2-mavzu: O‘zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi. Ta’lim jarayonida yuz bergan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez hamda oson moslasha olish Reja



Yüklə 305,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.12.2022
ölçüsü305,85 Kb.
#78088
1   2   3   4   5   6
1281001 - Pedagog mas\'uliyati va moslashuvchanligi (Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik)

Voqeiy hikoyat. 9-sinf o‘quvchisi Karim bir kuni darsni tayyorlamay keldi. 
Muallima unga “ikki” baho qo‘ydi. Oilada Karim onasi bilan yashaydi, otasi 
boshqaga o‘ylanib ketgan. Muallima Karimga “yomon” baho qo‘ygani 
yetmagandan, unga zarda bilan: “Otang sizlarni bekorga tashlab ketmaganga 
o‘xshaydi, bunday boladan qochib qutilishdan boshqa chora yo‘q”,-deb uni sinfdan 
chiqarib yubordi. Muallimning bu muomalasi o‘quvchini taxqirlash bilan birga 
sinfdagi boshqa o‘quvchilarning ham noroziligiga, arz qilishlariga, nizo kelib 
chiqishiga sabab bo‘ldi. 
Talabchanlik o‘qituvchi odobining normalaridan biri hisoblanadi.
O‘qituvchining bolaga qo‘yayotgan talabi adolatli bo‘lmog‘i kerak. Muallimning 
talabchanligida uning bola shaxsiga chuqur hurmati, bolaning kuchi, qobiliyati va 
imkoniyatiga bo‘lgan chuqur ishonchi ifodalanadi. Bu, insoniylikning namoyon 
bo‘lishi, ya‘ni rivojlanayotgan shaxsi to‘g‘risida, o‘ziga va jamiyatiga foyda keltira 
oladigan barkamol kishini tarbiyalash to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikdir. Odatda, bolalar 
murosasizlik va oliftagarchilikni-betayinlik, o‘ta muruvvatini mas‘uliyatsizlik, 
printsipsizlik deb tushunadilar. Aksincha, yaxshi niyat bilan qilingan oqilona 
talabchanlik-qattiqqo‘l muallimga bolaning hurmati va minnatdorligini oshiradi. 


Muallim har qancha hushyor, ehtiyotkor bo‘lsa ham sinfdagi 
hamma bolalarning ruhiy holatini, iztiroblarini bilmasligi mumkin. Bu ishda 
muallim sinf bolalar jamoasining ko‘magida tayanmog‘i lozim. Sinf jamoasi 
boshiga tashvish tushgan bolaning holidan xabardor, unga hamdard bo‘lishiga 
erishmoq kerak. Shunda muallim bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomala natijasida 
sodir bo‘ladigan ayrim xatolarning oldini olish imkoni tug‘iladi. 
O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida nizolar ko‘pincha bolaga nisbatan 
adolatsizlik qilish, unga qo‘yilayotgan talablar mavhumligidan kelib chiqadi. 
Bunday o‘qituvchi bolani asossiz ayblayotganini, talabchanlik, pedagogik jamoa 
rahbarlarining unga qo‘ygan to‘g‘ri talabni esa adolatsizlik deb qaraydi. Bolaning 
mustaqil harakatlarini – uning obro‘sini to‘kishga intilish, itoatkorligini esa eng 
yaxshi xislat deb biladi. Muallim bilan o‘quvchi o‘rtasidagi nizolar haqida gap 
borganda shuni esda tutish lozimki, ta‘lim – tarbiya juda murakkab, qarama- 
qarshiliklarga to‘la jarayondir. Ularni bartaraf etish muqarrar ravishda nizolar 
chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu nizollarni oqillona hal etish uchun 
muallim ularning mohiyati va sabablarini aniqlashi, bilishi kerak. 

Yüklə 305,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin