Materializm va idealizm kurashi. Ba’zi ta’limotlarga ko‘ra, ikki dunyoqarash: materialistik va idealistik dunyoqarashlar to‘qnashuviga ta’sir etadi. Psixologiya ijtimoiy fanlar va tabiatshunoslik fani to‘qnashuvida ekan, unda ana shu to‘qnashuv aniq ko‘rinadi. Ijtimoiy rivojlanishni bir davrda odamlar reflekslariga ega bo‘lishdi, o‘z xulqini analiz qila olgach, idealizm fikrini maxsus birlamchi haqiqat deb qabul qildi. Psixika xususiyatlarini idealizm boshlang‘ich, hech nima bilan aniqlanmaydigan, boshqa hamma narsani tushuntira oladigan, deb qabul qildi. Materializm ong va ob’ektiv haqiqat o‘rtasida umumiylikni izlab, ongni ob’ektiv haqiqatdan chiqqan deb o‘rgatadi.
Uzoq vaqt burjuaziya tarixshunoslarida ikki xil yondashish hukmronlik qilgan: «personalistik» va «kontekstik».
Personalistik yondashish. Ilmiy gipotezalar, kashfiyotlar, adashishlar o‘z mualliflariga ega, ularning nomlarini tarix saqlab qoladi, shuning uchun psixik dalil (fakt) rivojlanishining oxirgi nuqtasi ayrim shaxslarni aql-idrokiga bog‘liq, degan fikr paydo bo‘ldi.
Kontekstik yondashish. Ko‘pgina ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ilmiy g‘oyalarning yo‘nalishi ob’ektiv qonunga tobe, yakka omil − o‘z zamonining namoyondasi, u o‘z zamonining intellektual iqlimida chegaralanib qolgan. Kashfiyot − uni tayyorlovchi g‘oyalarsiz bo‘lmaydi.
“Juftlarni qarama-qarshiligi” tamoyili.
Psixologik g‘oyalar harakatini umumiy chiziqlarini aniqlashda sxemalarga asoslanilsa, harakat qarama-qarshilikka ega deyiladi. Buni amerikalik tarixshunos “qarama-qarshilik jufti” deb atadi. Bu borada bir qancha nazariyalar taklif qilindi. G. Merfi psixologik o‘rganishlarni XX asrning 10-20-yillarida to‘rt «qarama-qarshilik juft»larga bo‘ldi:
1) “struktura – funksiya”;
2) “qisman butun”;
3) “sifat – son”;
4) “eksperimental – statistik”.
XX asrning 10-yillarida birinchisi hukmronlik qilgan, 20-yillarda ikkinchisi deb hisoblangan Amerika psixologiya jurnalining 50 yil davomida bosilib chiqqan ma’lumotlarini analiz qilib D. Bruner va G. Olbert nazariyalarini umumlashtirib:
1) “ratsional – empirik”;
2) “teologik − mexanik”;
3) “sifat – son” deb ajratdilar. Ular har bir juftni ikkinchi qismini hajmi bosib chiqishini xulosa qildilar. Keyinchalik, G. Olbert nazariyalarni ikki guruhga ajratdi:
a) determinizm tamoyiliga amal qiluvchilar;
b) shaxsni kelajagiga orientatsiya qilishga aksentuatsiya qilganlar.