Rasm 8 Haroratga qarab temirning
kristallanishi
Qotishmalarda hosil bo‘ladigan likvatsiyalar
Quymada qotish jarayonida suyuq faza tarkibining o‘zgarishi natijasida
qattiq qotishmada har xil tartibli joylar (zonalar) hosil bo‘ladi. Bu hodisaga
likvatsiya
deyiladi.
Masalan, Pb-Sb tizimida dastlab ajralib chiqqan qo‘rg‘oshin
kristallari bilan
shu kristallar orasida joylashgan evtektik aralashma bir-biridan farq qiladi.
Likvatsiyaning bu turi
kristallitlararo likvatsiya
deyiladi. Kristallitlararo
likvatsiyani mikraskop ostida ko‘rish mumkin.
Bunday likvatsiya evtektikagacha bo‘lgan
yoki evtektikadan keyingi
qotishmalarning normal tuzilishini tashkil etadi. Agar evtektika qotishmaning
hamma joyida ortiqcha faza bilan bir tekis joylashib kelsa,
bunday qotishmaning
tuzilishida nuqson bo‘lmaydi.
Bunday qotishmalar hamma vaqt ham benuqson bo‘lavermaydi. Ba’zan
suyuq qotishmadan chiqadigan kristallar va qolgan suyuq faza suyuqlikning qota
borishi davomida bir-biridan ajraladi, solishtirma og‘irliklariga qarab bir-biri ustiga
joylashib qoladi. Bunday qotishmalarda bo‘ladigan likvatsiya
solishtirma og‘irlik
bo‘yiga likvatsiya
yoki
qavatli likvatsiya
deb nomlanadi.
Solishtirma og‘irlik bo‘yiga likvatsiya hosil bo‘lishiga
quyidagilar sabab
bo‘ladi.
1.
Ajralib chiqadigan qattiq fazaning solishtirma og‘irligi bilan qolgan
suyuq fazaning solishtirma og‘irligi orasidagi farq sharoit tug‘dirishi.
2.
Qotish davrida sekin sovitish.
Suyuqlikda cho‘ka oladigan yoki qalqib chiqadigan qattiq ajramalarning o‘z-
o‘zidan vujudga kelishi ham bunday likvatsiya hosil bo‘lishi uchun zarur sharoit
tug‘diradi.
Qolipga quyilgan
suyuq qotishma qotayotganda, dastavval, quyma
qobig‘idan ichkari tomonga (bu qobiq quymaning
qobiq devorlariga tegib, tez
sovishidan hosil bo‘lgan juda mayda donachalardan iboratdir) uzunchoq kristallar
o‘sib chiqadi, bu kristallar qalqib chiqa olmay yoki cho‘ka olmay,
transkristallanish sirtqi devori hosil qiladi. Bunday holda likvatsiyalanuvchi
suyuqlik quyma ichiga to‘planadi. Buning natijasida hosil bo‘lgan likvatsiya
Dostları ilə paylaş: