2-Мавзу: Юридик шахсларни соликка тортиш тизими


Yagona yer solig’ini to’lash tartibini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1 Mb.
səhifə32/67
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#123058
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Mm Soliq va soliqqa tortish

3.2.Yagona yer solig’ini to’lash tartibini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari.

Yagona yer solig’ini to’lovchi har yili joriy Soliq davrining 1 fevraligacha davlat Soliq


xizmati organlariga o’tgan Soliq davrida Qishloq xo’jalik mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bo’yicha ma’lumotnoma taqdim qiladi.
Ma’lumotnomada o’z yetishtirgan va qayta ishlagan mahsulotlarining ularning umumiy
hajmiga nisbatan ulushi ko’rsatiladi.O’zi yetishtirgan va qayta ishlangan maksulotlarning ulushini aniqlashda boshqa daromadlar kushilmaydi. Boshqa cha aytganda boshqa daromadlar hisobga olinmaydi.
Boshqa daromadlarga kaysi daromadlar kiradi?
Tovarlarni( ish va xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lmagan operasiyalardan olinadigan daromadlar boshqa daromadlarga kiradi.
Boshqa daromadlar Soliq kodeksining 132-moddasida aks ettirilgan.Bularga quyidagi
daromadlarni misol qilib ko’rsatish mumkin:

  1. Soliq to’lovchini asosiy vositasilari va boshqa mol-mulklarini chiqib ketishidan

olinadigan daromadlar;

  1. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;

  2. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;

  3. Tekin olingan mol-mulk, mulkiy xuquqlar, shuningdek ishlar va qiymatlar;

  4. Inventarizasiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar qiymati

tariqasida yuzaga kelgan daromadlar;

  1. Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar;

  2. Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan olinadigan daromadlar;

  3. Karzdor tomonidan tan olingan jarima va penyalar;

  4. Valyuta kursidagi ijobiy farq tariqasida yuzaga kelgan daromadlar;

  5. Dividendlar va foizlar tariqasida paydo bo’lgan daromadlar;

Agar o’tgan Soliq davri yakunlari bo’yicha yagona yer solig’i to’lovchi 362-moddaning ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasa, Soliq to’lovchi joriy Soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan Soliqlarni yoki yagona Soliq to’lovini to’lashga o’tishi kerak.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan Soliq to’lovchi362-moddaning ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay kuygan Soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat Soliq xizmati organiga Soliq solish tartibini tanlash to’g’risida yozma bildirish taqdim etadi.Soliq to’lovchining yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi uning byudjet bilan hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirishga roziligi deb hisoblanadi.
Yagona yer solig’ini to’lashda umumbelgilangan Soliqlarni to’lashga o’tgan Soliq to’lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infrato’zilmani rivojlantirish solig’i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq bo’yicha u umumbelgilangan Soliqlarni to’lashga o’tgan Soliq davrining birinchi choragi uchun joriy to’lovlarni to’lashdan ozod qilinadi.
Umumbelgilangan Soliqlarni yoki yagona Soliq to’lovini to’lashga o’tgan yagona yer solig’ini to’lovchi 362-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofik faqat navbatdagi Soliq davri boshidan boshlab yana yagona yer solig’ini to’lashga o’tishga haqlidir.
Kodeksni 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob beradigan Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chikaruvchilar,shunindek Qishloq xo’jaligi yo’nalishdagi ilmiy-tadkikot tashkilotlarning tajriba-eksperimental xo’jaliklari va ta’lim muassasalarining O’quv-tajriba xo’jaliklari faoliyatning yagona yer solig’ini to’lash tatbik etiladigan qismi bo’yicha Soliq solishning boshqa cha tartibini tanlash huquqiga ega emas.
Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solig’i to’lovchi mazkur faoliyat turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritish shart.
Kodeks 350-moddasining birinchi qismiga muvofik Soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatning boshqa turlari bo’yicha korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha yagona Soliq to’lovi to’lashi mumkin.Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirmaydigan Soliq to’lovchi umumbelgilangan Soliqlarni to’lashga o’tishi kerak.
Yagona yer solig’ini to’lovchilar uchun boshqa daromadlarga Qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog’liq daromadlar sifatida karaladi hamda ularga Soliq solinmaydi, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno.
Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer solig’i to’lovchida dividendlarga Soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo’yicha Soliq solinadi.
Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xo’jalik pudratiga) berilganida yagona yer solig’iin to’lash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasida saklanib koladi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin