Mavzu bo’yicha Ma’ruza jarayoni davrida talabalarga beriladigan savollar.
Yagona yer solig’i to’lovchilari kimlar?
Yagona yer solig’ining obyekti nima?
Yagona yer solig’ining Soliq solinadigan bazasini ayting?
Yagona yer solig’ini to’lashdan kimlar ozod etilgan?
4 . Ma’ruza: Jismoniy shaxslardan olinadigan Soliqlar
4.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
4.2.. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq.
4.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i
4.4 Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz
ishlatganlik uchun olinadigan Soliq..
Adabiyotlar ro’yxati.
«O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeks. Rasmiy nashr. T.: “Adolat”, 2010.
O’zbekiston Respublika Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichilari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PK -1449 sonli qarorining 8,18,19- ilovalari. “Soliq to’lovchining jurnali” 2011 yil yanvar.
Jo’rayev A va boshqa lar. Soliqlar va Soliqka tortish. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2009.
Tayanch iboralar.
Jismoniy shaxs.Daromadlar.Mulkiy daromadlar.Soliq to’lovchilar.Soliq obyekti.Soliq bazasi.Soliq imtiyozi.Soliq stavkasi.Soliq davri.Mol-mulk.Mol-mulkning inventarizasiya qiymati.
Ma’ruzani o’tish metodi.
Ma’ruza «Bilaman. Bilishni xoxlayman. Bilib oldim» va aqliy hujum medodlarini qo’llagan holda o’tiladi.
4.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan Soliq davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib, u umumdavlat Soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, Soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Soliq kodeksining 167-moddasiga ko’ra Soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi
Soliq solish obyekti
Soliq solish obyekti bo’lib, Soliq kodeksining 169-moddasiga ko’ra, jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari hisoblanadi:
O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, kat’iy belgilangan Soliq
solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining Soliq solish obyekti bulmaydi. Bular kodeksning 58-bobida kat’iy belgilangan soliq tariqasida qayd qilingan.
Soliq solinadigan baza. Daromad solig’i solinadigan bazani aniqlash uchun jami
daromaddan Soliq solinmaydigan va Soliq solishdan ozod qilingan daromadalarni chegirib tashlash kerak.
Agar Soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar Soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari ular amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |