2-mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti. Reja



Yüklə 60,4 Kb.
səhifə13/14
tarix02.06.2023
ölçüsü60,4 Kb.
#122883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 mavzu

Nazorat uchun savollar:

1. Korxona haqida tushuncha.


2. Korxona faoliyatining maqsadi.
3. Korxona faoliyatining vazifalarni
4. Korxona faoliyatining belgilari
5. Korxona faoliyatining funktsiyalari
6. Ishlab chiqarish va bozor aloqalari.
7. Raqobat nima va unga ta'sir etuvchi omillar.
8. Kichik va o‘rta biznes va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi istiqbollari.


Tayanch iboralar


Korxona- mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub'et bo‘lib, ularning ishlab chiqarish va boshqa mulklari o‘z ixtiyorida bo‘ladi
Tadbirkorlik – mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida, tavakkal qilinib, mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida va tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatish.
Raqobat – bu, bir xil mahsulot ishlab chiquvchilarning bozorda mumkin qadar ko‘proq haridorlarni jalb etish va buning evaziga yuqori foyda ko‘rish uchun iqtisodiy musobaqasi yoki bellashuvdir.
Xo‘jalik mexanizmi – tadbirkorlik faoliyati yuritishda foydalaniladigan tashkiliy, iqtisodiy tartibga solish va rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy vositalar va dastaklar majmui.
Tadbirkor - o‘zida ma'lum bir miqdorda moliyaviy mablag‘ni tavakkal qilgan holda bozorga yangi g‘oya mahsulot (xizmat) va ishlar bilan kirib boruvchi ishbilarmon shaxs.
Biznes - sohibkorlik tijorat ishlari bilan shug‘ullanish pul topish maqsadida biror bir ish bilan band bo‘lish.
Ma'suliyati cheklangan jamiyat – bu nizom sarmoyasi ma'lum ta'sis hujjatlariga asosan miqdordagi hissalarga taqsimlab qo‘yilgan bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta'sis etilgan jamiyatdir
Ishlab chiqarish – jamiyat taraqqiyoti va mavjudligi uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar yaratish jarayonidir.
Mehnat predmeti – inson faoliyatining maqsadga qaratilishi.
Korxona umumiy tuzilishi – ishlab chiqarish bo‘limlari majmui, korxonaning boshqarishni tashkil etilishi, xodimlarga xizmat ko‘rsatish, ular soniga bog‘liqlik darajasi va ular orasidagi munosabatlar, miqdori, xodimlar soni va mahsulot ishlab chiqarish quvvati yig‘indisi.

Yüklə 60,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin