2-ma’ruza. Quyosh sistemasi reja



Yüklə 59,38 Kb.
səhifə6/8
tarix13.09.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#143245
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza Quyosh sistemasi

Asteroid - (yunoncha “aster” - “yulduz” va “eidos” - “koʻrinish” soʻzlaridan olingan) kichik sayyoralar. Asteroidlar Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan kichik jismlardir. Eng birinchi aniqlangan asteroid Serera deb nomlanib 1801-yil 1-yanvar kuni italiyalik astronom J.Piatssi tomonidan aniqlangan.
K.Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usulini ishlab chiqdi. Hisoblashlarga koʻra, Serera Quyoshdan oʻrta hisobda 149,6 mln. km uzoqda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo 1802-yil 28-martda nemis astronomi G.Olbers topgan yangi sayyoraning ham Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149,6 mln. kmga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita Asteroidlar - Yunona va Vesta 1804-1807-yillarda topildi. 1847-yildan boshlab har yili bir nechtadan Asteroidlarlar topilib turdi. 1891-yilda M.Volf asteroidni ochish uchun fotografik usulni qoʻllagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300-400 talab, masalan, 1931-yilda 400 tacha nomaʼlum kichik sayyora roʻyxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmoqda. Yangi ochilgan Asteroidlarga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildiruvchi ikki harf), keyinchalik, yetarli darajada oʻrganilgandan soʻng yangi raqami va nom beriladi.
Asteroidni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Asteroidlarning koʻpchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz koʻrib boʻlmaydi. Shu vaqtga qadar barcha asteroidning 4-5% dan kamrogʻi topilgan. Ularning koʻpchiligi Yerga eng yaqin kelganda 12-14 yulduz kattaligida boʻladi.
Asteroidlarning koʻrinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga uxshash; gʻarbdan sharqqa yurib, osmon sferasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. 1997-yilgacha 6200 dan ortiq, Asteroidlar orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita elementlarining oʻzaro bogʻlanishi va Asteroidlar soni boʻyicha taqsimlanishini tekshirib, Asteroidlar halqasi topildi.
Asteroidlarning Quyosh atrofida aylanish davri 3-7 yil. Orbitasining katta yarim oʻqi boʻyicha Quyoshga eng yaqin A. Ikardir (№ 1566, a-1,08 a. b., T-409 kun). Eng uzogʻi 1992-yilda kashf qilingan 1992 AD sayyora boʻlib, Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Kichik sayyoralarning paydo boʻlish masalasi astronomiyaning toʻla hal qilinmagan sohalaridan biridir. Baʼzi farazlarga koʻra, Asteroidlar bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki sayyoralar toʻqnashganda maydalanishidan hosil boʻlgan. Boshqa farazga koʻra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik Asteroidlar hozir ham paydo boʻlib turadi.
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida Asteroidlarni kuzatish ishlari 1900-yildan boshlab olib borilmoqda. 2-jahon urushi davrida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan G.N.Neuymin oʻzi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning biriga “Oʻzbekistoniya” deb nom berdi. 1930-yil taklif qilingan “Xira yulduzlar jadvali” muammosi munosabati bilan tuzilgan xalqaro dasturga muvofiq Astronomiya institutida maxsus tanlangan 20 ta eng ravshan Asteroidlar harakatlari 1980-yilga qadar tekshirilib, osmonda inersial koordinatalar sistemasini tuzish muammosiga salmoqli hissa qoʻshildi. Bu 20-asrda astrometriya va osmon mexanikasi sohalarida olingan gʻoyat muhim ilmiy natija hisoblanadi.
Bundan tashqari oʻzbek astronomlari keyingi 30-40 yil davomida Asteroidlarga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar.
Mars va Yupiter oraligʻida hozir Beruniy, Ulugʻbek va boshqa nomlar bilan ataluvchi Asteroidlar parvoz qilib yuribdi.

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin