2-Mavzu: Opalubkalarning zamonaviy turlari va ularning afzalliklari bilan tanishish


-Mavzu: Opalubkalarni mahkamlovchi elementlar va ularni yig‘ish, o‘rnatish qoidalari



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü36,85 Kb.
#168144
1   2   3   4
2-3-4 мавзу

4-Mavzu: Opalubkalarni mahkamlovchi elementlar va ularni yig‘ish, o‘rnatish qoidalari.


Betonlash usuli bino konstruksiyasi, monolit temirbeton to‘shaladigan hajmi, monolit binoning barpo etish tezligi (intensivligi) talabalari, monolit konstruksiyalarning takrorlanuvchanligi va bino seriyalari hisobidan kelib chiqib tanlanadi. Barcha mexanizatsiya vositalari umumiy texnologik oqimni o‘zida jamlashi va ishlab chiqarish bo‘yicha muvozanatlashuvi lozim.
U yoki bu mexanizatsiya vositalarini tanlashda ko‘pincha qo‘llaniladigan opalubka sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar opalubkalarni yig‘ish yoki ajratish qo‘lda bajariladigan bo‘lsa, bu jarayon ko‘p vaqt talab qiladi, iqtisodiy tomonidan zarar va beton qorishmani uzatish, beton nasos kabi, katta o‘lchovli karkaslar yoki to‘r bilan armaturani yig‘ishda uzatish va shunday karkaslarni o‘rnatish talab qilinganda yig‘ma opalubkalarni qo‘llash samara bermaydi.
Tezkorlik bilan amalga oshiriladigan qurilishlarda va katta hajmli betonlash ishlarida yirik o‘lchamli sanoat industrial tipli opalubkalardan foydalaniladi. Ularning beton uzatish, beton qorishmasini taqsimlash va quyish moslamalari yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Bunday holatlarda betonni qotishida jarayonni tezlashtirishda ko‘pincha betonni qizdirish xatto yoz mavsumida ham bu usulni qo‘llash zarur. Demak, maʼlum bo‘lishicha, konstruksiyaning maʼlum qismini yig‘ma usulda bajarish ko‘pincha samarali bo‘lib chiqadi. Agar turgan joyida betonlash qurilish muddatini anchaga uzaytirsa, nisbatan yuk ko‘taruvchi asosiy konstruksiyani bajarish mehnat sarfini ko‘proq oshirish talab qilinadi. Binoni loyihalashda va texnologiyani kiritishda konstruksiya turi, quyma va yig‘ma bajarishning moslanish varianti texnologik konstruktiv xisobidan keyin, shuningdek qurilishga tayyorlanish bosqichi va eksperimental binoni boshlash tanlanadi.
Yirik shitli opalubkalardan foydalanib tashqi devorlarni va ora yopmalarni monolit yoki yig‘ma usulda betonlash mumkin. Ichki devorlar har xil uzunlikda bo‘lishi va joylanish holati talab qilingan bino loyihasiga kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Hajmli ko‘chiriladigan opalubka qo‘llangan binolar uchun aniq uyasimon tarkib, quyma yaxlit devor va orayopma hosil qilishi bilan xarakterlidir. Binoning fasad qismi orayopmalar va ichki devorlarni betonlash vaqtida opalubkalarni ko‘chirib olish uchun asosan ochiq qoldiriladi. So‘ngra tashqaridan yig‘ma panellar osiladi. Parda devorlar yig‘ma panellardan yig‘iladi. Hajmli ko‘chiriladigan opalubkalar kiritiladigan binolar konstruksiyasi anchagina sodda, ko‘ndalang ko‘taruvchi devorlar va quyma yaxlit orayopmalardan iborat.
Bino va bo‘ylama devorlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun daxliz hosil qiluvchi bir yoki ikki bo‘ylama devor o‘rnatiladi. Bo‘ylama devorlar bino uzunligi bo‘yicha yaxlit yoki uzunligini bikrlik diski bilan uzib quyish mumkin.
Betonni qizdirish ikkinchi, uchinchi smenada, maydonda navbatchi slesar, elektrik va qurilish laboratoriyasi ishchisi qolganda olib boriladi. Betonni qizdirish elektr tokini tungi smenada qo‘shimcha elektr quvvatini berish bilan bajariladi. Bu holda betonning eng maqbul o‘lchamlari 220-240 m 2 ni tashkil etadi. Katta bo‘lmagan uzunlikdagi binolarni betonlashda asosan, ularni qavat maydoni bo‘yicha ikki qamrovga betonlash tezligi ikki kecha-kunduz bir qavatga bo‘linadi.
Hajmli-ko‘chiriladigan opalubkadan maydonda foydalanish uchun bevosita betonlanadigan qamrovga tegib turadigan, qo‘shimcha ―tunnел‖ opalubkadan quriladi, opalubkalar ko‘chirilganda qo‘shni qamrovga qayta ajratilmaydi, qavatga bo‘linganda ikki qamrovga kran bilan faqat vertikal bo‘yicha qavatdan qavatga ko‘chirib o‘rnatiladi.
Sirg‘anadigan opalubkada ko‘p qavatli binolar devorlarini va baland inshootlarda (siloslar, minoralar) balandligi bo‘yicha doimiy kesim va bir xil qalinlikdagi devor bor bo‘lganda betonlanadi. Bunda hamma texnologik jarayon va operatsiyalar (armaturani o‘rnatish, qo‘shimcha o‘rnatiladigan detallar, isitgichlar, beton-qorishmani quyish, opalubkani ko‘tarish) qatʼiy texnologik ketma-ketlik, to‘xtovsiz, tinimsiz bajariladi.
Bu esa yaxshi sifatli beton va yuqori tezlikda betonlashni taʼminlaydi. Betonlashni boshlashda avval qurilish maydonini yetarli zarur materiallar zaxirasi, armatura tayyorlash, o‘rnatiladigan detallar, domkrat sterjenlari bilan taʼminlanishi kerak. Materiallarni omborga turi bo‘yicha bir qavatni betonlashga yetadigan talab sonida joylanishi kerak. Hamma material va mexanizatsiya vositalarini tayyorlash zarur, chunki boshida beton qorishma bilan butun devorlar o‘rnatilgan opalubkalar bo‘yicha butun perimetri taxminan 70 sm balandlikda 3-3,5soat soat davomida beton qorishma bilan to‘ldirilishi va kelgusida uni ko‘tarish, betonlashni 1-1,5 m smenada tezlikni taʼminlashi kerak.
Shuningdek, hamma mexanizm rezerv quvvatini ko‘zlab, alohida agregat ishdan chiqish holatini hisobga olish kerak. Ko‘tariladigan opalubkalarni ish joyiga o‘rnatish uchun qurilishda tez boshqariladigan telefon va signal tarmog‘i dispetcher SMU o‘rnatiladi va bu betonni va qurilish materiallarni soat sayin grafigi asosida yetkazib berishda tengsiz xizmatchidir.
Sirg‘anuvchan opalubkada betonlash uch smenada kompleks brigada kunu- tun ishlashi kerak. Agar material aniq grafik asosida yetkazib turilsa, qurilishda ikki yoki uch kunlik materiallar zaxirasi zarur bo‘ladi.


Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin