An’anadagi o‘zbek transkripsiyasi. Hozirgacha olib borilgan dialektologik tadqiqotlar rus grafikasi asosidagi transkripsiyada amalga oshirilgan. Ular qiyidagilar:
a(a) – umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi. Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalari uchun xarakterlidir. Masalan, qipchoq shevalarida: aнa, aтa, бaлa;
ǝ(ǝ) – aksariyat turkiy tillarda qo‘llanadi va old qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi: ǝкǝ, ǝнǝ, йǝшǝ. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida qo‘llanadi;
ↄ(ↄ) – orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan unlini ifoda qiladi. Shahar va shahar tipidagi shevalarda keng qo‘llanadi: ↄл, ↄш, бↄл;
e(e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalarida mavjud: eл, бeл, йeл, кeл;
и(и) – old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Barcha o‘zbek shevalarida mavjud: иш, тил (Buxoro). бил (Farg‘ona). Ko‘pincha unga ikki nuqta ham qo‘yiladi;
ы(ы) – orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: қыз, қыйық. Bu unli singarmonizmli o‘zbek shevalarida talaffuzda bor. Bu harfdan soʻng shu unlining cho‘ziqligini ta’kidlsh uchun odatda ikki nuqta qo‘yiladi;
ъ(ъ) – indifferent, shahar shevalarida tarixan и va ы unlilarining birlashishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda и unlisining nisbatan qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: келдъ, йеттъ, бър. Shahar shevalarida barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: къргън, қↄлдъ;
ь(ь) – ы unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmonizmli shevalarda qo‘llanadi: бардь, тьғьн, бьқьн;
Dostları ilə paylaş: |