2-Mavzu: Opalubkalarning zamonaviy turlari va ularning afzalliklari bilan tanishish



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü36,85 Kb.
#168144
1   2   3   4
2-3-4 мавзу








































3- Mavzu: Opalubkalar tayyorlash materiallari


Ko‘pincha opalubka tayyorlashda po‘lat, yog‘och, fanera, plastmassadan foydalaniladi. Kombinatsiyalangan opalubkalar nisbatan ratsional hisoblanib bunday turdagi opalubkalar konstruksiyalarining yuk ko‘taruvchi va tutib turuvchi qismlari metall elementlardan, betonga bevosita tegib turadigan elementlari esa, yog‘och materiallar, suvga chidamli fanera, plastikdan quriladi.
Ko‘pincha faqat metall opalubka qo‘llaniladi, biroq metall opalubkalar uchun qish mavsumida sovuq o‘tkazmaydigan qatlam kerak bo‘ladi. Metall opalubkani termoaktiv opalubka kabi qayta jihozlash zarur bo‘ladi. Butunlay yog‘och yoki fanerli opalubkalar qo‘llansa ham qator kamchiliklar mavjud: katta miqdorda material hajmi va qayta qo‘llanish darajasi pastligi va b. Shu sabablarga ko‘ra yog‘och tirgaklarni opalubkaning ushlovchi elementlari sifatida gorizontal va qiya yuzaliklarda foydalanish maqsadga loyiq emas.
Opalubka uchun po‘latning St-3 markasidan past bo‘lmagan markasi qo‘llanilishi kerak. Opalubkaning metall hajmini kamaytirish uchun po‘latning yuqori markasini shuningdek, egilgan va shtamplangan turidan foydalanish maqsadga muvofiq. Biriktirishning hamma turi, qulf, prujinali tutqich uchun po‘latning maxsus turi, shuningdek, 65G prujina markasi, 55GS va boshqalar qo‘llaniladi. Yog‘och elementlar sifatida igna bargli yoki oddiy bargli daraxt yog‘ochidan foydalaniladi. Betonga tegib turadigan materiallar III navdagi yog‘ochdan tayyorlanadi. Asosan, opalubka uchun igna bargli: sosna, archa va oddiy bargli turlaridan: qayin va olxa ishlatiladi.
Qayinning yorilish xususiyati borligi uchun opalubka tayyorlashga ruxsat etilmaydi. Tutib turuvchi elementlarni II navdagi tilingan o‘rmon materiallardan; nim to‘sin tayyorlash uchun faqat igna bargli yog‘och turidan foydalaniladi. Igna bargli yog‘och turidan inventar opalubka elementlari, 3 m dan baland ustun va boshqa maʼsuliyatli konstruksiyalar tayyorlanadi.
Ko‘taruvchi karkaslarni tayyorlash uchun igna bargli yog‘och namligi 15% dan ko‘p bo‘lmagan, qolgan elementlar uchun 25% dan oshmagan yog‘och turidan foydalaniladi. Beton tegib turadigan taxtalar, randalangan va kengligi 150 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Taxtalar qalinligi 19 mm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Shpuntli doskalar qo‘llashni tavsiya qilinadi. Suriluvchan opalubkalar uchun kengligi 120 mm dan ortiq bo‘lmagan taxtalar bilan o‘rnatilib qo‘llaniladi, bu esa tob tashlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Betonga tegib turadigan paluba shitlari fanerdan tayyorlangani samaralidir.
Buning uchun suvga chidamli sintetik smola bilan ishlov berilgan FBS va FVSV markali qalinligi 10 mm va undan yuqori fanera ishlatiladi. Sintetik qoplama faner palubaning xizmat muddatini uzaytiradi va yuqori sifatli beton yuzasini olish imkonini beradi. Faner sathini qoplash uchun fenolformaldegid yoki boshqa polimer shimdirilgan qog‘oz yoki shishagazmol asosidagi plenkadan foydalaniladi. Plenkalarni qizdirilgan plitali pressga qo‘yiladi. Shuningdek, yana polietilenli plenka, shishatekstolitlar, shisha plastiklar, qavat-qavat plastiklarning―getinaks‖ turi, viniplastlar qo‘llaniladi. Plastik va plenkalarni presslash, yelimlash yoki qattiq listlarni biriktirib tayyorlash mumkin. Xuddi shunday plenkali qoplamaga birin-ketin lak va bo‘yoq surtiladi.
Aksariyat sintetik qoplamalarni nafaqat opalubka fanerlarini himoyalash uchun balki yog‘ochqipiqli va tolali plitalarni shuningdek yog‘och materialar uchun qo‘llanilishi mumkin. Purkash usuli bilan bo‘yaladigan qator qoplamalarni metall sirtlarni himoyalash uchun ham qo‘llaydilar. Bunday purkashni amalga oshirishdan oldin yuzalarga kimyoviy va mexanik ishlov beriladi.
To‘liq plastmassa opalubkalari juda kam qo‘llaniladi, buning sababi yuqori narxdaligi va yetarli samaraga ega emasligidir. Bunday opalubkalarni tayyorlash uchun lissimon steklopastik va opalubka shitlari uchun maxsus tayyorlangan elementlardan tayyorlanadi. Listsimon stekloplastiklardan shuningdek, yechilmaydigan opalubka-oblitsovkalar va izolyasiya uchun foydalaniladi va bu buyumlar uchun temir-beton, shisha va armotsement hamda boshqa materiallar ishlatiladi.



Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin