ï: (ї:) - orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: qї:z, qї:jїq. Bu unli singarmonizmli o‘zbek shevalarida talaffuzda bor. Bu harfdan soʻng shu unlining cho‘ziqligini ta’kidlsh uchun ko‘pincha ikki nuqta qo‘yiladi;
ї (ї) – ї: unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmo-nizmli shevalarda qo‘llanadi: bardї, tїγїn, bїqїn.
i va ї unlilari singarmonizmli shevalarda qisqa tovushni ifodalaydi (bil, qїl), shahar shevalarida i unlisi indifferent tovushni ifodalaydi;
u (u) – orqa qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalariga xos: bu, ul, un;
ü (ü) – old qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, singarmonizmli shevalarda va singarmonizmni yo‘qotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi: kül, bügün, tün, ün;
o (o) – orqa qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi. Barcha o‘zbek shevalarida talaffuzda bor: ot (adabiy orf. o‘t), qol (adabiy orf. qo‘l), oq (adabiy orf. o‘q), toq (adabiy orf. to‘q);
ö (ö) – old qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi: böl (bo‘lmoq - ajratmoq), köl, hönär (hunar). Singarmonizmli o‘zbek shevalari va Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi;
є – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan: kє(l) (Iqon), gє(l) (Xorazm). Bu ma’lumot ko‘rsatilgan shevalarda o‘z kuchini yo‘qotmoqda, ko‘proq Namangan shahar shevasida qayd qilinadi. Old qator, o‘rta-keng, lablanmagan: nєmє (nima), qєnєqє (qanaqa). Iqon, Qarnoq, ayrim Xorazm shevalarida ham qayd qilinadi.
Cho‘ziq unlilar uchun ikki nuqta qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |