Bu taklif funksiyasi tovar narxiga bog'liq bo'lib, u musbat va o'suvchidir, ya'ni narxning (argument) oshishi taklifning (funksiyaning) oshishiga olib keladi
Bu taklif funksiyasi tovar narxiga bog'liq bo'lib, u musbat va o'suvchidir, ya'ni narxning (argument) oshishi taklifning (funksiyaning) oshishiga olib keladi. Endi 3.4-jadvaldagi ma'lumotlarni grafikning tegishli o qlariga joylashtirib, taklif funksiyasi grafigini hosil qilamiz (2.9-rasm).
rasm. Qalam narxi va taklifi o'rtasidagi bog'liklik
Taklifga tovarning o'z narxdan tashqari boshqa omillar ta'sirini tahlil qilish uchun ko'p omilli (o'zgaruvchili) taklif funksiyasidan foydalaniladi va u quyidagi ko'rinishda bo'ladi: QS = f (P, Tech, P, Tax, D, S, N, W) Bu yerda: Qs - taklif miqdori; P- tovar narxi; Tech - texnologiyalar; PR- resurslar narxi; Tax - soliq stavkalari; D- dotatsiya miqdori; S - subsidiya miqdori; N - sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) soni; W- kelgusidagi o'zgarishlarni kutishlar. Qisqa xulosalar Talab - ma'lum vaqt oraligida, turli narxlar darajasida iste'molchilarning ma'lum miqdordagi tovarlar va xizmatlarni xarid qilishga bo'lgan “xohishi” va “imkoniyatlari”ni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriyadir. Boshqa omillar o'zgarmaganda, narxlarning oshishi talab hajmini qisqarishiga va aksincha narxlarning pasayishi talab hajmini oshishiga olib keladi. Tovarning narxi bilan talab miqdori o'rtasida teskari bog'liqlik talab qonu deb ataladi. Talabga tovarning o'z narxi ta'sir korsatganda, talab egri chizig'i surilmasdan, chiziq bo'ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko'chish yuz beradi va biz buni talab miqdorining o'zgarishi deymiz. Talabga narxdan tashqari boshqa omillar (iste'molchilar daromadi va didi, o'rinbosar va to'ldiruvchi tovarlar narxlari, iste'molchilar soni, kelgusidagi ozgarishlarni kutishlar) ta'sir korsatganda talab egri chizig'i o'ngga yoki chapga suriladi. Bunday o'zgarish talabning o'zgarishini anglatadi. Taklif ma'lum vaqt oralig ida, turli narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilarning) ma'lum miqdordagi tovarlar va xizmatlarni sotishga bo'lgan xohishi va imkoniyatlarini aks ettiradi. Narx oshsa, taklif miqdori ham oshadi yoki aksincha narx pasaysa, taklif miqdori ham qisqaradi. Tovarning narxi bilan taklif miqdori o'rtasida togri bog'liqlikni taklif qonuni deb ataymiz.