2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja



Yüklə 163,47 Kb.
səhifə6/17
tarix26.12.2023
ölçüsü163,47 Kb.
#198337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja

Mazmunan- formal. Olimning o‘z ulushini ilmga qo‘shishi qaytarilmas bo‘lganligi uchun tarixchini vazifasi bu ulushning maxsus xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Konkret voqealarni qaytadan o‘zgartirib tarixchi ularni boshqalar bilan solishtirmay, razryadga taqsimlamay baholay olmaydi. Bu ikki bo‘linmas tarixiy fikrni operatsiya qilish nazariyalarda o‘xshash emasliklari bilan aks ettirilgan. Nazariyalarda mazmuniga yoki “formasiga” e’tibor kuchaytirilgan. Bularda mazmun tarixiy qaytarilmas voqealarni moslashtirgan, formal esa tamoyillar va konstruksiyalar bilan moslashtirgan.
Individual- sotsial. Ilmiy o‘rganish boshidan sotsialdir. Shu bilan birga har bir o‘rganuvchi shaxs o‘z dasturiga ega va hech kim yetolmagan maqsadga intiladi. Ammo, hammaning boshqachaligini tan olish ma’nosiz bo‘lar edi, agar umumqabul qilingan hisobot tizimi bo‘lmasa kategoriya tizimi jamoani ijodi va boyligidir. Nazariyalar muallifini sanab borishi mumkin, ammo kategoriyalar “tilga” o‘xshab nomsiz, ular butun olimlar tomonidan qabul qilinib har birini faoliyatiga rahbarlik qilib turgan tamoyil tarkibiga va tushuntirish nuqtasiga kiradi.
Fan kategoriyasi tarixiy natijadir. Ularning mazmuni asrdan asrga o‘zgaradi. Kategorial qurilish o‘z rivojlanishida qator davrlarni o‘tadi.
Psixologiya tarixining manbalari. Psixologiya tarixining manbalari bo‘lib psixologik bilimlarni to‘plashning aks ettiruvchi barcha materiallar eng avvalo o‘tmish psixologlarning, faylasuflarning asarlari hisoblanadi. Tibbiyotga ayniqsa, psixiatriya sohasiga oid bilimlar, shuningdek boshqa fanlar tabiatshunoslik, jumladan fizika, kimyo, astronomiya, tilshunoslik, etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning ma’lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi.
XX asrda psixologiyaning o‘tmishiga bir necha bor qiziqish kuchaydi. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida qiziqish tobora kuchayib bordi. Bu yillar psixologiyaning uyg‘onish davri deb hisoblanadi.
XX asrning 10-yillarida psixologiyaning o‘sha paytda hukmron bo‘lgan metod va fan sifatida o‘rganish tizimi qattiq tanqid qilingan. Bu fanning predmeti sifatida fenomenlar yoki ong aktlari, metodi esa o‘z-o‘zini eksperimental nazorat qilish to‘g‘risidagi tushunchadan iborat bo‘lgan.



Yüklə 163,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin