Tarmoqda texnik xizmat ko’rsatish tizimi, funksiyalari va uni tashkil etish. Texnik xizmat ko‟rsatish tizimining asosiy vazifalari aloqa uskunalarining nosozliklarini topish va turgan joyini aniqlash va tarmoqning normal ish faoliyatini tiklashdan iboratdir. Texnik xizmat ko‟rsatish tizimi texnik xizmat ko‟rsatish markazlarining texnik vositalaridan foydalangan holda quyidagi funktsiyalarni bajaradi: -ishonchlilik parametrlarini mahalliy test nazorati qilish; - ishonchlilik parametrlarini hududiy test nazorati qilish; -nosozliklarning kelib chiqqan joyini aniqlash; -rad etishlarni tiklash uchun qarorlar qabul qilish; -aloqaning texnik vositalarini rad etishlardan so‟ng, qayta tiklangandan keyin avtomatik sozlash; -avariya signalizatsiyasi funktsiyalari; -xizmat xabarlarini shakllantirish va texnik xizmat ko‟rsatish tizimi xizmat xabarlarini tashqi tarmoqni boshqaruv markazlariga va ma‟lumotlar bazasiga uzatish; -texnik xizmat ko‟rsatish xizmat ma‟lumotlarini aks ettirish. Tarmoqni ma’muriy boshqaruv tizimi. Tarmoqni ma‟muriy boshqaruv tizimi tarmoqni boshqaruv markazlari texnik vositalaridan foydalangan holda quyidagi funktsiyalarni bajaradi: a) Boshqaruv tizimining yordamchi funktsiyalarini bajarilishini qo‟llab turuvchi tarmoqni ma‟muriy boshqaruv tizimining umumiy funktsiyalari: -boshqaruv tizimi elementlari o‟rtasida ma‟lumo uzatish transport funktsiyalari; -ma‟lum bir ajratilgan vaqt ichida ma‟lumotni saqlash; -ruxsat etilmagan foydalana olishdan himoya qilishni boshqarish; -statistikani avtomatik olib borish (setemetriya); -operatorlarning avtomatlashtirilgan ish joylaridan ma‟lumot kirish-chiqishini ta‟minlash; -ma‟lumotlar bazasini boshqarish; -servis funktsiyalari bajarilishini aks ettirish. b) Tarmoqni ma‟muriy boshqaruv tizimi; -uskuna konfiguratsiyasini boshqarish; -elementlarning rad etish holatlarida tarmoqda tashkiliy ishlar variantlarini ishlab chiqish; 61 -tarmoqning rivojlanishini boshqarish; -avariya holatlarini kuzatish va ularni boshqarish; -ko‟rsatilgan aloqa xizmatlari uchun to‟lov miqdorini aniqlash, tariflar va daromadlarni hisob-kitob qilish, tarmoqni tijorat strukturasidek boshqarish ( investitsiyalar va daromad); -bog‟liq resurslar zahirasini boshqarish; -ko‟rsatilgan aloqa xizmatlari uchun avtomatlashtirilgan to‟lov o‟tkazish; -operatorlar faoliyatiga nisbatan yuridik xaraterga ega bo‟lgan ma‟lumotlar taqdim etishni ta‟minlash. FOYD
Infokommunikatsiya xizmatlari taraqqiyoti axborot resurslarini samarali
boshqarish bilan birgalikda, aloqa tarmog’ining funktsionalligini kengaytirish kabi
yechimlarni talab qiladi. O’z navbatida, telekommunikatsiyalar sohasida yangi
texnologiyalarning kiritilishi va rivojlanishi aloqa operatorlari oldida xizmat
ko’rsatish sifatini ta’minlash, protokollar o’rtasida o’zaro ishlashni tashkil etish,
ishonchli transportni taqdim etish, xizmatlar to’plamini aniqlash kabi xal etilishi
talab qilinadigan ayrim masalalarni mavjudligini ko’rsatadi. Bu esa
telekommunikatsiyalarning bugungi kundagi jadal sur’atlarda rivojlanishiga axborot resurslariga bo’lgan talabning oshishi asosiy sababdir. Shu bilan birga,
foydalanuvchilarning o’ziga kerak bo’lgan ma’lumotlarni yuqori sifatda, ishonchli,
o’ta tezkor, qo’llanilishi oson bo’lgan tarzda olishiga extiyoji oshgan. Bunday
sharoitda tarmoqlar va xizmatlarni boshqarish tizimlari va texnologiyalari katta
axamiyatga ega bo’lib, ularning protokolli, algoritmik va sh.k. amalga oshirilishi
zamonaviy tarmoqlarning muxim qismi xisoblanadi va boshqarishga oid jihatlarni
o’rganishni talab qiladi.
O’quv kursning asosiy maqsadi - talabalarga telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish nazariyasi asoslarini, tarmoq va xizmatlarni boshqarish kontseptsiyalarni tuzilish va tadbiq etish jihatlarini o’rgatish.
Fanning asosiy vazifalari — telekommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlarini
boshqarishning tashkiliy-texnik chora tadbirlarini o’rganish asosida tarmoqning
funktsionalligida tarmoq elementlarni nazorati, o’zaro bog’lanishi va qo’llanmalar
ishlashini nazariy asosolarini bilish. Tarmoqlar va xizmatlarni boshqarish
arxitekturasi, strukturasi, pog’onalari va sohalari, shuningdek, usullari va
qo’llaniladigan protokollarni ishlash va ishlatish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lish.