Ta’lim muassasasi menejmenti) Reja:
1. Ta’lim sohasidagi O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
2. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
3. Xorijiy mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Frantsiya) ta’lim tizimi.
4. Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik-psixologik asoslari.
5. Ta’lim muassasalarining Nizom va Ustavlari.
6. Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari.
7. Ta’lim muassasalari faoliyatining mazmuni.
8. Ta’lim muassasasining boshqaruv organlari.
9. Ta’lim muassasalari rahbarlarining vazifalari.
10. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo’nalish sifatida e’tirof etildi. Respublikaning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo’nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan.
Ta’lim O’zR ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’tirof qilindi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi. Davlat ta’limiy siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilar:
Ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo’naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Ta’lim va tarbiyani demokratlashtirishta’lim mazmunining ochiqligi, o’quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy-hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, shuningdek, tarbiya jarayonining demokratik g’oyalarga muvofik tashkil etilishini anglatadi. Tamoyil mazmuniga ko’ra o’quvchilarning xohishlariga ko’ra dars jadvaliga qo’shimcha fanlar kiritiladi, yuqori sinflarda muayyan fanlar chuqurlashtirilib o’rgatiladi, fakultativ mashg’ulot va to’garaklar tashkil etiladi, darslarning yakka va guruhli shaklda bo’lishiga e’tibor qaratiladi.