2-Мавзу: Юридик шахсларни соликка тортиш тизими


Soliq solinmaydigan yer uchastkalari



Yüklə 1 Mb.
səhifə34/67
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#123058
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Mm Soliq va soliqqa tortish

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi (yer solig’i bo’yicha xam bu imtiyozlar bor):

  1. bog’dorchilik,o’zumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo’llari,sugorish ariklari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;

  2. muxofaza etiladigan tabiiy xududlarning yerlari, bundan xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar mustasno;

  3. sog’lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerdar bundan mustasno)-tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun kulay tabiiy shifobaxsh omillariga ega bo’lgan yer uchastkalari;

  4. tarixiy-madaniy axamiyatga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno);

  5. suv fondi yerlari;

  6. elektr o’zatish liniyalari va ularning inshootlari egallangan yerlar;

  7. madaniyat,xalk ta’limi va soglikni saklash obyektlari egallangan yerlar;

  8. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari egallangan yerlar;

  9. O’zbekiston Respublikasining investisiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar,normativ qurilish muddati davrida;

  10. yuridik shaxs balansida bo’lgan va xo’jalik faoliyatida foydalanilmaydigan muxofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallangan yerlar;

  11. ixota o’rmon daraxtzorlari egallangan yerlar;

  12. ilmiy yoki tarixiy axamiyatga molik o’rmonlar;

  13. Qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yangi o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida va boshqa yer uchastkalari (jami 26 punkt).



3.4. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitobrini taqdim etish va Soliqni to’lash tartibi
Yagona yer solig’i kodeksning 369-moddasi keltirilgan. Yagona yer solig’i summasi yer uchastkasining normativ qiymati va yagona yer solig’ining uchun belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi;
Yagona yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat Soliq xizmati organiga joriy Soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi. Yer uchastkasi olib kuyilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib kuyilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab tuxtatiladi (kamaytiriladi).
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o’zgargan, shuningdek yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, Soliq to’lovchilar davlat Soliq xizmati organlariga hisobot yilning 1 dekabrigacha yagona yer solig’ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Yagona yer solig’ini to’lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik Soliq so’mmasining 20 foizi;

  • hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik Soliq so’mmasining 30 foizi;

  • hisobot yilining 1 dekabrigacha – Soliqning qolgan so’mmasi.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin