2-ma’ruza. Quyosh sistemasi reja



Yüklə 59,38 Kb.
səhifə4/8
tarix13.09.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#143245
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza Quyosh sistemasi

Yupiter - yulduzlar orasida sekin harakatlanib, osmon gumbazida yorqin yulduz boʻlib yogʻdu sochib turadi. Yupiter - Quyosh sistemasining eng katta sayyorasi. Uning diametri 142 ming km dan ortiq. Yupiter vodoreod va geliydan iborat qalin atmosfera qatlami bilan oʻraglan. Yupiterda koʻpincha kuchli boʻron kuzatiladi. Undagi katta qizil dogʻlar ulkan boʻronlarni anglatadi. Yupiter quyoshga qaraganda ikki marta koʻp issiqlik tarqatadi. Yupiter Quyosh atrofini 4332,59 sutka (11,862 yil)da aylanib chiqadi. Uning Yerdan Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turishi har 398,88 sutkada qaytariladi, yaʼni bunday roʻpara turish vaziyati har gal avvalgisidan deyarli bir oy kech keladi. Bu vaqtda Yuipter koʻzga ancha ravshan (Venera va Marsdam keyin) sayyora boʻlib koʻrinadi.
Yupiterni XVII asr boshida T.Galiley birinchi boʻlib oʻz teleskopida kuzatgan. Yupiterning haqiqiy ekvatorial diametri 143600 km boʻlib, Yer diametridan 11,26 marta katta.
Saturn - (Zuhal yulduzi ham deyiladi) Quyosh sistemasidagi 8 ta katta sayyoralardan biri. U qadimgi Rim mifologiyasidagi xudo - Saturnus sharafiga shunday nomlangan. Saturn ramzi xudoning oʻrogʻini ifodalaydi (Unicode: ).
Quyoshdan uzoqligi boʻyicha oltinchi sayyora. Kattaligi jihatidan Yupitertn keyin 2 oʻrinda. Saturn Quyosh atrofini oʻz orbitasi boʻylab 29 yil 167 kunda bir marta toʻla aylanib chiqadi. Uning oʻz oʻqi atrofidagi aylanish davri ekvatorida 10 soat 14,5 minut boʻlsa, qutblariga tomon Yupiterdagi singari ortib boradi. U, asosan, vodorod va geliydan iborat. Saturnni ilk bor Galiley 1610-yilda kashf etgan. Saturnning ajoyibotligi atrofidagi halqasidir. Saturn 22 ta tabiiy yoʻldoshga ega. Ulardan eng kattalari: Mimas, Enselad, Tefiya, Diona, Reya, Titan, Giperion, Yapet, Feba, Yanus. Titan massasi va kattaligi (4850 km) jihatidan Quyosh sistemasidagi ulkan (u Oydan ham katta) yoʻldosh hisoblanadi. Titan metan va vodoroddan tashkil topgan atmosferaga ega.
Saturnni ilk bor Galiley 1610-yilda kashf etgan. S.ning ajoyibotligi atrofidagi halqasidir. Saturnning ekvator tekisligi boʻylab joylashgan bu halqa, asosan, 3 ta alohida konsentrik halqadan iborat. Ulardan sayyoraga eng yaqini S, oʻrtadagisi V va tashqisi A bilan belgilangan. Hamma halqalar deyarli shaffof boʻlib, ular orqasidagi yulduzlarni koʻrish mumkin.
Uran - Quyosh sistemasiga kiruvchi 8 ta sayyoradan biri. Quyoshdan uzoqligi boʻyicha yettinchi sayyora. Quyosh atrofida toʻla aylanish davri 30685 Yer sutkasiga teng. Uranning ekvatorial diametri 52400 km yoki Yerning 3,98 diametriga teng. Massasi Yer massasidan 14,56 marta katta. Uran oʻz oʻqi atrofida 17,2 soatda aylanib chiqadi. Uranni V.Gershel 1781-yilda kashf qilgan. U Quyoshdan ancha uzoq joylashgani uchun undan oladigan yorugʻlik va issiqlik Yerdagiga nisbatan 370 marta kam.
Uran sayyorasi aslida musiqachi, keyinchalik mashhur astranom darajasiga koʻtarilgan V.Gershel tomonidan 1781-yili ta’sodifan topildi. Ma’lum boʻlishicha, sayyora ochilgunga qadar qariyib yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan. Biroq astranomlar unga har doim xira bir yulduzcha sifatida qarab, ortiqcha e’tibor berishmagan. Sayyora orbitasini birinchi boʻlib peterburglik akademik A.I.Leksel hisoblab chiqdi. Sayyora gardishini koʻrish uchun uni kam deganda 100 martacha kattalashtiruvchi teleskopda kuzatish zarur boʻladi.
Uranning orbital tezligi sekundiga 0.8 kilometrni tashkil qiladi va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq u oʻz oʻqi atrofida nisbatan tez aylanadi. Sutkasining uzunligi 16 soatu 24 minutni tashkil etadi. Garchi sayyora sirti detallarini koʻrib boʻlmasa-da, davriy ravishda uning sirti ravshanligi oʻzgarib turishi yaqqol seziladi.
1986-yilining 24-yanvarida AQSHning “Voyadjer-2” sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yerdan joʻnaganidan 8 yarim yil keyin Uran sayyorasidan 81 ming 200 km naridan oʻtayotib u 12 foizga yaqin geliy va taxminan 3 foiz metandan tashkil topganini aniqladi.
Bugun bu sayyoraning atrofida topilgan yoʻldoshlar soni 21 ta. Shulardan 2 ta eng yirigi Gershel tomonidan topilgan boʻlib, Titaniya va Oberon deb nomlangan. Uranning bu yoʻldoshlari topilgandan 64 yil oʻtgach astranom Lassel sayyoraning yana ikki yoʻldoshini ham Shekspir asarlarining qahramonlari nomlari bilan Umbriyel va Ariyel deb atadi. Uning eng yorugʻ yoʻldoshlari - Titaniya va Oberonlarni 1787-yilda V.Gershel, kamroq yorugʻlikdagi Ariyel va Umbriyelni 1851-yilda U.Laplas, Mirandani amerikalik astronom J.Koyper 1948-yilda topgan. Va nihoyat 1948-yili J.Koyper Uranning 5- yoʻldoshini topdi va an’anaga koʻra, Shekspirning “Boʻron” ertak-pyesasining qahramoni-Miranda nomi bilan atadi.Undan keyin topilgan Uran sayyorasining yoʻldoshlari ham Shekspir asarlarining qahramonlari nomi bilan atald.
1977-yilda Uranda halqalar borligi aniqlandi. Oxirgi yillarda Uranni Yerdan turib oʻrganishlar natijasida uning atrofida dastlab 5 ta, keyinroq esa 9 ta halqasi borligi aniqlandi.

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin