2-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun



Yüklə 198,15 Kb.
səhifə10/12
tarix04.12.2022
ölçüsü198,15 Kb.
#72297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 мавзу

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari.
Jumladan, bu borada 2011 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to`lovi 7 dan 6 foizga pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o`rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.
YUqoridagi ma`lumotlarga ko`ra, 1996-2010 yillar mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 dan 7 foizgacha, ya`ni 5,4 marta qisqargan.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlash tadbirlari kuchaytirildi. Xususan, 2009 yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga 1 trln. 850 mlrd. so`mdan ortiq kreditlar ajratildi (1.6.3-rasm).
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida, avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari etarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol’ o`ynayotganligi hisoblanadi (3-rasm).
Bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes sohasiga o`ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzshsha muassasalari xizmat ko`rsatib, faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining mamlakatimizda yangi ish o`rinlarini tashkil etish, aholi daromadlari va farovonligani oshirishning muhim omili sifatidagi natajalari salmokli bo`lib bormokda (7-jadval).
7-jadval
Kichik biznes sub`ektlariga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmalar soni
q___q (2010 yil 1 yanvar’ holatiga)





Infratuzilma ob`ekti nomi

Soni




Tijorat banklari filiallari

1042







Minibanklar

2318







Axborot-maslahat markazlari

262







Konsalting markazlari

327







Auditor firmalari

113







Uquv markazlari

917







Baholash kompaniyalari

138







Tovar xomashyo birjasining savdo maydonchalari

204







Mikrokredit tashkilotlari

32







Kredit uyushmalari

103







Biznes-inkubatorlar

34







Sugurta tashkilotlari

32







Broker lik idoralari

1424








Jadvalga ko`ra, mamlakatimizda 2009 yilda yaratilgan jami 940,5 mingdan ortiq yangi ish o`rinlarining 391,8 mingtasi (41,7 foizi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to`g’ri kelmoqda. Bu o`tgan yildagiga nisbatan 4,7 foizga ko`proq demaqdir. Jami yangi ish o`rinlarining deyarli 21 foizi turli shakllardagi uy mexdatini yo`lga qo`yish, 7,5 foizi yangi ob`ektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chikarishlarni qayta kurish va kengaytirish, deyarli 30 foizi ish joylarini ko`paytirishning ko`shimcha chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga tashkil etilgan. Natijada kichik tadbirkorlikda band bo`lganlarning jami iqtisodiyotdagi band bo`lganlarga nisbatan ulushi 2008 yilda 73,1 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2009 yilga kelib, 74,2 foizga etdi.
2011 yil 1 yanvarida ro`yxatga olingan kichik korxona va mikrofirmalar soni (fermer xo`jaliklarisiz) 231717 tani tashkil etmoqda. 2010 yilning o`zida 35050 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan bo`lsa, shu yili turli sabablarga ko`ra 23187 ta kichik korxona va mikrofirmalar tugatilgan (8-jadval).



Yüklə 198,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin