Ikki va ko‘p qutbli telekommunikatsiya tarmoqlari Ikki qutbli va ko‘p qutbli telekommunikatsiya tarmoqlari tushunchalari telekommunikatsiya tarmog‘i xizmat ko‘rsatadigan boshqarish tizimi strukturasi bilan uzviy bog‘langandir. Boshqarish tizimida faqat ikkita organ (yuqori turuvchi va quyi turuvchi) mavjud bo‘lsa, telekommunikatsiya tarmog‘i ikki qutbli (IQT), (2.1-rasm) deyiladi. Agar boshqarish organlari ikkitadan ko‘p bo‘lsa va ular geografik taqsimlagan bo‘lib, ularning xar biriga aloqa o‘zining oxirgi uzelidan ta’minlansa, bunday boshqarish tizimining telekommunikatsiya tarmog‘i ko‘p qutbli (KQT), (2.2-rasm) deyiladi. Bundan tizim qutbi yoki telekommunikatsiya tarmog‘i – bu ikkilamchi tarmoqning oxirgi uzeli yoki punkti (stansiyasi) bo‘lib, u orqali boshqarish organlari yoki telekommunikatsiyadan foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘lanishi amalga oshiriladi degan xulosa kelib chiqadi.
Telekommunikatsiya tarmog‘ining hamma to‘plamini ikkita sinfga – ko‘p qutbli va ikki qutbli tarmoqlarga ajratish shartli metodik usul bo‘lib, tarmoq ishonchliligi va yashovchanligi nazariyasini ishlab chiqish va anglashni osonlashtiradi. Ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlari amaliyotda yuqoridagidek ko‘rinishda juda kam uchraydi. SHu bilan birga amaliyotda telekommunikatsiyaning xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv tizimining u yoki bu axborot yo‘nalishidagi, ya’ni ko‘p qutbli telekommunikatsiya tarmog‘ining belgilangan ma’lum qutblar juftliklari orasida ishonchlilik va yashovchanlikni baholash zaruruti tug‘iladi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi va yashovchanligini bir vaqtda ishlab turgan IQT lar jamlamasi bo‘yicha baholash mumkin.
Birinchi xolda ayrim IQTlar bo‘yicha xususiy baholarni yig‘ma jadvalga u yoki bu mezonlar bo‘yicha (masalan, IQT muhimligi bo‘yicha) ularni muayyan tartibda (baholar), umuman olganda aloqa tarmog‘i strukturaviy ishonchligining integral ehtimolli ko‘rsatkichigani bermasdan joylashtiriladi.
Ikkinchi xolda qandaydir o‘rtacha IQTning bog‘langanlik ehtimolligining o‘rta arifmetik (o‘rta aniqlangan) qiymatidan foydalanish mukin.
Birinchi va ikkinchi xollarda bu majburiy usullarni qo‘llashda ayrim IQT oralaridagi o‘zaro strukturaviy bog‘lanishlar hisobga olinmaydi.
Jamlamasi ko‘p qutbli tarmoqni (KQT) tashkil etadigan ayrim IQT lar orasidagi o‘zaro strukturaviy bog‘lanishlar hisob olib ishonchlilikni baholash zarur bo‘ladi.
Bu xolda ikki qutbli tarmoq tushunchasini, mazkur axborot yo‘nalishida bog‘lanishni ta’minlashda qatnashayotgan, ko‘p qutbli tarmoqning qismi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi
Axborot yo‘nalishlarining bunday ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlari, bir qator umumiy elementlarga ega bo‘lishligini, ya’ni bu tarmoqlar ishonchliligi va yashovchanligi o‘zaro bog‘liq ekanligini nazarda tutish kerak. Bu vaziyatni telekommunikatsiya tizimlarining ishonchlilik va yashovchanlik namunaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda va ularni hisoblash uchun matematik apparat tanlashda ham e’tiborga olish zarur. KQT strukturaviy ishonchliligini tahlil qilish masalasini quyidagicha tavsiflash mumkin. Agar telekommunikatsiya tarmog‘ida bir nechta IQT ishlab turgan bo‘lsa, bu esa aloqa tarmog‘ida KQT ishlab turganini bildiradi. Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish amaliyotida KQT strukturaviy ishonchliligini bunday tahlil qilish zarurati paydo bo‘lganida, ya’ni IQTning barchalarini emas, faqat bir qismining bog‘lanish vaziyatida baholash talab qilingan bo‘ladi. Bu xolda KQT tashkil etuvchi ikki qutbli tarmoqlarning bog‘langanligi xaqida gap boradi, misol uchun, 80, 50, 30% va x.k. IQTlar o‘zaro bog‘langan. KQT strukturaviy ishonchliligini tahlil qilish masalasida bir-birini to‘ldiradigan quyidagi masalalar mavjud bo‘ladi: 1.Bir ivaqtda ishlab turgan ikki qutbli tarmoqlarning bog‘langanligi dan kam bo‘lmaslik ehtimolligi qancha? 2.Bir ivaqtda ishlab turgan ikki qutbli tarmoqlarning bog‘langanligi dan ko‘p bo‘lmaslik ehtimolligi qancha? Bunda xar bir IQT da aloqa o‘rnatilishiga talablar xam bir xil bo‘lishi, xam bir xil bo‘lmasligi mumkin. Xulosa qilib, quyidagini ta’kidlash mumkin. Telekommunikatsiya tarmog‘i, tarmoqlangan strukturaga ega, murakkab arxitekturali tizimdir va uning ishonchlilik xarakteristikalarini aniqlash qo‘shimcha farazlarsiz mumkin emas.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini graf orqali aks ettirish ikkita maqsad uchun qo‘llaniladi. Birinchi tomondan, ayrim cheklashlar bo‘yicha odatiy aralash graf, keyinchalik ko‘riladigan va ma’lum usullar bilan tarmoqning ishonchlilik va yashovchanlik ko‘rsatkichlarini baholash imkonini beradigan tarmoq modelidir. Boshqa tomondan, graflar nazariyasi usullari echilayotgan masalaning hamma muhim xususiyatlarini hisobga olish imkonini bermasa, oddiy graf yordamida ko‘rilayotgan tarmoqni yaqqol tasvirlash mumkin, bu esa masalani formallashtirishni va uni echilishini osonlashtiradi.
Telekommunikatsiya tizimlari grafining telekommunikatsiya tarmoqlari grafidan farqi shundaki, tizimning strukturasi hamma birlamchi tarmoq strukturasini (ikkilamchi tarmoq grafi uchun bu shart emas) va hamma ikkilamchi tarmoq strukturasini aks ettirishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, ikkilamchi tarmoq grafi telekommunikatsiya tizim grafiga nisbatan quyi graf, yoki qisman graf bo‘ladi
Quyidagiga e’tibor berish lozim. Telekommunikatsiya tarmog‘i ishonchliligini baholashga mo‘ljallangan model, uning yashovchanligini baholashga mo‘ljallangan modeldan ba’zi ayrim farqlariga ega bo‘ladi. Agar ishonchlilikni baholashda ikkilamchi tarmoq kommutatsion uzellari va stansiyalarini grafning mustaqil qutblari deb interpretatsiya qilish maqsadga muvofiq bo‘lsa, yashovchanlikni baholashda esa har bir telekommunikatsiya uzelining kommutatsion uzellari va stansiyalarini bitta qutbga birlashtirish kerak bo‘ladi, chunki ularni bitta hududda (shaharda) joylashishi zarba natijasida buzilish darajasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. TCP\IP protokoli pog‟onalari //“Ta‟lim tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv, muammo va yechimlar” ilmiy masofaviy konferensiyasi // Iyun 2022
2. Erp va Crm tizimlari// France international scientific-online conference:”SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM”// 28 june 2022
3. Tarmoqdagi boshqaruvni qo„llailishi hamda telekommunikatsiya boshqaruv tizimlari// Modern scientific challenges and trends: a collection scientific works of the International scientific conference//7-9 June, 2021 Part 2