1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan
va ularini
o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan o‘quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini
o‘zlashtirishga
jalb etish;
2) o‘qituvchilarga o‘quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini
rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni
tavsiya etish orqali
auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ular quyidagilardir:
1. Me’yoriy hujjatlar (o‘quv fanlari bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va rejalari)ni
tayyorlash.
2. O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik va metodik qo‘llanma, tavsiyanoma,
lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish.
3. Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash.
4. O‘quv
axborotlari
, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish.
5. Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish.
6. Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib boorish.
7. Ilmiy va metodik anjumanlarda
faol ishtirok etish, chiqishlar qilish.
8. Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish.
9. Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish.
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali
ekanligini belgilovchi
shaxs
faoliyati va uning natijasi.
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi
shaxs faoliyati hamda uning natijasi.