2-mavzu: O‘zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi. Ta’lim jarayonida yuz bergan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez hamda oson moslasha olish Reja


“O‘nlab yosh o‘qituvchilar men bilan birga ishladilar



Yüklə 305,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix29.12.2022
ölçüsü305,85 Kb.
#78088
1   2   3   4   5   6
1281001 - Pedagog mas\'uliyati va moslashuvchanligi (Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik)

“O‘nlab yosh o‘qituvchilar men bilan birga ishladilar 
Men odam muvaffaqiyatli ekanligiga ishonch hosil qildim, 
qanday qilib iste'dodli bo‘lishidan qat'i nazar, pedagogik universitetni tugatmadi 
va agar u tajribadan o‘rgana olmasa, hech qachon yaxshi o‘qituvchi bo‘lmaydi, 
men o‘zim keksa o‘qituvchilar bilan o‘qiganman ...” 
A.S.Makrenko 
Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi qiyofasida quyidagi 6 ta xususiyat 
bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz: 
1. O‘qituvchida estetik go‘zallik bo‘lishi lozim. Zero, Charlz Darvin 
aytganidek: “Inson tabiati o‘zidagi go‘zallikni doim bo‘rttirishga harakat qiladi”. 
Biz, pedagoglar esa oddiylikka qarab borishimiz, yosh qalblarga uni qabul 
qilmoqlikni o‘rgatmog‘imiz kerak. 
2. 
O‘qituvchida 
kiyinish 
madaniyat 
bo‘lishi 
kerak. 
Kiyinish madaniyatida, masalan, erkak o‘qituvchilarda oddiy ko‘ylakdan tortib, 
soqol va sochning chiroyli parvarish qilinishi ham muhim hisoblanadi. 
Bugungi kunda ayrim o‘qituvchilar Konstitutsiyamizning fuqarolar tengligi, 
erkinliklari, huquqlari va burchlari, ta’limga oid moddalarini bilmaydi. Hokimiyat 
tizimi va boshqaruv organlari vakolatlari, hattoki, o‘qituvchilarning vakolatlari, 
huquqlari 
va 
burchlarini 
bilmaydigan 
o‘qituvchilar 
ham 
ko‘p.
Bugungi o‘qituvchi nafaqat Konstitutsiyamizni, balki ta’limga oid barcha qonun va 
qonunosti hujjatlarini mukammal bilmog‘i shart. O‘qituvchilar huquqiy 
savodxonligining pastligi oqibatida millat tarbiyachilarini majburiy mehnatga jalb 
etish holatlari yoki sohani botqoqqa botiradigan korrupsiya illatlari namoyon 
bo‘lmoqda. 


Konstitutsiya va qonunchilikni yaxshi bilgan o‘qituvchi o‘quvchilar yoki 
ularning ota-onalari bilan yuzaga kelgan munozarali vaziyatda masalaga adolatli 
yondashib, o‘z haq-huquqlarini joyida himoya qila oladi. Umumiy muammolarni 
esa davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari yoxud siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lib, 
kerak bo‘lsa, parlament orqali qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, jamiyatdagi 
ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak. Buning uchun esa, 
albatta, huquqiy madaniyati yuksak shakllangan bo‘lishi lozim. Ze’ro, Ibn Sino 
pedagogik qarashlarida, “Ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat 
haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan bo‘lishi lozim”, deb aytgan. 
3. O‘z ona tilidan boshqa yana xorijiy tillarni bilishi kerak. 
4. Axborot va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi lozim. 
Bugungi globallashuv davrida o‘qituvchi o‘z yurti va dunyoda bo‘layotgan 
voqea-hodisalardan har kuni xabardor bo‘lishi lozim. Aytaylik, bugungi xabarlar 
sahifasining eng muhokama markazida bo‘lgan sahifani olamiz. Masalan, Eron 
davlatini biologik yadroviy qurol yaratishda AQSh tanqid qildi. Maktab miqyosida 
fizika fani o‘qituvchisi tomonidan yadroviy qurol yasalishi, uni yasashda 
ishlatiladigan moddalarning fizik xususiyatlari o‘rganilsa, kimyo fani o‘qituvchisi 
uning havoga ta’siri va yasaladigan qurolning kimyoviy tarkibini o‘rgangan holda 
xulosa qiladi. Yoki ertalabki yig‘indayoq huquq fani o‘qituvchisi Eronning yadroviy 
qurolni yasash huquqi bor-yo‘qligi, o‘zining ichki ishi yoxud xalqaro huquq 
qoidalariga to‘g‘ri kelishi yoki to‘g‘ri kelmasligi haqida aytishi kerak. AQSh uning 
ichki ishlariga daxl qilgan yoki qilmayotganligi dalil bilan tushuntirilishi lozim. 
Tarix o‘qituvchisi masalaga tarixiy yondashuv bilan baho berishi va xulosa 
chiqarishi zarur. Yoki oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ham ushbu sohada 
talabalarga o‘z ilmiy nuqtayi nazariga tayanib, fikr bildirishi yoxud talabaning 
fikrini eshitib, muhokama qilib, adolatli, xolis yondashib, bu ikkala davlatga 
taalluqli masalaga ilmiy baho berishi lozim. Endi axborot vositalaridan foydalanish 
haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi zamon bilan hamnafas bo‘lib ta’limga yangi 
innovatsiya joriy qilgan holda dars o‘tishi juda muhim. AKTning jarayonda 
qo‘llanilishi yangi usullar va axborotni yig‘ishni takomillashtiradi. Bolalarning 


fikrlash doirasi kengayadi, ilm olishga qiziqishi ortadi. Mustaqil ishlashning roli 
ortadi, samaradorlik yaxshilanadi, bolaning aqliy jihatdan rivojlanishiga, hissiy-
estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini orttirishga yordam beradi. 
5. 
O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchan bo‘lishi kerak. 
Ijtimoiy moslashuv nima? Rus olimi, faylasuf, sotsiolog Vladimir Dobrinkovning 
fikriga ko‘ra, ijtimoiy moslashuvchanlik bu bo‘ysunish emas, maqsadga erishish 
yo‘lida harakat yoki harakatsizlik kabi o‘zgarish.
Maktab o‘qituvchisi o‘quvchining psixologik-pedagogik tashxis daftaridan 
xabardor bo‘lishi kerak. Ya’ni, Dobrinkov g‘oyasiga qaytadigan bo‘lsak, o‘qituvchi 
o‘quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, u bilan muloqot jarayonida dastlabki qadam 
tashlab, o‘quvchining ruhiyatidan kelib chiqib, uni o‘zgartira olishi shart. Bu, 
albatta, dars mobaynida o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, diqqatini 
oshiradi. Ibn Sino har bir insonning temperamentidan kelib chiqib, unga alohida 
e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Forobiy bo‘lsa, “Inson aqli faqat bilish bilan 
cheklanmaydi, balki odatlar va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira 
olishi, yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin”, - deb yozadi.
Demak, 
pedagog 
jamiyat, 
voqelikka, 
atrof-muhitga 
psixologik 
moslashuvchan bo‘lishi lozim.
6. 
O‘qituvchining 
qalbi 
adabiyotga 
oshno 
bo‘lishi 
kerak. 
O‘qituvchi sohasiga taalluqli nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlar ham o‘qishi 
lozim. Adabiyot bilan yashaydigan talaba va o‘quvchilar illatlardan nafratlanadi. Bu 
o‘qituvchi ta’limni tarbiya bilan olib borishida zamonaviy yo‘nalish kasb etadi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1912-yilda o‘z xulosalarini shunday ifoda etgan: 
“Dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan 
bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”. 
O‘qituvchida shuncha xislatlarni ko‘rgan o‘quvchi hayotga o‘z ustozining 
ko‘zi bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko‘rib, unga 
muhabbat qo‘yadi. Shu go‘zal hayotning, millatning chiroyiga o‘z hissasini qo‘shish 
uchun ulg‘ayadi. Eng asosiysi, u o‘quvchiligidayoq shu jamiyat, shu millatga 
kerakman, degan ruhda kamol topadi. Bugungi g‘ala-g‘ovur dunyoda ustoz o‘z 


so‘ziga, o‘z o‘rniga, o‘z obro‘siga ega bo‘lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday 
toshlarga qalqon qilib tarbiyalashi shart. Bu vazifa, muqaddas va sharafli kasb 
egalari uchun ham farz, ham qarzdir! 
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi – sinfdagi 
o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars payti, 
qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli 
maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik oqituvchilar sinf rahbari 
vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar. 
O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy 
kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga 
sub’ektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar 
tayyorligidan dalolat beradi.

Yüklə 305,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin