2-Mustaqil Ish Mavzu: Telekommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruv tizimini qurilish tamoyillari


Telekommunikatsiya xizmatlari sifatini boshqarish



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə6/11
tarix12.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#96842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-MI-AbdurahmonovJ

Telekommunikatsiya xizmatlari sifatini boshqarish.
Sifatni boshqarish tamoyillari. Xizmat sifati va uni ta’minlash. SLA ta’rifi
va tamoyillari. Tarmoqda xizmatni qo’llanish sifati (QoE), xizmat ko’rsatish sifati
(QoS), tarmoqning ishlash sifati (NP).


Boshqaruv tizimlarning zamonaviy avlodi va istiqbolli kontseptsiyalar.
OSS/BSS sinfiga oid boshqaruv tizimlar. NGOSS kontseptsiyasi, tuzilishi,
xususiyatlari. Telekommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari boshqaruvida e-TOM
tamoyilini qo’llash. Murakkab tarmoqlarda taqsimlangan boshqaruv tizimlari.
Taqsimlangan tizimlar va tarmoqdarda boshqaruv modeli va vositalari.
Boshqaruvning funktsional sohalari. Taqsimlangan boshqaruv kontseptsiyalari (RMI, CORBA).
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra pofessor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar echish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg’ulotlarda talabalar, telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish
tizimlarining tuzilish tamoyillarini, ular orqali signallarning shakllanishini,
signallarning turli parametrlarini hisoblash va o’lchash usullarini o’rganadilar.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o’qituvchining raxbarligi va
nazoratida muyyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va
ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.


Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash nazarda tutilgan:
- multimedia xizmatlariga bag’ishlangan mavzular zamonaviy kompyuter
texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan
foydalanilgan xolda o’tkaziladi;
- amaliy mashg’ulotlarda aqliy xujum, guruxli fikrlash, “ish uyini” va boshqa
pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi;
- amaliyot mashg’ulotlarida kichik guruxlar musobaqalari, guruxli fikrlash
pedagogik texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.

Istalgan boshqariladigan tizim, boshqaruvchi va ijro etuvchi organlar (tizimlar) orasida axborot almashinishini ta’minlaydigan quyi tizimga ega bo‘ladi. Telekommunikatsiya tizimi shunday quyi tizimdir. Zamonaviy katta ko‘p funksiyali telekommunikatsiya tizimlarida axborotlarni tegishli manzilga uzatish (etkazish) uchun telekommunikatsiyaning elektrik, pochtaviy va boshqa vositalari qo‘llaniladi. SHuning uchun telekommunikatsiyaning bu tizimlari bir qator quyi tizimlarga ajraladi.


Telekommunikatsiya tarmoqlari strukturasining asosiy masalalari V.N.Roginskiy, G.B.Davidov, G.P.Zaxarov va boshqalarning ishlarida yoritilgan. Darslikda tarmoq strukturasi ularning ishonchliligi va yashovchanligi qoidalarini tushunish nuqtai nazaridan qarab chiqiladi.
Telekommunikatsiya quyi tizimini, keyinchalik “telekommunikatsiya tarmog‘i” deb yuritamiz, istalgan har qanday boshqa tizimga o‘xshash holda tarkibiy qismlarga – elementlarga ajratish mumkin. Telekommunikatsiya tarmog‘ining eng katta elementlari uning quyi tizimlaridir – birlamchi (transport) tarmoq, ikkilamchi (kommutatsiyalanadigan) tarmoq va boshqarish tizimidir.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin