2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja



Yüklə 163,47 Kb.
səhifə8/17
tarix26.12.2023
ölçüsü163,47 Kb.
#198337
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja

1.4. Psixologik maktablar
Psixologiya tarixchisi Nordenshel aytishicha, o‘sha paytda ko‘p organik hodisalarga yangi tushunchani qo‘llashga shoshilishar edi. Shu yangi tushunchani ma’nosi shunday iborat ediki, butun borliq jonlimi, jonsizmi − bitta yagona sodda aniq bir sabab bog‘lanishidir, bunga tayanib murakkab hayotiy ko‘rinishlarini soddaga aylantirish mumkin, deb aytgan.
XX asrning 40-yillarda vitalistik qarashning tarafdori I. Myullerning boshchiligida yosh olimlar guruhi o‘z ustoziga qarama-qarshi chiqishdi. Shu o‘quvchilar, jumladan Gelmgols va Dyuba Reyman tomonidan «yashirincha kollej» tashkil qilindi, keyinchalik u tarixga fizika-kimyoviy maktab deb kiritilgan edi.
Bu maktabning dohiylari − Gelmgols, Dyuba Reyman va boshqalar psixologiyani tajribali fan qilib ko‘rsatdi.
Gelmgols, Dyuba Reyman va boshqalar ongni materiya sabablari orqali tushuntirib bo‘lmaydi, degan fikrga kelishgan.
«Bu jarayonda insonning aqli» jahon siriga duch kelib, uni hech qachon yengib bo‘lmaydi”, − dedi Dyuba. Tabiat hodisalari ustidagi juda ko‘p izlanishlar va muvaffaqiyatli tajribalar psixologiyaning alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga katta omil yaratadi. Psixologiya fanining rivojiga har xil fanlar, yo‘nalishlar olimlarning hissasi juda kattadir. Masalan: tabiiy hodisalarga fizik-matematiklar ko‘zi bilan qarash, ya’ni energiyani saqlanish qonuni hech qanday o‘zgarishsiz tirik organizmga tadbiq qilishni avvaldan fan tasdiqlab bergan bo‘lsa, keyinchalik undan voz kechildi, bunga sabab Darvin ta’limotlarini psixologiya faniga qo‘shgan hissasi va boshqalardir.
Myullerning fikricha, har bir sezgi organi bu alohida maxsus energiya bilan zaryadlangan apparatdir. Sezish esa ma’lum bir harakat sababli bu energiyaning apparatdan chiqishi bilan hosil bo‘ladi deb ta’kidlaydi. Gelmgols esa buni ya’ni sezishni psixologiya bilan bog‘laydi. Shunday qilib, psixologiya fani juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘ldi.
Psixofiziologiya deb nom olgan yo‘nalishda esa hamma psixik hodisalar ma’lum bir qonuniyatga bo‘ysunadilar va buni matematik hisoblash yo‘li bilan o‘rganish mumkin deyiladi. Bu yo‘nalishda nemis olimi Gustav Fexner ish olib bordi. U 1820-1830-yillarda Leypsigda fizika fanini olib borar edi va elektr sohasida ko‘p tajribalar o‘tkazar edi. Shunda u psixologiya bilan qiziqib qoladi. Uning fikricha, ong butun koinot bo‘ylab sochilib tarqatilgan, koinotdagi turli jismlarga esa jon berilgan, materiya esa psixikani teskari tomoni, aniqrog‘i soyasi xolos deydi. Buni esa matematik hisoblashda tasdiqlashga harakat qilgan.
XIX asr o‘rtalariga kelib nerv harakatlari juda ham katta tezlikda o‘tadi, hatto yorug‘lik tezligiga teng deb hisoblanar edi va buni hisoblash mumkin emas deb kelinar edi. Lekin 1850- yilda Gelmgols bu muammoni yechdi. Hisobiga ko‘ra, bu harakat uncha katta emas, soniyasiga bir necha o‘n metr edi, xolos. Bu tadqiqotiga ko‘p olimlar hatto Gelmgolsning o‘z ustozi Myuller ham ishona olmadi. Gelmgols tajribasi faqatgina fiziologiya bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, balki psixologiyaga ham taalluqli edi. Bu bilan u nerv tizimidagi jarayonlar fiziologik jarayonlar kabi ma’lum.
1860-yilda Germaniyadan vataniga qaytgan Sechenov Peterburgda medika-xirurgik akademiyasining birinchi rus fiziologik maktabini tashkil qildi. Bu maktab fizika-kimyoviy yo‘nalishda edi. Bu davrda kelib Rossiyada eski iqtisodiy taraqqiyot yemirilayotgan, sinflar orasidagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar rivojlanayotgan edi. Bu ziddiyatlar bilan bir paytda odam tanasining tuzilishi, uning organizmi va psixik funksiyaning o‘zgarishi masalasi ham mavjud edi. Sechenov va Chernishevskiyning asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan P.D. Yurkevich shunday yozgan edi: “Hozirgi zamonda fiziologlari kundalik hayotidagi o‘zgarishlarni hamda bu o‘zgarishlarni paydo bo‘lishi va sabablarini ortiqcha o‘rganmoqda”. P.D. Yurkevich va uning tarafdorlari fikrini «Sovremenik» jurnali xodimlari qoralashib chiqdilar. Ular fiziologik va psixologik hodisalarning materialistik dunyoqarash nuqtai-nazaridan yoqlab chiqdilar. I.M.Sechenov revolyusion-demokratik intellegensiya bilan yaqin aloqada bo‘lib «Nima qilmoq kerak?» asarini yaratgan.
Jon haqidagi bahslar keskinlashgan paytda Sechenov miya ustida olib borgan ekperementlarida tormoz markazlari, ya’ni harakat aktivligini ushlab turadigan qo‘zg‘alish, «lokalizatsiya» qilingan nerv markazlarini ochib beradi. Bu buyuk kashfiyot edi.
Bu bilan u nafaqat bosh miya fiziologiyasida yangi bo‘lim ochdi, balki bu organizmning funksiyalari haqidagi tasavvurlarni umuman o‘zgartirib yubordi. Bu kashfiyot fiziologik ongga tormozlanish haqida yangi tushuncha olib kirdi. Olim bu bilan esa tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga aloqador bo‘lgan neyrodinamik muammolarning keng kompleksini ochib berdi. Lekin bu keyinroq sodir bo‘lgan edi.
O‘sha vaqtda Sechenov uchun muhim narsa shu ediki, u tajriba yo‘li bilan miya moddasini kichkina bir bo‘lagidan chiqayotgan iroda asrlar bo‘yi yurakdan chiqadi, deb hisoblanib kelinayotganligi noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berish kerak edi, ya’ni inson irodasi faqat ruhga emas, balki inson organizmining bir bo‘lagi hisoblangan miya faoliyatiga bo‘ysunishini isbotlashi kerak edi. Axir iroda fe’l-atvorning eng ishonchli belgisi qo‘zg‘ovchilarga qarshi tura olishni bilish, shartsiz impulslarni ushlab qolish edi. Bu belgilarning hammasi eksperement guvohlik bergani kabi markazdan miyaga tortiladi. Bu kashfiyotdan foydalanib, Sechenov 1863- yil «Sovremennik» jurnaliga o‘zining «Inson miyasining reflekslari» nomli birinchi psixofiziologik traktatini yozadi. Sechenov maqolasidagi g‘oyalar rus zamini bo‘ylab uzoqlarga tarqaldi.
Sechenov 1866-yilda «Nerf tizimining fiziologiyasi», 1867-yilda «Sezgi organining fiziologiyasi» nomli asarini yozdi. Sezgi organining fiziologiyasi ustida ish olib borish jarayonida Sechenov psixologiyaga ham to‘xtalib o‘tdi.
Eksperimental psixologiya avvalo “Vundt” dasturi bo‘yicha ishlab chiqildi. Birinchi bo‘lib elementlarga bo‘lish va strukturaga munosabatlarini topish talab qilinar edi. Bu strukturaga funksiya qarama-qarshi qo‘yilgan edi. Bu qarama-qarshilik Yevropada ham, Amerikada ham katta isyon, qarshilikka sabab bo‘ldi.
Yangi psixologiyaning metodlarini o‘rgangan yoshlar hammasi funksionalistlar edilar.
Vilyam Jeyms ta’limoti yangi psixika ta’limotiga o‘tishda salmoqli xissa qo‘shdi. Rodjerning fikriga asosan Jeyms qarama-qarshi turdi. Uni shaxsning kuchli psixofizik bog‘lanishlari qiziqtirar edi.
Jeyms 1870- yillardayoq psixologiyaga murojaat qildi. U Garvard universitetida dars berish davomida fiziologiyaning psixologiyaga ta’siri haqida ma’ruzalar o‘qidi. 1880-yillarda u jurnallarda psixofiziologik savollar bilan murojaat qildi, 1890- yilda esa unga katta shuhrat keltirgan «Psixologiya negizlari» kitobi nashrdan chiqdi. U psixologiyaning o‘quv dasturiga aylandi. Jeyms o‘qituvchilar bilan psixologiya haqidagi suhbatlarida Vundtning maktabini tanqid qildi. U o‘zining fiziologiyaning psixologiyaga ta’siri kursini Vundt fikri bo‘yicha emas, Spenser fikri bo‘yicha o‘qidi. Uning ta’kidlashicha, psixika funksiyasining qimmati faqat evolyusion ta’limotining (o‘qishning) negizidagina ko‘rinishi mumkin. Vundt psixologiyani alohidalik ob’ekti bilan qo‘shib ko‘rsatdi. Jeyms esa sub’ektni ajratish yo‘llarini axtardi. Jeymsning diqqat markazida shaxsning integratsiyasi, o‘zini tutishi irodaga bog‘liq xususiyatlari kiradi.
Ongdan tashqari, individ organizm bilan mujassamlashgan. Jeyms “Emotsiya nima bu?” maqolasida emotsiya − bu odam o‘zini-o‘zi his qilishi deb aytadi. Keyinchalik hamma ong motorlidir deb xulosa qiladi. Bu xulosa «progmatizm» bilan bog‘liqdir.

Mistitsizm. Jeyms boshqa bir tomondan mistik tajribani o‘rganadi. Uning ta’limoti bo‘yicha ong aniqlangan paytda shaxs bilan birga bo‘ladi.

Ongning yo‘qolishi va neorelizmning paydo bo‘lishi. Ong alohida hisoblansa-da, unga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektdan ajralgan holda emas, Jeyms individual ongning turliligi, uni qaytarilmasligini tushunib yetgach, ong to‘g‘risidagi «obrazlar yig‘indisi joylashgan bir idish», degan g‘oyani rad etadi.


Xo‘sh, «Obrazlar yig‘indisi» qayoqqa yo‘qoldi? Bu savolga Jeyms 1904-yil “Ong mavjudmi?” degan maqolasida javob berdi. U o‘z maqolasida ong ichida mavjud deb hisoblangan narsalar undan tashqarida ekanligini tushuntirib berdi. Ong ob’ekt bilan muomalada va aloqada bo‘lishi mumkin, lekin ular bundan hech narsa olmaydilar ham, yo‘qotmaydilar ham. Ong alohida mavjud narsadir.
Neorealizm tushunchasini yuzaga keltirgan Jeyms sub’ektivizm ustidan g‘alaba qilishiga, ongning realligini isbotlashga va bu bilan fenomenlar ma’lumotlarini tugatishga urindi. Bu urinishlar ongning realligiga shubha bilan yakunlandi.
Jeyms dunyoqarashi traditsiyasi juda idealistik edi. Uning ongni real ekanligi, unga, predmetga, shaxsga qaragandek qarash kerakligini isbotlash uchun qilgan harakatlari zoe ketdi, u fenomenalizm doirasini yenga olmadi. Jeymsning psixik tushunchalar izlanishi ikki yo‘nalishda bordi, ya’ni tabiiy ilmiy va mistik yo‘nalishlarda ko‘proq izlanishlar olib bordi.
Funksional psixologiyaning tarafdorlaridan biri Djon Dpyuidir. U o‘zining “Psixologiyada reflektor akt haqida tushuncha” nomli maqolasi bilan taniladi. Amerika psixologiya tarixi adabiyotida bu maqolani funksional psixologiyaning Vundt Titchener strukturial maktabi bilan chegara uchun sabab qilib ko‘rsatiladi.
Lekin qanday qilib reflektor akti haqidagi tushuncha strukturalistlar bilan kurash va turli qarashlar uchun asos bo‘la oladi? Axir strukturalizmning dohiylari Vundt va Titchener nerv hodisalari haqida bilim psixologiya uchun foydali, lekin u psixologik hodisalar haqidagi bilimni kengaytira olmaydi, deb hisoblaydilar. Ular Dpyui o‘z maqolasida «elementalizm» butunlikni ayrim bo‘laklarga bo‘lib tashladi, deb tanqid qiladilar.
Dpyui o‘z maqolasida psixologik faoliyat u oqimdir, lekin ong emas, aktivlik esa butun organizmni uning nerv strukturasi bilan va muhit bilan ekanligini ko‘rsatib beradi, deydi
Dpyui aniq faktlar asosida izohladiki, harakatdan sezish bog‘liqligi va sezishdan harakat bog‘liqligini mavjuddir. Harakat haqiqatdan ham sezgining rivojlanishida bevosita ishtirok etadi. Lekin obraz va qo‘zg‘ovchi ob’ekt bir xil emas.

Yüklə 163,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin