2-Mustaqil Ish Mavzu: Telekommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruv tizimini qurilish tamoyillari


-yilda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə10/11
tarix12.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#96842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-MI-AbdurahmonovJ

2019-yilda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar

Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin.
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKT ni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. O'zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish mamlakat hududini to'la qamrab olgan. Mazkur tarmoqda NGN va MPLS rususmidagi zamonaviy elektron telefon stantsiyalari avlodidan foydalanilmoqda. Simli aloqa tarmoqlarining raqamlangan sig'imi milliondan oshiqni tashkil qiladi. O'zbekiston hududida har bir fuqaro va muassasa simli aloqa telefonlarini o'rnatish imkoniyatiga ega.
2019 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.
2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi.
Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.
Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni amalga oshirish doirasida operatorlar va provayderlar tomonidan 786 mingta port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish portlari soni 1,9 mln.ga yaqin yetkazildi.
Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarining jozibadorligini oshirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallari, aeroport, turistik ob’ektlar hamda Toshkent metropolitenining barcha ob’ektlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan 685 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi.





Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin