2-mavzu: O‘zgarishlarga moslashuvchanlik psixologiyasi. Ta’lim jarayonida yuz bergan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez hamda oson moslasha olish Reja



Yüklə 305,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix29.12.2022
ölçüsü305,85 Kb.
#78088
1   2   3   4   5   6
1281001 - Pedagog mas\'uliyati va moslashuvchanligi (Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik)

Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq 
ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs. 
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi
masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o‘ziga xos 
harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni 
yaratishga layoqatli va tayyor shaxs. 
Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida ob’ektiv ijodkorlikni amalga 
oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini 
yarata oladigan shaxs

Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida ob’ektiv ijodkorlikni amalga 
oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs. 
Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o‘rgatish va o‘zini-o‘zi ijodiy namoyon 
etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish 
mazmuni. 
Ijod – ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan 
guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi. 
Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malaka 
guruhlari quyidagilardir: 
1) bilishga oid (gnostik) 
malakalar

2) loyihalash malakalari
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar
4) tadqiqotchilik malakalari; 
5) muloqotga kirishuvchanlik (kommunikativ) malakalari; 


6) tashkilotchilik malakalari; 
7) izchillikni ta’minlovchi (protsessual) malakalar; 
8) texnik-texnologik malakalar. 
Muayyan 
omillar 
pedagoglarda 
kreativlik 
sifatlari, 
malakalarini 
rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o‘qituvchilar 
ushbu omillarni barataf etishga e’tibor qaratishlari lozim. 
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi: 
1) o‘zini tavakkaldan olib qochish; 
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish; 
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 
4) boshqalarga tobe bo‘lish; 
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash. 
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati 
ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi 
va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani 
kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik 
yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib 
boriladi. 
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala 
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish 
orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash 


keladi. Buning natijasida o‘z 
ustida ishlash
, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan 
ehtiyoj sezadi. 

Yüklə 305,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin