʻrish mumkin. Neptunning 8 ta tabiiy yoʻldoshi boʻlib, ulardan 2 tasi katta - Nerida va Triton bor. Neptunning Quyosh atrofidagi aylanish davri 164,788 yil, oʻz oʻqi atrofida 16 soatda aylanib chiqadi. Neptunning ekvatorial radiusi 24750 km, massasi Yer massasining 17,25 baravariga teng.
Neptunning kashf etilishi astronomiyaning katta yutuqlaridan biridir. Uran kashf etilgandan ikki yil oʻtgandan keyin, 1783-yil rus astronomi A.N. Lek-sel (1740-1784) uning harakatini oʻrganib, Uranning hisoblangan yoʻldan muntazam ravishda ogʻishini aniqladi, bu ogʻish 8-nomaʼlum sayyoraning taʼsiri ekanligini aytgan. Bu gipotezani fransuz fizigi D.F.Arago qoʻllab-quvvatlagan. J.K.Adame va U.Leveryelar bir-biridan mustaqil holda uning oʻrnini mustaqil ishlab chiqqan.
Yulduz, asteroid va meteoritlar
Yulduzlar - Quyosh singari yorugʻlik sochuvchi osmon jismlari; asosan, qaynoq plazmadan tarkib topgan, Gravitatsiya (tortishish) kuchlari taʼsirida gazchang muhiti (asosan, vodorod va geliy)dan hosil boʻladi. Quyosh Yerdan taxminan 150 mln. km uzoqda, Galaktikamizdagi Yulduzlar esa unga qaraganda ming, hatto million marta uzoqda joylashgan. Eng yaqin yulduzlargacha boʻlgan masofa Yerdan Quyoshgacha boʻlgan masofadan 66 ming barobar katta. Quyosh Yerga yaqin boʻlgani uchun yulduzlardan katta boʻlib koʻrinadi. Yorugʻlik Quyoshdan Yerga 8,3 minutda, bizgacha eng yaqin boʻlgan Sentavrning a sidan yorugʻlik 4 yil-u 3 oyda yetib keladi. Shuning uchun Yulduzlar bizga (katta teleskoplarda ham) hamma vaqt yorugʻ nuqta boʻlib koʻrinadi. Teleskopsiz osmon sferasida koʻpi bilan olti ming, kichik teleskopda bir necha oʻn ming, katta teleskopda esa bir necha yuz mln. yulduzlarni koʻrish mumkin. Bizning Galaktikamizda hammasi boʻlib taxminan 120 mlrd. Yulduzlar bor.
Yulduzlarni oʻrganish insonlarning moddiy hayot ehtiyoji (kalendar tuzish, aniq vaqtni belgilash, sayohat vaqtida yulduzlarga qarab yoʻnalishni aniqlash va boshqalar) taqozo qilgan. Qadimdayoq yulduzli osmon burjlar, turkumlarga boʻlingan. Aristotel davri (mil. avv. 4-asr)dan boshlab bir necha yuz yillar davomida Yulduzlarning bir-biriga nisbatan osmonda egallagan oʻrni oʻzgarmas, ular osmonga “qadab qoʻyilgan”, deb hisoblangan. Shuning uchun qadimiy zamonlarda kishilar yulduzli osmonni oʻzgarmas deb hisoblab, Yulduzlarning osmon sferasida egallagan oʻrnini aniqlaganlar va Yulduzlar jadvallarini tuzganlar (masalan, Gipparx, mil. avv. 2-asr, Ulugʻbek, 15-asr). Bu jadvallar yordamida vaqt, joyning geografik koordinatalari aniqlangan. Xira Yulduzlar jadvallari ham tuzilgan va ular koʻpgina amaliy masalalarni hal etishda qoʻllanilmoqda. Bundan ming yil avval arab astronomlari yorugʻligini oʻzgartirib turuvchi yulduzni topganlar va unga Algol (shayton koʻzi) deb nom berganlar. Hozir bunday Yulduzlar juda koʻp topilgan. 16-asr oxirida italiyalik astronom J.Bruno Yulduzlarni ham Quyosh singari uzoqda joylashgan jismlar deb tushuntirgan. 1595-yilda nemis astronomi I.Fabritsius birinchi marta oʻzgaruvchan Yulduzlarni, 1650-yilda italiyalik olim J.Richcholi qoʻshaloq Yulduzlarni, 1718-yilda ingliz astronomi E.Galley 3 ta Yulduzlarning oʻziga xos harakatini, 18-asr oʻrtalarida M.V.Lomonosov, nemis olimi I.Kant, ingliz astronomlari T.Rayt hamda V.Gershel va boshqalar Quyosh sistemasini kashf etdilar.
19-asrning 2-yarmida Yulduzlarni tekshirishga avval spektroskopiya, keyinchalik fotografiya qoʻllanila boshlandi. 20-asr boshlaridan fizika fani yutuqlaridan foydalanib, Yulduzlarning fizik tabiatini oʻrganishga va evolyutsion qonunlarini tadqiq qilishga kirishildi.
Oʻzbekistonda Yulduzlar OʻzbekistonFanlar Akademiyasi Astronomiya instituti va Oʻzbekiston milliy universiteti astronomlari tomonidan oʻrganilmoqda.

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin