2-Mavzu: Opalubkalarning zamonaviy turlari va ularning afzalliklari bilan tanishish


Opalubkalarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü36,85 Kb.
#168144
1   2   3   4
2-3-4 мавзу

Opalubkalarga qo‘yiladigan talablar


Opalubka mustahkamlik darajasidan tashqari yana yetarli darajada bikr ham bo‘lishi kerak. Turar-joy va fuqaro binolari quyma temirbeton konstruksiyalari yuza qismining o‘ta sifatli bo‘lishiga talab bo‘lgani uchun opalubkaning deformatsiyalanishi faqat mustahkamlikgagina bog‘liq bo‘lmay quyma temir- beton konstruksiyasining bajarilish sifatiga, shuningdek opalubka va bezak ishlarining mehnat talabliligi, uzoq muddatga xizmat qilishi va opalubkaning qiymatiga ham bog‘liqdir. Opalubkaning yetarli darajada mustahkam bo‘lmasligi oqibatida yuza notekisligi, geometrik o‘lchovlarning o‘zgarishi, chuqurchalar, botiqlar, zichlash paytida pufakchalarni hosil bo‘lishi va boshqa noxushliklar kelib chiqadi.
Opalubkaga qo‘yilgan talablardan eng muhimi elementlarning bir funksional vazifada bir tekisda deformatsiyalanishidir (masalan, yirik o‘lchovli devor va orayopma shitlarida). Betonga termoaktiv opalubka bilan issiqlik ishlovi berilganda yaʼni qiziganda qo‘shimcha yuk va opalubka deformatsiyasini hisobga olish kerak. Quyma temirbeton konstruksiyani vertikal konstruksiyada betonni zichlash uchun qoidaga binoan chuqurlikda ishlovchi vibratorlar qo‘llaniladi. Tashqi vibratorning qo‘llanilishi beton ishlarida mehnat sarfini kamaytirishga imkon beradi. Biroq, opalubka anchagina og‘irlashadi va bundan tashqari tebratish bilan havo so‘rib olingandagi asoratidan betonning yuqori yuza qismi sifati yomonlashadi.
Opalubkalarning hamma birikmalari tez ajratiladigan qilib bajarilishi tavsiya etiladi; ular yetarli darajada zich va suv o‘tkazmaydigan bo‘lishlari shart. Payvand choklari shuningdek o‘tkir burchaklari va opalubka chetlari ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Opalubkani tayyorlashdagi aniqlik 1-2 sinf darajasidagi aniqlikda quyma temirbeton konstruksiyasidan yuqori bo‘lishi kerak.
Bundan yuqori toifadagi quyma termoaktiv opalubkalarda sovish yoki qizishda yuzaga keladigan deformativ o‘lchamlar o‘zgarishini hisobga olish kerak. Ko‘pchilik konstruksiya opalubkalari 7-sinf toifasi aniqligida tayyorlanadi. Universal sistema opalubkalari uzoq muddatga xizmat qilishi hisobga olinadi, foydalanish surʼatining jadalligi va har xil sharoitda qo‘llanilishi juda yuqori daraja aniqlikda bajarilishi kerak. Ammo, tayyorlanishdagi aniqlikning asossiz oshirilishi opalubka qiymatining ko‘tarilishga olib kelishini ham eʼtiborga olish kerak.
Opalubkaning betonga tegib turadigan yuzasi beton sirtining sifatiga katta taʼsir etadi. Metall opalubka yuzasini moylash talab darajasidagi sirtni olishga imkon beradi. Maxsus tanlangan yog‘och opalubka chiroyli tekstura xosil qiladi. Yaxshi natijani maxsus shimuvchi qoplamalar beradi. Materialning shimish darajasi oshganda beton yuzasidagi bo‘shliq va chuqurliklar kamayadi. Qoplamalarning shimish darajasining har xil bo‘lishi aniq ko‘rinadigan qora va ochiq rangli dog‘larning beton yuzasida hosil bo‘lishiga olib keladi.
Bundan tashqari opalubkalarning qayta qo‘llanishi shimish darajasini va beton yuzasining rangini o‘zgartiradi, shuningdek beton tarkibini, quyish texnologiyasini va zichlanish usulini o‘zgartiradi. Betonning chiroyli yuzasini olish uchun qattiq yog‘och plita va fanerlar moy bilan qoplanishi kerak. Bunday holatda metall yuzali opalubkalar yuzasidan ancha chiroyli yuza hosil qilinadi. Opalubka yuzasi betonga tegmay qolganda bo‘shliq va chuqurliklar hosil bo‘ladi. Bularni kamaytirish uchun emulsiyali moyni ko‘proq sarflash kerak bo‘ladi. Bundan moyni qalinroq surtish maqsadga muvofiqligi kelib chiqadi.

Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin