2-Мавзу: Юридик шахсларни соликка тортиш тизими



Yüklə 1 Mb.
səhifə31/67
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#123058
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Mm Soliq va soliqqa tortish

Tayanch iboralar.

Tovar ishlab chikaruvchilar.Yuridik shaxs.Yagona Soliq.Yagona yer solig’i.Soliq to’lovchi.Soliq solish obyekti.Soliq bazasi.Soliq imtiyozi.Soliq stavkasi.Soliq so’mmasi.


Ma’ruza o’tishi metodi.

Ma’ruza “Bilaman.Bilishni xoxlayman.Bilib oldim”, va aqliy hujum metodlarini qo’llagan holda o’tiladi.




3.1.Yagona yer solig’ining mohiyati va ahamiyati va uni to’lovchilar

Yer solig’i iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra renta to’lovidir.


Mamlakatimiz yer fondi hajmi da Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chikaruvchilari yer maydonlari salmokli o’rinni egalaydi.
Mamlakatimizda jami yer maydoni 44410,3 ming gektarni tashkil etadi.Shundan tahmini 60 % ga yakini Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chikaruvchilari ixtiyoridagi yer maydonlari xissasiga to’g’ri keladi.
Yagona yer solig’i 1999 yil 1 yanvardan boshlab joriy qilingan. Bu Soliq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi “Qishloq xo’jalik tovar ishlab chikaruchilari uchun yagona yer solig’ini joriy etish to’g’risida”gi Farmoniga asosan joriy qilingan.


Yagona yer solig’ini joriy qilishdan maqsad nimadan iborat?
Yagona yer solig’i yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, Qishloq xo’jalik tovar ishlab chikaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va Soliq solish tizimini soddalashtirish maqsadida joriy qilingan.
Yagona yer solig’i yerdan foydalanish samaradorligi va mehnatkashning manfatdorligini oshirishga yunaltirilishi bilan bir katorda, byudjetning daromad qismini to’ldirishda muxim rol o’ynaydi. Uni o’z vaqtida byudjetga to’lash Iqtisodiyot nuktai nazaridan katta axamiyat kasb etadi.
Yagona yer solig’i to’lovchilari.
Yer solig’ini to’lovchilar bo’lib , asosan Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo’jaliklari va agrofirmalar hisoblanadi. Demak, Soliq kodeksining 362-moddasiga ko’ra yagona yer solig’ini to’lovchilar bo’lib, quyidagi lar hisoblanadi:

  1. Qishloq xo’jaligi tovarlarini ishlab chikaruvchilar;

  2. Qishloq xo’jalik yo’nalishidagi ilmiy-tadkikod tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo’jaliklari va ta’lim muassasalarining o’quv- tajriba xo’jaliklari.

Quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar Soliq solish maqsadida Qishloq xujaligi tovarlarini ishlab chikaruvchilar tarkibiga kiradi:

  1. Yer uchastkalardan foydalangan holda Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va o’zi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo’lgan yuridik shaxslar;

  2. Qishloq xo’jaligini yuritish uchun Mahalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan o’zlariga belgilangan tartibda yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar;

  3. Qishloq xo’jalik mahsulotini yetishtirish va o’zi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash ulushi realizasiya qilish va qayta ishlash uchun olingan Qishloq xo’jalik mahsulotini o’z ichiga oluvchi qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmi da kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.

Quyidagi yuridik shaxslar yagona yer solig’ini to’lovchilar sifatida karalmaydi:

  1. O’rmon va ovchilik xo’jaliklari;

  2. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda to’zilgan dehqon xo’jaliklari.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin